–
qo‘shimcha
oqibatlar, masalan, JK 104-moddasida nazarda tutilgan
qasddan badanga og‘ir shikast yetkazishning oqibatlari JK 164-moddasi 3-
qismi «g» bandi bilan qamrab olinadi va bu holatda 104-modda bilan
qo‘shimcha kvalifikatsiya talab qilinmaydi.
Moddiy tarkibli jinoyat JK Maxsus qismi moddasi dispozitsiyasida
nazarda tutilgan oqibat kelib chiqishi bilan tugagan hisoblanadi. Bungacha
jinoyat jinoyatga tayyorgarlik yoki jinoyatga suiqasd qilish bosqichida deb
kvalifikatsiya qilinadi.
Moddiy tarkibli jinoyatlardan farqli ravishda, formal tarkibli jinoyatlar
qilmish sodir qilingan daqiqadan tugagan hisoblanadi, chunki JK Maxsus
qismi formal tarkibli jinoyat dispozitsiyalarida oqibat ko‘rsatilmagan, shu
sababli bu jinoyatlar uchun oqibat kelib chiqishi talab etilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: