1. (Ey Muhammad), qachon Allohning yordami va g‘alaba kelsa,
2. Va odamlar to‘p-to‘p bo‘lishib, Allohning dini (Islom)ga kirayotganlarini
ko‘rsangiz,
3. Darhol Parvardigoringizga hamd aytish bilan (U zotni har qanday
«sherik»lardan) poklang va U zotdan mag‘firat so‘rang! Zero U tavbalarni
qabul qilguvchi bo‘lgan zotdir.
I z o h.
Ushbu surai karimada mo‘min-musulmonlarning vazifasi imkonlari boricha
dinning ravnaqi yo‘lida sa’y-harakat qilish ekaniga, g‘alabani esa yolg‘iz Alloh taoloning
O’zi berishiga ishora bor.
MASAD SURASI
Bu sura Makkada nozil qilingan bo‘lib, besh oyatdir.
Bu surada garchi o‘zi payg‘ambar alayhis-salomga amaki bo‘lsa ham, payg‘ambarimizga
haddan tashqari aziyyatlar yetkazgan «Abu Lahab - do‘zax o‘tining otasi» degan laqabga
ega bo‘lgan bir ashaddiy kofir va kufrda undan qolishmaydigan uning xotini haqida so‘z
yuritiladi.
Sura «Masad — Pishiq tola» deb atalgandir.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
Do'stlaringiz bilan baham: |