insoniyat tinchligi va xavfsizligi
ham kiradi, bu esa
O‘zbekistonning BMT Nizomi
1
, Fuqaroviy va siyosiy huquqlar
to‘g‘risidagi xalqaro pakt
2
, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar
to‘g‘risidagi xalqaro pakt
3
va boshqa hujjatlarda aks etgan xalqaro
huquqning umume’tirof etilgan me’yorlar tarafdori ekanligi bilan bog‘liq.
NOTA BENE !
Tinchlik va insoniyat xavfsizligi
– davlatlar, millatlar va xalqlarning
birgalikda tinch-totuv hayot kechirishi, xalqaro kelishmovchiliklarning
oldini olish, nizoli vaziyatlarni bartaraf etishning yagona mavjud usuli
sifatida bahslarni tinchlik yo‘li bilan hal qilish, bashariyatning barqaror va
progressiv rivojlanishini ta’minlash va jami yer yuzi aholisining
manfaatlarini himoyalashga qaratilgan ijtimoiy munosabatlardir.
JKning tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi sodir etilgan
jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari uning Maxsus
qismidagi mustaqil bobda jamlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |