TO‘RTINCHI BO‘LIM. ESTETIKA: NAFOSAT FALSAFASI
16-mavzu. Estetikaning predmeti, maqsadi va vazifalari
«Estetika» fanining falsafiy mohiyati va u haqidagi qarashlar.
Estetika eng qadimgi falsafiy fanlardan bin bo‘lib hisoblanadi. Le-
kin faqat XVIII asr o‘rtalariga kelib «Estetika» (yunon. aisthetikos
— his qilinadigan) atamasini dastlab Germaniyadagi Volf makta-
bining faylasufi Aleksandr Gotlib Baumgarten (1714—1762-yillar)
1735-yilda yozgan «Poetik asarga doir ba’zi masalalar xususida
falsafiy mulohazalar» nomli asarida ilmiy muomalaga kiritdi va
uning san’atda yorqin namoyon bo‘lishini ko‘rsatib berdi.
Dastlab estetika «San’at falsafasi» va «go‘zallik falsafasi» si-
fatida talqin etilgan. Chunki, san’at estetikaning obyekti bo'lib,
unda estetik xususiyatlar bo‘rtib ko‘zga tashlanadi. Estetika ba-
diiy asarning yaratilish arafasidagi shart-sharoitlardan tortib, to
u bunyodga kelib, asl egasi - idrok etuvchiga yetib borgunigacha
bo‘lgan va undan keyingi jarayonlarni tadqiq etadi hamda ular-
dan nazariy xulosalar chiqaradi. Lekin, san’at bu fanning yagona
tadqiqot obyekti emas. Hozirgi paytda estetika dizayn, atrof-
m uhitni go‘zallashtirish, tabiatdagi nafosat borasidagi muammo
lar bilan ham estetika shug‘ullanadi.
Estetikaning «Go‘zallik falsafasi» sifatida talqin etilishining
m a’nosi shundaki, u faqat san’atdagi go‘zallikni emas, balki in-
sondagi, jamiyat va tabiatdagi go‘zallikni ham o‘rganadi. Chun
ki, estetikaning asosiy tadqiqot obyekti - go‘zallik, biroq, san’at
ham o‘z navbatida estetikaning go‘zallik kabi keng qamrovli tad
qiqot obyekti hisoblanadi. Estetika fani vujudga kelgan dastlabki
davrda estetik tafakkur tarixi, estetikaning nazariy-metodologik
muammolari, san’at, estetik tarbiya kabi masalalarini o‘z ichiga
qamrab olgan bo‘lsa, bugungi kunda uning tadqiqot obyekti ken-
gayib bormoqda. Xususan, ekoestetika, ishlab chiqarish esteti-
kasi, maishiy turmush estetikasi, dizayn, zamonaviy shaharsozlik
estetikasi, tabiat estetikasi va hokazo.
Estetika — falsafiy fan sifatida barcha san’atshunoslik fanlari
erishgan yutuqlardan umumiy xulosalar chiqarib, shu xulosalar
321
asosida insonni go‘zallik orqali haqiqatga yetishtirishga xizmat
qiladi. Bundan tashqari, estetika ishlab chiqqan qonun-qoidalar
barcha san’atshunoslik fanlari uchun umumiylik xususiyatiga ega.
Har bir fanning inson va jamiyat hayotida o‘ziga xos amaliy aha-
miyati bor: estetika ham bundan mustasno emas. Avvalo, u kunda-
lik hayotimizda nafosat tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish borasida
katta ahamiyatga ega. Erkin, demokratik jamiyatimizning har bir
a’zosi go‘zallikni chuqur his etadigan, uni asraydigan nafis did
egalari bolishlari lozim. Haqiqiy badiiy asar bilan saviyasi past
asarni farqlay bilishlari, «ommaviychilik san’ati»ni rad qila olish-
lari lozim. Ana shu nuqtayi nazardan qaraganda, estetika jami-
yatning barcha a’zolari uchun muhim ahamiyatga ega.
Estetikaning falsafiy mohiyatini uning san’at asariga yon-
dashuvida ko‘rish mumkin. Ma’lumki, har bir san’atshunoslik
ilmi o‘z tadqiqot obyektiga uch tomonlama — nazariy, tarixiy,
tanqidiy jihatdan yondashadi. Masalan, adabiyotshunoslikni
olaylik. Adabiyot nazariyasi faqat adabiyotgagina xos bo‘lgan
badiiy qonuniyatlarni, badiiy qiyofa yaratish usuli va vositala-
rini o‘rganadi. Adabiyot tarixi muayyan tarixiy-badiiy jarayon-
lar orqali badiiy adabiyotning rivojlanish qonuniyatlarini ochib
beradi. Adabiy tanqid esa adabiy-badiiy ijodning zamonaviy ja-
rayonlarini tadqiq etadi va har bir yangi asarni baholaydi, asar
ijodkorining ijodiy rivojlanishini kuzatib boradi. Musiqada ham,
tasviriy san’atda ham va boshqa san’at turlarida ham shunday.
Estetikada esa tadqiqot obyektiga yondashuv uch emas, birgina
nazariy jihatdan amalga oshiriladi: tarix ham, tanqid ham na-
zariyaga bo‘ysundiriladi.
Estetika fan sifatida ilmiy, ma’rifiy, badiiy taraqqiyotning o‘ziga
xos muammolari doirasida bahs yuritadi, tahlil qiladi, o‘rganadi
va o‘rgatadi. Estetikaning eng asosiy funksiyalaridan biri dunyo-
qarashni shakllantirish bo‘lib, ushbu funksiya badiiy ijod bilan
shug‘ullanuvchilar va ijodiy faoliyat uchun juda zarur. Ayniqsa,
ranglar jilosini his qilish, musiqa sehrini anglash, asardan xulosa
chiqarish aynan ushbu funksiyaning ta’sirida ro‘y beradi. Zero,
dunyoqarash ijodkorni boshqaradi, ijod jarayoni rivojiga ko‘mak
beradi. Estetikaning bilish funksiyasi esa san’at asarini bilish va
322
baholash faoliyati natijalarini, semantik va pragmatik axborotni
yetkazib berish, haqiqiy badiiy asar bilan saviyasi past asarni farq-
lay bilishlari, «ommaviychilik san’ati»ni rad qila olishda muhim
ahamiyatga ega.
Yangi ko‘rinishdagi iqtisodiyotning estetik asoslariga, tad-
birkorlik faoliyatiga estetik tus berishga, bunyodkorlikni nam o-
yon etishga imkon beradigan funksiya bu yaratuvchanlikdir.
Ayniqsa, go‘zal qadriyatlarni dunyoga tanitish, xalqning boy
va betakror estetik dunyosini aks ettiradigan personajlarni
yaratish orqali insonni m a’naviy jihatdan yuksaltirishga xiz-
mat qiladi. Estetikaning eng m uhim funksiyalaridan yana biri,
metodologik funksiya bo‘lib, ushbu funksiya badiiy asarda aks
ettirilgan voqea-hodisaning mohiyatini o‘quvchiga to ‘laqonli
yetkazish im konini beradi, asarni bilish va uni xuddi hayot-
dagidek idrok qilinishini osonlashtiradi. Bundan tashqari, bu
funksiya estetik masofani taqozo etadi: masofa tufayli badiiy
reallik idrok etiladi.
Estetika fani o‘z maqsadi va vazifalarini uyg‘unlik, yaxlitlik,
ifodalilik va maqsadga muvofiqlik tamoyillari orqali amalga oshi-
radi. Ushbu tamoyillar orasida estetik munosabatlarda ko‘proq
ko‘zga tashlanadigan uyg‘unlik va maqsadga muvofiqlikning mo-
hiyati haqida quyidagi fikrlarni aytish mumkin.
Odatda, fanga tegishli qonunlar hodisalarning hamma xu-
susiyatlarini emas, balki hodisalardagi umumiylikni aks ettiradi
va undagi mustahkam barqarorlikni ifodalaydi. Biroq, hodisa-
lar ayni bir vaqtda bir-biriga o‘xshaydi va bir-biridan farq qiladi.
Xususan, voqelikni estetik o‘zlashtirishning oliy shakli bo‘lgan
san’atga umumiy va xususiy qonunlar tegishli bo‘lib, ularga ba
diiy ijod jarayoni ham, san’atning ijtimoiy olami ham taa’luqlidir.
Ular san’atning antropologik, genetik va gnoseologik mazmunini
ochib berishga xizmat qiladi. Shunga asosan «Estetik faoliyat qo-
nuni», «Badiiy ijod qonuni», «Badiiy jarayon qonuni», «Badiiy
idrok qonuni», «Estetik idrok qonuni» kabi qonuniyatlar tizimi
shakllangan.
Ushbu qonunlar olamni estetik o‘zlashtirish jarayonining m o
hiyatini izohlaydi va quyidagi natijalarga olib keladi:
323
1) voqelikning estetik xususiyatlari inson tomonidan olam
hodisalarini tasavvur qilish, anglash hamda tajribaga tayan-
gan holda insoniyat oldiga qadriyatlarni o‘rganishni vazifa qilib
qo‘yadi;
2) estetik faoliyat predmetlar olami va insoniy idealni botiniy
tuyg‘ular asosida o‘zlashtirish natijasida yuzaga keladi, u umum-
insoniy qadriyatlarga oqilona munosabatni shakllantiradi hamda
erkin ijodkorlik muhitini yaratishga ko‘mak beradi.
Estetika fanida ko‘p amal qiladigan qonunlardan yana biri
«Badiiy ijod qonuni» hisoblanadi. Badiiy ijod jarayoni boshqa
barcha aqliy m ehnat turlaridan katta farq qiladigan m ehnat
turi bo‘lib, unda m ehnat qandaydir sirli ruh bilan amalga
oshadi, deydi. Chunonchi, badiiy ijod jarayonining ibtidosi
san’atkorning muayyan g‘oyani yoki g‘oyalar tizim ini badi-
iyat orqali boshqalarga yetkazish istagi bilan bog‘liq bo‘lib, bu
g‘oyaviy niyatda aks etadi. G ‘oyaviy niyat ko‘zga ilg'amaydigan
darajada nozik va ko‘z ilg‘amaydigan darajada miqyoslikka ega.
Chunki g‘oyaviy niyat o‘z nomi bilan g‘oyaga taalluqli, u ijod-
korning dunyoqarashining mevasi, butun asarning poydevori.
U badiiy asarning mavzui, shakli, mazmuni, «tili», badiiy
vositalari qanday bo‘lishi kerakligini belgilab berish uchun ular
bilan «kurash olib boradi». Ba’zan ularni o‘ziga bo‘ysundiradi,
ba’zan esa ularga biroz yon berib, m a’lum nuqtalarda o'zgaradi,
«sharoitga moslashadi». G ‘oyaviy niyatni shu bois hech qachon
to ‘liq amalga oshgan estetik hodisa sifatida tasavvur qilish
m um kin emas.
Yuqoridagi fikrlarga asoslangan holda «Badiiy ijod qonuni»ning
asosiy kamponenti hisoblangan «ijod»ni inson taraqqiyoti uchun
ahamiyatini quyidagicha izohlash mumkin. Ya’ni ijod: a) muay
yan badiiy uslub yordamida shaxs va jamiyatning madaniyati-
ni yuksaltiradi; b) obrazli tafakkur yordamida badiiy olamning
asl va betakror mohiyatini anglash im konini beradi; d) olam
go‘zalligidan zavqlanish, iztiroblardan forig4 bo‘lish va yara-
tuvchanlikka rag‘batni paydo qiladi.
Estetikaning qonuniyatlari narsa-hodisalar va voqelikdagi ja-
rayonlarning estetik mazmunini turli rakursda o‘rgansa-da, este-
324
tika uchun umumiy bo‘lgan metaqonun — «Insonning voqelikka
estetik munosabati qonuni»ga amal qiladi. Bu qonun yordamida
estetika ocz tadqiqot obyektining predmetini konkretlashtiradi,
funksiyalarini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |