Kasbiy faoliyat psixologiyasi



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/191
Sana02.01.2022
Hajmi1,72 Mb.
#311190
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   191
Bog'liq
fayl 1706 20210830

Test metodi 
oxirgi paytda hayotimizga dadil kirib kelgan tekshiruv usullari 
sirasiga kirib, ular yordamida biror o`rganilayotgan hodisa xususida kam sifat, kam 
miqdor  xarakteristikalarini  olish,  ularni  ko`pchilikda  qayta-qayta  sinash  va 
ma‘lumotlarni korrelyatsion analiz orqali ishonchlilikka tekshirish  mumkin.  Ayni 
testga qo`yilgan talab hech qachon o`zgarmaydi, hattoki, shunday testlar borki, ular 
turli  millat  va  elat  vakillarida,  turli  davrlarda  ham  o`zgarmagan  holda  ishlatiladi. 
Masalan,  Ravenning  aqliy  intellektni  o`lchash,  Kettelning  va  Ayzenkning  shaxs 
testlari shular jumlasidandir. 
Test-surov
  oldindan  qat‘iy  tarzda  qabul  qilingan  savollarga  beriladigan 
javoblarni taqozo etadi. Masalan, Ayzenkning 57 ta savoldan iborat testi shaxsdagi 


31 
 
introversiya - ekstroversiyani o`lchaydi, savollarga «ha» yoki «yo`q» tarzida javob 
berish so`raladi. 
Test-topshiriq 
odam  xulqi  va  holatini  amalga  oshirgan  ishlari  asosida 
baholashni  nazarda  tutadi.  Masalan,  shaxs  tafakkuridagi  kreativlilikni  aniqlash 
uchun  ko`pincha  bir  qarashda  oddiygina  topshiriq  beriladi:  berilgan  20  ta  doira 
shaklidagi  shakllardan  o`zi  xohlagancha  rasmlar  chizish  imkoniyati  beriladi. 
Ma‘lum vaqt va tezlikda bajarilish sur‘ati, rasmlarning o`ziga xos va betakrorligiga 
qarab shaxs fikrlashi jarayonining naqadar nostandart, ijodiy va kreativligiga baho 
beriladi, miqdoriy ko`rsatkich aniqlanadi. Bu metodlarning umumiy afzalligi ularni 
turli yosh, jins va kasb egalariga nisbatan qo`llashning qulayligi, bir guruhda natija 
bermasa,  boshqa  guruhda  yana  qayta  tekshiruv  o`tkazish  imkoniyatining  borligi, 
kamchiligi  -  ba‘zan  tekshiriluvchi,  agar  testning  mohiyatini  yoki  kalitini  bilib 
qolsa,  sun‘iy  tarzda  uning  kechishiga  ta‘sir  ko`rsatishi,  faktlarni  falsifikatsiya 
qilishi mumkinligidir. 
Testlar ichida 
proektiv testlar
 deb nomlanuvchi testlar ham borki, testning 
asl  maqsadi  tekshiriluvchiga  sir  bo`ladi,  ya‘ni  shunday  topshiriq  beriladiki, 
tekshiriluvchi  topshiriqni  bajarayotib,  nimani  aniqlashi  mumkinligini  bilmaydi. 
Masalan,  mashxur  Rorshaxning  «siyox  dog`lari»  testi,  yoki  TAT  (tematik 
appersepsion  test),  tugallanmagan  xikoyalar  kabi  testlarda  bir  narsaning 
proeksiyasidan  go`yoki  ikkinchi  bir  narsaning  moxiyati  aniqlanadi.  Usha  1921 
yilda  kashf  etilgan  «siyox  dog`lari»  va  ularga  qarab  tekshiriluvchining  nimalarni 
eslayotganligi, dog`lar nimalarga o`xshayotganligiga qarab, uning shaxs sifatidagi 
yo`nalishlari,  xayotiy  tamoyillari,  qadriyatlariga  munosabati,  ishni  bajarish 
paytidagi  emotsional  xolatlari  aniqlanadi.  Bu  testlar  juda  noyob,  qimmatli,  lekin 
uni  faqat  kasbiy  faoliyat  psixologiyasida  qo`llash  va  natijalarni  moxirona  taxlil 
qilish talab qilinadi. 
1905  yildan,  ya‘ni  fransuz  psixologi  A.  Bine  va  uning  shogirdi  A.  Simon 
insonning aqliy o‘sish va iste‘dod darajalarini o‘lchash imkoniyati borligi g‘oyasini 
olg‘a  so`rganidan  keyin  kasbiy  faoliyat  psixologiyasida  test  metodi  qo‘llana 


32 
 
boshlandi. 
Chet  el  psixologlari  testlarni  shaxsning iste‘dod darajasini  aniqlash  vositasi 
deb  biladilar.  Biroq  test  tekshirilayotgan  hodisalarning  psixologik  mezoni 
hisoblanmaydi.  Ma‘lumki,  bir  muammoning  yechimini  izlash  turli  psixologik 
vositalar  bilan  amalga  oshiriladi.  Chet  el  testologlari  tadqiqot  ob‘ektlarini 
o‘zgartirib  turadilar  va  qobiliyat,  tafakkur,  bilim,  ko‘nikma  hamda  malakalarni 
aralash  holda  o‘rganishga  intiladilar.  Sinash  jarayonida  sinaluvchilarning 
emotsional  holati  va  salomatligiga  bog‘liq  ruhiy  kechinmalarni  inobatga 
olmaydilar.  Psixologlar  K.  M.  Gurevich,  V.  A.  Krutetskiy  va  boshqalar 
qo‘llaydigan  testlar  tubdan  boshqacha  prinsip  asosida  tuzilgan.  Ular  testlarning 
tafakkur  ko‘rsatkichi  (indiqatori)  bo‘lishi  uchun  harakat  qildilar  va  muayyan 
yutuqlarga  erishdilar.  Shuningdek,  tafakkur  jarayonining  sifat  xususiyatlarini 
bilmay  turib,  qobiliyatning  mohiyatini  yoritib  bo‘lmaydi,  degan  qoidaga  amal 
qilgan holda testlardan foydalanmoqdalar. 
Hozirgi  davrda  nodir  testlar  qatoriga  psixologlardan  Rorshax,  Rozensveyg, 
Kettel,  Vartegg,  Veksler,  Meyli,  Ayzenk, Anastazi,  Raven  va  boshqalar  ijodining 
namunalarini kiritish mumkin. Eng keng tarqalgan testlar qatoriga yutuqqa erishish 
(maqsadga yetish) testlari (ular darsliklarda berilgan va bilim,  malaka darajalarini 
baholashga  qaratilgan),  intellekt  testlari  (aqliy  rivojlanish  darajasini  o‘lchashga 
mo‘ljallangan), shaxs  testlari (inson irodasi,  emosiyasi,  qiziqishi,  motivasiyasi  va 
xulqini baholashga yo‘naltirilgan diagnostik usullardan iboratdir), shaxs «loyihasi» 
(proekti) testlari (savollarga bitta aniq javob berish talab qilinadi, javoblarni tahlil 
qilib shaxs. xususiyatining «loyihasi» ishlab chiqiladi) kiradi. 

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish