Nazariya ma’lum bir predmet sohasiga oid tu
shunchalar, qonunlar, gipotezalar, g‘oyalarni sistemaga solib, u
haqida yaxlit tasawur hosil qiladigan, yangi fundamental umum
lashmalar yaratishga olib keladigan, shu sohadagi hodisalarni tu-
shuntirish, oldindan ko‘rish imkonini beradigan ishonchli bilimdan
iborat.
Har bir nazariya o‘z tushunchalari va ta’riflash qoidalariga
ega. Bunga misol qilib kimyo fanidagi atom, molekula, ishqor
kislota kabi tushunchalarni olishimiz mumkin. Xuddi Shuning
dek, har qanday nazariya xulosalar tarzidagi o‘z natijalariga ega.
Demak, ilmiy nazariyaning tarkibida uning har bir elementi o‘z
o‘rniga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |