yaxshi ma’lumki, gapning har bir bo‘lagiga nisbatan va umuman
gapning o‘ziga nisbatan savol berish mumkin. Masalan, «Professor
Azlarov 314-auditoriyada fizikadan 3-kurs talabalariga ma’ruza
o‘qiydi». Ushbu gap bo‘yicha 9ta savol tuzish mumkin. Mantiq-
da savollarning tasnifi lingvistik tasnifdan farq qiladi. Savollarni
chin yoki yolg‘on deb tasniflash mumkin emas. Buning uchun
ko'proq o‘rinli-o‘rinsiz, ma’noli-ma’nosiz, to‘g‘ri-noto‘g‘ri, toliq-
toliqsiz kabi tasniflardan foydalaniladi.
Mantiqda savollar har xil asoslarga ko‘ra bir qancha turlarga
bolinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: