28
1) kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi;
2) kuzatiladigan ob‘ekt tanlanadi;
3)
sinaluvchining yoshi, jinsi aniqlanadi;
4) tadqiqot o‘tkazish vaqti rejalashtiriladi;
5) kuzatish qancha davom etishi qat‘iylashtiriladi;
6) kuzatish insonning qaysi faoliyatida (o‘yin, o‘qish, mehnat, sportda)
amalga oshirilishi tavsiya qilinadi;
7) kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa bilan o‘tkazilishi)
tayinlanadi;
8) kuzatilganlarni qayd qilib borish vositalari (kundalik, suhbat daftari,
kuzatish varaqasi, magnitofon, videomagnitofon va boshqalar) taxt qilinadi.
Kuzatish orqali turli yoshdagi odamlarning diqqati, his-tuyg‘ulari, nerv
sistemasining tashqi ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-ishoralari,
sezgirligi, xulq-atvori, nutq faoliyati va hokazolar o‘rganiladi. Ammo, o‘ta
murakkab ichki psixologik kechinmalar, yuksak hissiyotlar, tafakkur, mantiqiy
xotira va aql-zakovatni tadqiq etishga bu metodning imkoni yetmaydi. Masalan,
go‘dak bolani kuzatishda uning harakatlari, o‘yinchoqlarga munosabati, his-
tuyg‘usi, talpinishi, mayli, xohishi aniqlanadi. O‘quvchining darsdagi holatini
kuzatishda esa, diqqatining xususiyati, tashqi qo‘zg‘atuvchi bilan ta‘sirlanishi,
temperamenti, hatti-harakatining sur‘ati, emotsional kechinmasining o‘zgarishi
to‘g‘risida ma‘lumotlar to‘plashga imkoniyati tug‘iladi. O‘spirin yoshlarning sport
faoliyatini kuzatish orqali ularning irodasi, ishchanligi, his-tuyg‘usining o‘zgarish
xususiyatlari, g‘alabaga intilishi, o‘zining harakatini idora qila olishi yuzasidan
materiallar yig‘ish mumkin. Soha egasining dastgoh yonidagi faoliyatini kuzatish
natijasida uning o‘z diqqatini taqsimlashi, qiyin damlarda o‘zini tutishi, imo-
ishoralari, tashqi qo‘zg‘atuvchidan ta‘sirlanish darajasi haqida keng ma‘lumotlar
yig‘iladi. Keksalarning muloqot jarayonini kuzatish ularning xarakteri, nutq
faoliyati, his-tuyg‘usi, ekstravertivligi yoki intravertivligi, qiziquvchanligi va
ruhiyatining boshqa xususiyatlarini aniqlash demakdir.
Tashqi kuzatishda ba‘zan tafakkur bo‘yicha ham ma‘lumotlar olish: ish
ustidagi qayfiyatini, fikrning muayyan ob‘ektga yo‘naltirilganini, tashqi
29
qo‘zg‘atuvchilar ta‘siriga berilmaslikni, chehradagi tashvish va iztirobni, ko‘zdagi
g‘ayri-tabiiylikni, shuningdek, sinchkovlik, teranlik, termulish kabi ruhiy holatlarni
kuzatib tafakkurning kechishidagi o‘zgarishni aniqlash mumkin. Bulardan tashqari,
qo‘lning titrashi, asabiylashish, nutqning buzilishi, hissiyotning beqarorlashuvi
ham inson ruhiyatidagi o‘zgarishlar bo‘yicha ma‘lumot beradi.
Kasbiy faoliyat psixologiyasida o‘zini o‘zi kuzatishdan (introspeksiyadan)
ham foydalaniladi. Ko‘pincha tajribali psixolog yoki yuqori malakali mohir soha
egasi o‘zini o‘zi kuzatish orqali ilmiy xulosa chiqara biladi. Masalan, o‘z
tafakkurini kuzatib o‘zidagi emotsional o‘zgarish haqida, shuningdek, tafakkurning
ichki mexanizmlari vujudga kelishi va kechishi haqida ma‘lumot oladi. Natijada
tafakkurning sifati, mazmuni, mohiyati va qay tarzda, qanday tezlikda, qay
shaklda
:
ro‘y berishini kuzatadi.
Chet el psixologiyasida o‘zini o‘zi kuzatishning inson ruhiyatini
o‘rganishdagi rolini ifodalovchi ilmiy-amaliy materiallar to‘plangan. Introspeksiya
yo‘nalishining yirik namoyondalari o‘zlarini o‘zlari kuzatganlar va to‘plagan
materiallarini tahlil qilib umumiy psixologik qonuniyatlarni yaratishga harakat
qilganlar. Lekin, inson turli vaziyatlarda o‘zini bir hil boshqara
olmaydi va shuning
uchun bu metodning ilmiy ahamiyati katta emas.
Shunday qilib, kuzatish metodining qulay va samarali jihatlari bilan birga
zaif tomonlari ham mavjud. Shu sababli insonning murakkab psixikasi boshqa
metodlardan foydalanib tadqiq qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: