Jinoiy faoliyat
uyushgan guruhning (jinoiy uyushmaning ham) asosiy
tavsiflaridan biridir. Uyushgan guruh faoliyati ma’lum darajada bir necha
marotaba jinoyat sodir etishga, o‘z faoliyatini muayyan vaqt oralig‘idagi
davomiylikka qaratadi.
Uyushgan guruhning jinoiy faoliyati tizimli xarakterga ega. U jinoyat
sodir etish hisobiga mavjud bo‘ladi va bu uyushgan guruh alohida
a’zolarining va butun guruhning malakasidan guvohlik beradi. Qonunning
uyushgan guruh va uning a’zolariga nisbatan qattiqligi ham shu bilan
izohlanadi, chunki ijtimoiy xavfli, huquqqa xilof qilmishlar guruh a’zolari
tomonidan jinoiy faoliyatga aylantiriladi.
постановлением Пленума Верховного суда Республики Узбекистан от 14 июня 2002 г. № 10, 3 февраля 2006 г.
№ 5) // Сборник. Т. I. – С. 321.
1
Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 1996 йил 20 декабрдаги «Транспорт
воситаларини олиб қочиш ишлари бўйича суд амалиёти ҳақида»ги 37-сонли қарори, 5-банд, 1-хатбоши //
Тўплам, 1-жилд. – 73-б.
2
Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 1995 йил 27 октябрдаги «Гиёҳвандлик
воситалари ёки психотроп моддалар билан қонунга хилоф равишда муомала қилишга оид жиноят ишлари
бўйича суд амалиёти ҳақида»ги 21-сонли қарори, 3-банд, 3-хатбоши // Тўплам, 1-жилд. – 35-б.
321
Barqarorlik va jinoiy faoliyat kabi belgilar, uyushgan guruhning
oldindan til biriktirib birgalikda jinoyat sodir qilishi murakkab
ishtirokchilik, ya’ni oldindan til biriktirgan bir guruh shaxslardan
farqlovchi asosiy tafovutidir.
Uyushgan guruhni xususiyatlovchi belgilardan biri – bu uning
barqaror ekanligidir. Bunda tashkilotchi jinoiy rejani tuzadi, ishtirokchilar
o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, ular faoliyatini yo‘naltiradi va guruhdagi
tartibni mustahkamlaydi, shuningdek, guruh intizomini nazorat qiladi va
hokazo. Bundan tashqari, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til
biriktirib sodir etiladigan jinoyatlar bir martalik tajovuzga qaratilgan
bo‘ladi, uyushgan guruh, qoida tariqasida, mazkur guruhning jinoiy
faoliyatidan darak beruvchi bir necha marta jinoyat sodir etishga
yo‘naltiriladi (qaratiladi).
Uyushgan jinoiy guruh ishtirokchilari harakatini kvalifikatsiya qilish
oldindan til biriktirib, jinoyat sodir etishdan farq qiladi. Agar jinoyat
oldindan til biriktirgan holda bir necha bajaruvchilar tomonidan sodir
etilgan bo‘lsa, u faqat Maxsus qismdagi tegishli moddaning o‘zi bilan 28-
moddani qo‘llamagan holda kvalifikatsiya qilinadi. Uyushgan guruh
tomonidan jinoyat sodir etilganda ishtirokchilarning jinoyat sodir etishdagi
vazifasi qanday bo‘lganligidan qat’i nazar (tashkilotchi, bajaruvchi,
dalolatchi, yordamchi, ishtirokchi), Jinoyat kodeksining 28-moddasini
qo‘llagan holda javobgarlik belgilanadi. «Uyushgan guruh tarkibida
transport vositasini olib qochishda qatnashgan shaxslarning harakatlarini,
ularning har birining rolidan qat’i nazar, ishtirokchilik deb topishlik
lozim»
1
.
Masalaning bu kabi hal etilishi JK 30-moddasi 3-qismida
mustahkamlangan qoida bilan bog‘liq bo‘lib, unga muvofiq, «uyushgan
guruh yoki jinoiy uyushma tashkil etgan yoki unga rahbarlik qilgan
shaxslar shu guruh yoki uyushma sodir etgan jinoyatlar uchun, basharti, bu
jinoyatlar ularning jinoiy niyati bilan qamrab olingan bo‘lsa, javobgarlikka
tortiladilar».
1
Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 1996 йил 20 декабрдаги «Транспорт
воситаларини олиб қочиш ишлари бўйича суд амалиёти ҳақида»ги 37-сонли қарори, 5-банд, 4-хатбоши //
Тўплам, 1-жилд. – 73-б.
322
(Ishtirokchilarning javobgarligi doirasi haqida batafsilroq shu bobning
4-§ ga qarang.)
Sud-tergov amaliyotida uyushgan guruh a’zolaridan biri bir jinoyatni
sodir etishda ishtirok etib, keyin o‘zining jinoiy faoliyatini to‘xtatgan
hollar ham uchrab turadi. Bunday hollarda ularning jinoiy qilmishlari
sonidan qat’i nazar, u uyushgan guruh tarkibida jinoyat sodir etganligi
uchun (o‘zi buni anglagan hollarda) jinoiy javobgarlikka tortiladi. Shunday
holatlar uchun JK Maxsus qismida «jinoyat uyushgan guruh a’zosi yoki
uning manfaatlari yo‘lida sodir etilsa» degan birikma ko‘rsatib o‘tiladi
(masalan, JK 97-moddasi 2-qismi «p» bandi, 104-moddasi 3-qismi «g»
bandi).
Shuni nazarda tutish lozimki, alohida jinoyat tarkibi konstruksiyasida
uyushgan guruh belgisi mavjud bo‘lmaganda (masalan, JK 114-moddasi),
biroq jinoyat amalda uyushgan guruh tomonidan amalga oshirilsa, mazkur
belgi JK 56-moddasi «m» bandiga muvofiq, jazoni og‘irlashtiruvchi holat
sifatida hisobga olinishi lozim.
Tashkil etiladigan jinoiy uyushma sodir etmoqchi bo‘lgan
jinoyatlarning xavfliligini inobatga olib, qonun chiqaruvchi jinoiy
uyushmaning o‘zini va undagi ishtirokchilarni JK 242-moddasi belgilari
bo‘yicha mustaqil jinoyatlarga kiritadi va shu bilan jinoiy uyushmaning
amalda jinoyat sodir etganligi yoki etmaganligidan qat’i nazar, tashkil
etilishining dastlabki bosqichidanoq jinoiy jazoga tortilishini
mustahkamlaydi. Bunda jinoiy uyushgan guruhni qurollangan deb topish
uchun, uning hatto bir a’zosida qurol (o‘qotar, sovuq) mavjudligi kifoya
qiladi. Jinoiy jazoga sazovor bo‘lish uchun, shunday qurolli uyushgan
guruhni tuzishning o‘zi yetarli, ya’ni uyushgan qurolli guruh tuzilgan,
unga rahbarlik qilish yoxud a’zo bo‘lishga rozilik berilgan paytdan
boshlab jinoyat tugallangan hisoblanadi. Uyushgan qurolli guruh
tomonidan amalga oshirilgan konkret jinoyatlarni JK 242-moddasi 2-qismi
bo‘yicha JK Maxsus qismining tegishli moddalari jami bilan kvalifikatsiya
qilish lozim.
323
Do'stlaringiz bilan baham: |