Fikrni birinchi shaxs tomonidan bayon etish normasi. Bunda doimo mulohazalar
"Menimcha...", "Mening fikrimcha...", "Mening o’ylashimcha..." qabilida bayon etilishi maqsadga
muvofiqligi uqtirilishi kerak.
"Yagona mikrofon" normasi. Biror ishtirokchi o‘z fikrini bildirayotganida, boshqalar unga
diqqat bilan quloq solishi va uning gapini boTmasligi, bir-birining shaxsini o’zaro hurmat qilishi
lozim. Kimdir gapirayotganida boshqa birovning unga quloq solmasligi so'zlovchining shaxsiyatiga
tegishi va u keyingi bahslarda o‘z munosabatini bildirishdan bosh tortishiga olib kelishi mumkin.
Bu esa trening samarasiga salbiy ta’sir ko'rsatishi ehtimolini keltirib chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |