Kirish
Mavzuni dolzarbligi:
Mustaqil O‟zbekistonda ta‟lim tarbiya ishlarini to‟g‟ri
yo‟lga qo‟yishi milliy va nafosat tarbiyasining barcha imkoniyatlaridan to‟la va
samarali foydalanishni taqozo etadi.
Jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida tarbiyaning mazmuni va yo‟nalisi
milliy va nafosat tarbiyalarining uyg‟unligi asosida belgilangan. Shunday ekan,
yosh avlodni aqlan etuk, axloqan pok, sog‟lom jismonan baquvvat, go‟zallikni
idrok eta oladigan qilib tarbiyalash xalq ta‟limining asosiy maqsadi.
Nafosat ( estetik ) lotinchadan “ gozallikni xis etaman “ degan ma‟noni
anglatadi. Aqliy, axloqiy, jismonan va mehnat tarbiyasini nafosat( estetika )
tarbiyasiz tasavvur qilib bo‟lmaydi. Nafosat tarbiyasini maqsadi o‟quvchilarni
tabiyat va jamiyatdan go‟zalikni idrok qilish uni to‟g‟ri tushunish va faxmlash,
qadriga etish, shu asosida o‟z shahsiy hayotining go‟zal tamonini ko‟ra bilish,
go‟zal bo‟lish uchun kurashishga o‟rgatishdan iborat nafosat tarbiyasi axloqiy
qiyofasi ijobiy xulq – atvor, muomila madaniyati tarkib topishida, ijodiy
qobiliyatlarini taqqiy etishida katta ta‟sir ko‟rsatadi. Maktablarimizda musiqa,
rasm, adabiyot, mehnat darslari va boshqa fanlar, nafosat tarbiyasining vositasi
hisoblanadi. Nafosat tarbiyasi, avvalo oila go‟zalligining birinchi manbai
hisoblanadi. Nafosat tarbiyasi, bola tug‟ilganidan boshlab, umrning ohirigacha
unga yo‟ldoshdir. Shu sababli bola nafaqat oilada, balki bog‟cha, maktab,
mahallada, sinfdan va maktabdan tashqari, tadbirlarda, turli hil anjumanlarda, yosh
avlodga go‟zallikni, nafosatni anglatuvchi, tarbiyalovchi vositadir . Nafosat
tarbiyasi, faqat san‟at vositasigina emas, balki hayot, mehnat kishilarning o‟zaro
munosabatlari,muomilalari, kiyinish madaniyatlari vositasida go‟zallikni his
qilishni tarbiyalaydi. Komil insonni tarbiyalashda, nafosat tarbiyasini ahamiyati
xaqida, buyuk olim V.G.Belinskiy shunday deydi: Butun go‟zallik, ulug‟vorlik
manbai bo‟lgan, nafosat tarbiyasini his tuyg‟ularini, bolalarda o‟stirish, chunki
nafosat his – tuyg‟ularidan mahrum bo‟lgan odam hayvon qatorida bo‟ladi.
Insonlarda nafosat his – tuyg‟ularini tarbiyalash avvalo, insonning nafosat
ta‟surotlari ( quvonish, zavqlanish, ma‟naviy ozuqa olish, go‟zallikni ko‟ra bilish,
qadrlash, hayratlanish ) kabi his – tuyg‟ular ko‟rinishda va turli darajada boshdan
kechiradilar. Shundagina qiziqarli san‟at olamiga kirib boradilar.
Bu yilni Prezidentimiz I.A.Karimov “ Sog‟lom bola “ yili deb e‟lon qildilar.
Sog‟lom bola, deganda, aqlan etuk, bilimli, jismonan sog‟lom, kuchli, don ova
albatta go‟zallikni go‟zallikni nafosat tarbiyasi o‟zida mujassam etgan insonni tan
olamiz. Insonda kelajakda bu his – tuyg‟ular mujassamlanib go‟zal xulq, latofat,
intizom, kiyinish madaniyati, muomila madaniyati asta – sekin shakllanib,
barkamol etuk inson bo‟lib voyaga etadi va o‟z mehnati, go‟zal hxulqi va dono,
bilimdonligi bilan jamiyatni rivojlanishi uchun o‟z hissasini qo‟shadi. Mir Alisher
Navoiy o‟zini “Farxod va Shirin” dostonida Shirinni zoxiriy va botiniy go‟zallik
sohibasi sifatida tasvirlaydi. Shirinni go‟zalligi, latofatliligi shunday ediki, u molu
davlatga uchmagan, aksincha inson bo‟lish, pok vijdonli bo‟lib va chin insonni
sevishni baxt deb bilgan. Shirin eng og‟ir kunlarda xam yor bolish bilan birga
donishmand davlat arbobi, aqilli, hayoli, pokiza, sadoqatli qiz bo‟lib, barcha
qizlarga o‟rnak bo‟lgan. O‟zbek xalq qo‟shiqchilik san‟ati, o‟zini qator jixatlari
bilan o‟quvchi yoshlarda go‟zallikni idrok etish, zavqlanish, estetik his xayajon,
estetik did, estetik ( nafosat ) muloxaza, ashulachilik san‟ati, jamoa bo‟lib qo‟shiq
kuylash san‟ati, musiqaga nisbatan juda katta ma‟sir doirasiga ega. Qo‟shiqchilik
san‟ati kuy, usul, zarb kabi, qator musiqiy vositalar orqali, mazmuni ifodalanib
millatidan qattiy nazar barcha xalqlar uchun tarjimasiz xizmat qiladi. Tarixda
barcha xalqlarning aql farosati, estetik xissi, qayg‟u shodligi, pok muxabbati va
orzu armonlari ifodalanib, barchaga tushunarli bo‟lib, ma‟naviy ozuqa beradi.
Ularning ma‟naviy – estetik baxolash va estetik ongini rivojlantirishda muxim
axamiyat kasb etadi. Qo‟shiqchilik san‟atining ( estetik ) nafosat tarbiyasi vazifasi
o‟quvchi yoshlarni dunyo qarashini rivojlantirgan, ruxiy xolati, axloqiy qiyofasi,
nafosat va qiziqishi va tafakkurini kengaytirishga chuqur ta‟sir etadi. Musiqa inson
tarbiyasida salmoqli axamiyatga ega bo‟lib, u sexrli kuy va oxanglar, ajib tuyg‟ular
va xissiy kechinmalarolamini yaratadi.
Nafosatli insonni barcha xatti xarakatida, nutq madaniyati, o‟zini tuta bilish,
kuylash madaniyati, kiyinish madaniyatida go‟zallik, samimiyat aks ettiriladi. U
go‟zallikni yaratishni va qadrlashni biladi.
Musiqa yosh avlodni har tomonlama etuk qilib tarbiyalashda muhim omil deb
xisoblanadi. Yosh avlodni sog‟lom muxitda, ma‟naviy va axloqiy tomondan komil
topishida, musiqiy ta‟limning asosiy vazifalaridan biridir. Musiqa, jonli san‟at turi
sifatida, davr, xayot, tabiyat va inson his-tuyg‟ularini, orzu istaklarini aks ettiradi.
O‟quvchilarni doimo go‟zallikka intilishi va kundalik xayotida ana shu go‟zallik
qoidalariga amal qilishi nafosat tarbiyasini amaliy belgilaridan biri bo‟lib
hisoblanadi. Musiqa tarbiyasi, nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab
qirralaridan biri bo‟lib, u o‟quvchilarni musiqa san‟atini, asarlarni tushunishga va
ijro etishga o‟rgatadi. Musiqa madaniyati darslarini o‟quvchilarni atrofdagi go‟zal
narsalarni to‟g‟ri idrok eta olishga va ma‟naviy ozuqa olishga yordam beradi. Shu
bois, musiqa o‟quvchilarni ma‟naviy dunyosini, xar tomonlama takomillashtirib,
ularda oliyjanob fazilatlarini, kamol topishda ta‟sirchang vazifa bo‟libxizmat
qiladi.
Bitiruv malakaviy ishini dolzarbligi shundaki, O‟zbekiston bolalari
kompozitorlarini asarlari vositasida o‟quvchilarni barkamol inson qilib tarbiyalash.
Bitiruv malakaviy ishini maqsadi: Qo‟shiq kuylash jarayonida o‟quvchilarda
nafosat tarbiyasini shakllantirish.
Bitiruv malakaviy ishini vazifalari:
1. Mavzuga oid ilmiy adabiyotlardan, ilmiy tadqiqot ishlardan, dastur, darslik
o‟quv qo‟llanmalardan foydalanish.
2. Tajribali o‟quvchilar, olimlar, metodistlar ish tajribalaridan foydalanish.
3. O‟zbekiston kompozitorlarini bolalar uchun yozishgan qo‟shiqlari bilan tanishib
chiqish.
4. Buyuk mutafakkirlarni risolalalari, fikrlaridan, ilmiy ishlaridan foydalanish.
5. Bolalar ovoz opparati tuzilishi.
6. Tajriba sinov ishlarini o‟tqazish.
Bitiruv malakaviy ishlarini predmeti:
Musiqa madaniyati darslarida qo‟shiq kuylash vositasida nafosat tarbiyasini
shakillantirish jarayoni.
To‟rtinchi sinf o‟quvchilari, psixologik, fiziologik xarakterga ko‟ra, diqqat
e‟tiborlari,turg‟un dunyo qarashi rivojlangan bo‟ladi. Mustaqil fikr yuritish, xikoya
tuzish, ko‟rgazmali ko‟p o‟yinlar tayyorlash qobiliyatiga ega bo‟ladilar. Vakal –
xor ko‟nikma va malakalariga ega bo‟ladilar. Sof unisenda kuylashga, ikki ovozli
mashqlarga kuylashga ega bo‟ladilar. 4 - sinf ovoz diopozoni DO – ma‟lum
miqtorda rivojlangan bo‟ladi. Bolalarda diqqat e‟tibor ancha turg‟unlashgan
bo‟ladi.
Beshinchi sinf o‟quvchilarini qiziqish qobiliyatiga qarab, to‟garaklarga jalb
etish lozim. Musiqa darslarining asosiy maqsadi, o‟quvchilarning boshlang‟ich
sinflarda olgan bilimlarini va tayyorgarlik darajasini aniqlab, darsni professional
darajada talqin etish.
Yil mavzusi: “ Xalq musiqa ijodi “.
I – chorak: O‟zbek xalq musiqasini ommaviy janri.
II – chorak: Mavsum marosim qo‟shiqlari.
III – chorak: Mehnat qo‟shiqlari
IV – chorak: Bahor fasli qo‟shiqlari.
Tadqiqotning nazariy – metodologik asoslarini Prizident I.A.Karimov asarlari,
“ Ta‟lim to‟g‟risidagi qonun”, “ Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Davlat, Ta‟lim
standartlari, Davlat farmonlari, omillar yaratgan maqomlar, dastur, darslik va
qo‟llanishlar, buyuk allomalarning musiqa san‟ati xaqidagi fikrlari tashkil etadi.
Prezidentimiz I.A.Karimov o‟z nutqlarida: “Jamiyatimizning eng muhim
vazifalaridan biri ma‟naviy boy, axloqiy pok, jismonan barkamol insonni
tarbiyalab voyaga yetkazish bizning asosiy maqsadimizdir” deb takitlaganlar.
Sharq mutaffakkirlari barkamol insonni shakllantirishda musiqa tarbiyasining
tutgan o‟rni, moxiyati va mazmunini yoritgan. Musiqani inson tarbiyasidagi o‟rnini
chuqur ifodalab berishgan. Sharq mutaffakiri barkamol insonni shakillantirishda,
musiqa tarbiyasini o‟rni va mazmunini, o‟z asarlaridayoritib bergalar:
“Faqat musiqagina odamning qalbiga mutanosiblik va o‟ziga qanoat tuyg‟usini olib
kiradi, uni baxtiyor qiladi” degan edilar. Musiqa ta‟limining rivojlanishiga xissa
qo‟shgan o‟rta osiyolik mashxur musiqachilar orasidan olish, mutaffakir Abu –
Nasr Al Farobiy : “ Bu fan tana sog‟lig‟i uchun foydalidir “ degan edilar. “Inson
uning shakillanishi tafakkur dunyosini kengligiga qarab belgilanad. Musiqa san‟ati
insonni ezgulikka, poklikka yaxshilikka yetaklaydi” deydi buyuk olimlardan biri.
Bu borada buyuk olim Abu Ali Ibn Sino: “ Daraxtning yetukligi Mevasi bilan
bo‟lganidek, insonning barcha xislatlari xam> axloq bilan yakunlanadi” deydi.
Axmad Donish o‟z asarlarida shunday yozadi: “ Shunday kuy va qo‟shiq
mavjudki,
ular
insoniyatni
barkamol
avlodlarni,
hayotlarini
yanada
go‟zallashtirishga, boyitishga va yaxshilashga xizmat qiladi”. Abu Rayxon Beruniy
fikricha: “ San‟at olami, musiqa va qo‟shiqlar vositasida inson hayotini nafaqat
bezaydi, ayni paytda ular tantanavor, sho‟xchan bayramona kayfiyat baxsh etadi,
hayotni go‟zallashtirishga yordam beradi” deydi. Shunday ekan, musiqa
madaniyati darslarini, shunday yuksak darajada tashkil etish kerakki, o‟quvchilar
musiqa haqida bilim olish bilan birga, musiqa madaniyati tarixidan buyuk
mutaffakkirlarimiz ijodlaridan baxramand bo‟lsinlar.
Bitiruv Malakaviy Ishim: Kirish. Asosiy qism III – bobdan , xulosa,
foydalangan adabiyotlar ro‟yxati va ilovadan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |