―Talim to’g’risida‖, ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida‖gi Qonunlarning qabul
qilinishi mamlakatimiz salohiyatining beqiyos rivojlanishi, mustaqil Respublikamizning jahonga
keng qamrov bilan chiqishi uchun ulkan omildir. Shu boisdan ham O’zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining XIV sessiyasida hayotimizga samarali ta'sir etuvchi jabhalar qatorida ta'lim-
tarbiya tizimini tubdan o’zgartirish vazifalari ham ustuvor soha sifatida ko’rib chiqilganligi bejiz
emas.
Prezident Islom Karimov mazkur sessiyadagi nutqida bu masalaga favqulodda katta ahamiyat
berib, ta'lim-tarbiya sohasidagi yutuq va kamchiliklarni tahlil etar ekan, tizimda yangilikka
intilish bo’lmasa, taraqqiyot ham bo’lmasligini ta'kidladi. Bugun zamon talabi, ertaga bajarilishi
kerak bo’lgan dolzarb vazifalar xalq ta'limi tizimini tubdan isloh qilish zarurligini taqozo
etayotganini ko’rsatdi. Ma'lumki, sohaning asosiy bo’g’ini uzluksiz ta'limdan iborat. Davlatimiz
rahbari uzluksiz ta'limni tashkil etishda uning jahon talablari darajasida bo’lishi hamda u yuksak
ma'naviyat zaminida qurishiga katta ahamiyat berish kerakligani ta'kidlar ekan, davlat ta'lim
standartlarini joriy etish va uning mexanizmini ishlab chiqish naqadar muximligiga e'tiborni
qaratdi. Xo’sh, ta'limda davlat standarti nima? Ta'limni standartlashtirish insoniyatning ijtimoiy
ongida ro’y bergan tub o’zgarishlar tufayli kelib chiqqan zaruratdir. Chunki, axborotlar
almashinuvi maksimal chegaraga yetgan davrimizda dunyoning bir burchagida yashayotgan
kishi ikkinchi qutbda sodir bo’layotgan voqealarni bilibgina qolmay, ularning ne boisda aynan
shu tarzda ro’y berganini anglashi va xis qilishi zarurdir. Bir sayyorada bir vaqgda yashab turib,
bir-birini tushunmaslik ba'zan insonlar o’rtasidagi munosabatlarni boshi berk ko’chaga kiritib
qo’yishi mumkin. Shuning uchun ham iqtisodiy ahvoli va taraqqiyot darajasi turlicha bo’lgan
davlatlarda yashovchi barcha kishilarning fikrlash darajasini iloji boricha bir xil holatga keltirish
ehtiyoji paydo bo’ddi. Bu holat ta'lim standartlari deb atalmish tushunchani yuzaga chiqardi.
Standart — ta'limda yaratilgan me'yoriy reja, dastur, darsliklarni o’zlashtirish ekvivalenti, ya'ni
ta'lim mazmunini o’zlashtirish darajasidir. Standartni ishlab chiqishda o’quvchini haddan
tashqari zo’riqgirib yubormaslik talablariga rioya qilish, ya'ni u o’quvchi yoshiga mos, uni
bajarishga qurbi yetadigan darajada bo’lishi kerak. Bunda albatta, ta'lim oluvchining qiziqishi,
xoxishi, ehtiyoji hisobga olinishi lozim. Ta'lim standartlarini o’zlashtirishda shaxsga muhim
ahamiyat berilishi, unga yakka tartibda yondashilishi maqsadga muvofiqdir. Standartlarni o’quv
jarayoniga tatbiq etishdan oldin o’ta puxtalik bilan tajriba-sinovdan o’tkaziladi va shu asosda
bosqichma-bosqich o’quv jarayoniga kiritib boriladi.
Davlat va jamiyat ta'lim muassasalari oldiga muayyan ijtimoiy buyurtmalar qo’yayotgan ekan,
o’sha muassasalar tomonidan tayyorlanadigan kadr egallashi lozim bo’lgan ijtimoiy sifatlarning
minimal chegarasini ham ko’rsatib berishi tabiiydir. Tarbiyalanuvchi yoki ta'lim oluvchilar
egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma, malaka yoxud ma'naviy sifatlarning eng quyi miqdori
ilmiy asoslarda belgilab berilgan rasmiy pedagogik hujjat —davlat ta'lim standarti hisoblanadi.
Standartlarda belgilangan natijalarga erishilmasa, yo o’sha ko’rsatkichlarni egallay olmagan
bola, yoxud yoshlarda muayyan mikdordagi bilim, ko’nikma, malaka va ma'naviy sifatlarni
shakllantira olmagan pedagogikani mukammal deb bo’lmaydi. Bundan ko’rinib turibdiki, davlat
ta'lim standarti (DTS) nazorat vositasi, ayni vaqgda, ta'lim muassasalarida ko’zlangan
ko’rsatkichlarni qo’lga kiritish uchun zarur bo’lgan sharoitni belgilash o’lchovi hamdir. Davlat
ta'lim standartlarining ko’rsatkichlari amaldagi mavjud ta'lim mazmunidan emas, balki
shakllantirilayotgan o’quvchiga singdirishi lozim bo’lgan sifatlarning jahon bo’yicha zarur deb
hisoblangan mikdoridan kelib chiqadi.
Davlat ta'lim standartlarining ikki asosiy vazifasini alohida ta'kidlab ko’rsatish mumkin. Bunday
standartlar umumiy o’rta o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida o’quvchilarga beriladigan
ta'lim mazmunining majburiy minimumini hamda bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga
qo’yiladigan talablar majmuasini belgilab beradi. Ta'lim mazmunining majburiy minimumi
o’quv dasturlari va darsliklarda to’liq o’z ifodasini topishi shart. Bitiruvchilarning tayyorgarlik
darajasiga ko’ra o’quvchi muayyan bosqichda egallashi shart bo’lgan bilim, ko’nikma va
malakalarning minimal
miqdori belgilanadi,
Umumiy o’rta ta'limning davlat ta'lim standartlari talablari boshlang’ich ta'lim hamda umumiy
o’rta ta'lim bitiruvchilariga qo’yiladi. 4-sinfni va 9-sinfni bitiruvchi har bir o’quvchi davlat ta'lim
standartlarida
belgilangan bilim, ko’nikma va malakalarga erishgan bo’lishi shart.
Ta'lim standartlari joriy qilinsa, davlat buyurtmachi sifatida ta'lim muassalari oldiga vazifa
qo’yadi. Mazkur muassasalar esa ana shu vazifalarni yaxshiroq uddalash uchun o’quvchilarga
qaysi bosqichda qancha bilim, ko’nikma, malaka yoki ma'naviy sifatlar singdirish lozimligini
aniq belgilab olgan holda ish ko’radi. Shu tariqa ta'lim-tarbiya jarayoni tavakkalchilikdan, ko’r-
ko’rona faoliyat ko’rsatishdan qutuladi, ilmiy asoslangan me'yoriy talablar asosida faoliyat
ko’rsatadi.
Ta'lim-tarbiya jarayoniga DTSni joriy etish talablari rivojlangan G’arb mamlakatlari tajribasiga
asoslanadi. Ammo, shuni ham aytish kerakki, hali dunyodagi birorta jamiyatda ta'limni
standartlashtirish keng ko’lamda amalga oshirilayotgani yo’q. Chunonchi, mazkur yumushga
birinchi bo’lib qo’l urgan Frantsiyada bu ish hanuzgacha sinov darajasida, AQShda esa DTS
yaratishga endigina kirishilmoqda. Yaponiya va Germaniya ta'lim muassasalarida mazkur
muammoni hal etish rejalashtirish bosqichida turibdi. O’zbekistonda ta'lim standartlari
masalasiga davlat miqyosida yondashildi va uni ilmiy yo’sinda hal etishdan tashqari, ta'lim-
tarbiya amaliyotiga joriy qilish maqsadida uzoq vaqg izlanishlar olib borildi, tajriba-sinovlar
amalga oshirildi.
Shuni aytish kerakki, davlat ta'lim standartlari atamasi XX asrning 70-yillarida tug’ilgan va
endigina amalga oshirila boshlagan bo’lsada, aslida u bugun paydo bo’lgan yangilik emas.
Negaki, ta'lim-tarbiya tushunchasi oddiga muayyan talablar qo’yila boshlagan zamonlardan
buyon shunday me'yorlar mavjud. Faqat qadimda ular standart deb atalmagan. Lekin mohiyat
e'tibori bilan har qanday jamiyat tarbiya muassasalari davlatga qarashli bo’lmagan zamonlarda
ham o’z talablari tizimiga ega bo’lgan. Chunki ta'lim-tarbiya muassasasini bitiruvchisi muayyan
jamiyatda yashashi, faoliyat ko’rsatishi lozim. Binobarin, u o’sha jamiyat talablari darajasidagi
bilim, ko’nikma va malakalarni egayalashi shart hisoblangan.
Mamlakatimizda pedagogika lmi ham, amaliyoti ham yangilanib bormoqda. Ma'lumki. har
qanday millatning yangilanishi yoshlar tarbiyasidan boshlanadi. Yoshlar esa bugungi kunda
oilada va asosan ta'lim-tarbiya muassasalarida shakllantiriladi. Shuning uchun ham, mustaqil
davlatimiz va uning rahbariyati ana shu muassasalar faoliyati imkon qadar zamon talablari
darajasida bo’lishiga e'tiborini qaratmoqda. DTS barkamol shaxsni shakllantirishga
yo’naltirilgan pedagogyka faoliyatidagi samaradorlikni nazorat qilish vositasidir. Hozir
yaratilayotgan barcha didaktik vositalarning ana shu standartlarga muvofiq bo’lishiga katta
e'tibor berilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: