V- Bob. Qurilmaning dasturiy tahminotini loyixalash.
Qurilmaning dasturiy tahminotini loyixalash uchun avval dasturiy tahminot
bajarishi lozim bo’lgan ishlar ketma – ketligini batafsil yozib chiqamiz va ana shu
yozuv asosida dasturiy tahminoti algoritmining blok sxemasini chizamiz, so’ngra
tayyorlangan blok sxema asosida assembler tilida dasturiy tahminotni loyixalaymiz.
5.1.Qurilma dasturiy taminoti algoritmining blok sxemasi
Qurilmaning dasturiy taminoti asosiy funktsiyasi xarorat o’lchash va o’lchangan
xaroratni indikatorga chiqarib berishdan iborat. Demak, dastur tsiklik ravishda
xarorat o’lchovchi DS18B20 rusumli mikrokontrollerini ishga tushirib, u o’lchab
bergan xarorat haqidagi raqamli axborotni o’qib olish va 7 segmentli 4 pozitsiyali
indikatorga o’nlik tizimdagi raqam shaklida dinamik rejimda, yahni, avval birinchi
pozitsiya axborotini, so’ngra ikkinchi pozitsiya axborotini, keyin uchinchi va
to’rtinchi pozitsiyalar axborotini ketma – ket chiqarib berishdan iborat. 5.1 – rasmda
ana shu boshqarish algoritmning bir qismining blok sxemasi keltirilgan:
ISIS dasturiy majmuasida turli mikrokontrollerlar uchun “ASSEMBLER” tilida
tayyorlangan dasturni tarjima qilib beruvchi translyatorlar mavjud. Ushbu
traslyatorlar yordamida dastlabki dastur faylidan mikrokontroller uchun ishchi
dasturni tayyorlab olamiz. Buning uchun ISIS ishchi oynasida Sourse menyusi
tarkibidagi Add/Remove Sourse files menyusi bilan loyixadagi mikrokontrollerga
yuklanishi lozim bo’lgan dastur faylini va kerakli mikrokontrollerni xamda
translyatorni tanlash lozim. SHundan so’ng translyatsiya qilinsa va dasturda hech
qanday xato bo’lmasa, translyatsiya natijasida hosil bo’lgan (*.hex) fayl loyixadagi
yuklanadi.
Dastlabki
dastur
matnini
tayyorlashda
tanlangan
‘IC16F873A
mikrokontrollerining komandalar tizimidan hamda ushbu loyixada ishlatilgan
DS18B20 mikrokontrolleri komandalaridan foydalanamiz.
5.2.Qurilmaning montaj platasini loyixalash.
Qurilmaning montaj platasini loyixalash uchun ‘roteus dasturiy majmuasining
Ares dasturidan foydalanamiz. Montaj platasini loyixalashda DS18B20 xarorat
56
o’lchovchi qurilmani, indikatorlarni, akkumulyatorni hamda tarmoqni ulash uchun
konnektorlar tanlab olamiz.
Agar ISIS dasturi bibliotekasida biz tanlagan elektron komponentlarning korpusi
yahni geometrik modeli mavjud bo’lsa ARES dasturiga ISIS dasturida tayyorlangan
printsipial sxema bo’yicha elektron komponentlarning ulanish ro’yxati uzatiladi va
ARES dasturi bu ro’yxatdan foydalanib, avtomatik yoki avtomatlashtirilgan rejimda
elektron komponentlarni tanlangan o’lchamli plataga joylashtirib beradi. Elementlar
joylashuvini 3 o’lchamli animatsion tasvir orqali ko’rish va kerak bo’lsa elementlar
joylashuviga o’zgartirishlar kiritilishi mumkin. Bu jarayonni ketma ket bajarib,
montaj platasida elektron komponentlarning optimal joylashuviga erishish mumkin.
SHundan so’ng, elekton komponentlarni tutashtiruvchi elektr o’tkazgichlarini
loyixalashga kirishiladi. Bu jarayon ham avtomatik itteratsion rejimda bajarilishi va
qo’lda chizish rejimida kerakli o’zgartirishlarni kiritish mumkin.
Loyixa tayyor bo’lgach, ARES dasturi CADCAM tizimi dastgoxlari uchun
loyihalangan montaj platasi fayllarini tayyorlab beradi. Buning uchun Gerber
Generation menyusini bosish kifoya.Quyidagi 5.2-rasmda loyihalanayotgan
qurilmaning ARES dastuida tayyorlangan montaj sxemasi keltirilgan.
57
5.2-Rasm.Loyixalangan DS18B20 mikroprottsessorli termostat qurilmasining montaj platasi sxemasi.
58
5.3-Rasm Loyixalangan DS18B20 mikroprottsessorli termostat qurilmasining platasini 3 o’lchamli tashqi ko’rinishi.
59
VI-Bob. Qurilmadan foydalanish uchun ko’rsatma.
Loyixalangan qurilma to’liq avtomatik rejimda ishlaydi. Uni ishga tushirib
yuborish uchun faqat tahminot manbayini ulash kifoya. Tahminot manbayida
akkumlyatorning mavjudligi energiya taminotidagi o’rtacha 3 – 4 soatlik uzilishlar
qurilmaning ish rejimiga tahsir etmaydi.
60
VII-bob. HFX va ekologiya bo’limi
Ish sharoiti nuqtai nazaridan loyihalanayotgan qurilmaning yoki texnologik
jarayonning tavsifi. Loyihalashtirilgan obhekt bu pribor (nomini berish kerak.)
Priborni loyihalashtirish vaqtida o’z ichiga quyidagi texnologik operatsiyalarni
oladi:
Platani razmetka qilish; Platani kesib chiqarish; Platani rasm (sxema) berish; Uni
kernlash; Parmalash; Lak bilan surtish; Travlenie qilish; Lakdan tozalash;
Mikroelementlarni payvandlash (payka); Platani yig’ishtirish va mantash qilish;
Korpusga ularni teshiklariga joylashtirish; Terilgan uskunani kurpus ichiga
joylashtirish va uni sozlash; Tayyor bulgan priborni sozlash va tajribadan utkazish;
7.1. Loyixalanayotgan obektning ekspluatatsiya qilishda ish sharoitining
taxlili xamda xavfli va zararli omillarini tavsifi.
Yuqoridagi operatsiyalarni bajarish vaqtida fakat ikkita uchtasi xavfli va zararli
faktorlar paydo bo’ladi. Masalan: parmalash vaqtida strujka chiqib ketib jaroxat
yetkazishi mumkin. Payka vaqtida kaniforlar bug’i ajralib chiqadi, travleniy qilish
vaktida kislotani bug’i ajralib chiqadi, bu faktorlar zararli va insonni nafas yo’llariga
tahsir qilishi mumkin. Xamma stanoklar elektr tokida ishlaydi shuning uchun
insonni elektro shkastlanishiga olib kelishi mumkin. Stanoklar ishlagan vaqtida
shovkin va titrash xosil bo’lishi mumkin. Yoritilish xam katta axamiyatga ega, Agar
u yetarlicha bo’lmasa, ishchilarni ko’zi charchab jaroxat olish mumkin.
Binoda ajralib chiqadigan issiqlik, chang, bug’lar insonga tahsir qilio’i mumkin,
bular noqulay sanitar gigiena omillariga kiradi, chunki ular uzok muddatga tahsir
qilib insonni kasallikka olib keladi.
7.2.Ish zonasi xavosi.
Yuqorida aytganimizdek ishlab chikarish xonalarida xavo muxiti kimyoviy
tarkibi va metereologik sharoitlari bilan xarakterlanadi.
SHuning uchun ishlab chikarish jarayonida yil fasllariga qarab (kish, baxor,
yoz, kuz) metereologik sharoit parametrlari (xarorat, xavo xarakati tezligi
atmosfera bosimi) quyidagicha olinadi:
61
SHuning uchun ishlab chiqarish xonalarida «sanoat korxonalarini loyixalash
sanitariya meyori» (SanPiN -93)ga asosan bajarilayotgan ishning turi va yilning
fasllarini xisobga olganmiz yilning sovuq va uzgaruvchan davrlari uchun ishlab
chiqarish binolaridagi mo’htadil xavo xarorati 16-22 S
o
nisbiy namligi 60-30 %
xavo oqimi tezligi 0,2-0,3 M/S deb kabul kilingan ruxsat etilgan xavo harorati esa
18-20 S
o
nisbiy namligi 75% xavo oqimi tezligi 0,3-0,5 M/S tahminlanishi kerak.
Issik davr uchun maqbul xavo xarorati 60-30% xavo oqimi tezligi 0,3-0,7 M/S
belgilangan, ruxsat etilgan xavo xarorati 33S
o
gacha nisbiy namlik 75% xavo oqimi
tezligi 0,3-0,1 M/S tahminlanishi kerak.
Binoda ajralib chiqadigan issiqlik, chang, bug’lar insonga tahsir qilishi
mumkin bular noqulay sanitar gigiena omillariga kiradi, chunki ular uzok
muddatda tahsir kilib insonni kasallikga olib keladi.
Ularni insonga tasirini kamaytirish uchun texnologik jarayonda ishlab turgan
uskunalar xammasi germetiklashtiriladi, texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalash
va avtomatlashtiriladi va zararli moddalar xosil bo’lishni yo’qotish yoki
minimumgacha kamaytirish uchun suhniy va tabiiy shamollashtirish sistemalari
joriy etilgan.
7.3.Ishlab chiqarishda yoritilganlik.
Loyixalashtirilgan obhektda yoritish sistemasi quyidagicha tanlangan. Yahni
tabiy, suniy va aralash yoritishlar joriy kilingan.
Bu obektda TYoK = 1-3% teng bulishi kerak normal yoritinish Ye= 300lkga
teng shuning uchun biz tabiy yorilish sistemasini yon tomondan , yoni oynadan
bo’ladigani tanladik va suniy yoritilishni lyumenistentlik lampalari orqali amalga
oshirdik ular xonada oltita bo’lishi kerak ekan va rasmda keltirilgan
yoritgichda joylashadi
Obhektda ishni aniqligi anik ishiga kiradi va qurish sharoiti razryadi obekt
ulchamlari bo’yicha uni ramerdari 1-3 milimetr teng bo’ladi bundan tashqari
yoritilganlik darajasi yahni obekt va fon kantraktligi aniqlandi.
62
7.1.-rasm. LDO turdagi yoritgich sxemasi.
7.4.Ishlab chiqarishda shomollatish.
Biz xonada ajralib chikadigan zararli modalar (chang, gazlar, buglar)
kontsentratsiyasi va ajralib chiqadigan issiklik jamini hisoblaymiz va unga asoslanib
shamolatish sistemasini tanlaymiz
L=W / (d2 – d 1) 1,2
Bizning sharoitimizda u aralash yani tabiiy va suhniy Diflektorlar va vintelyatsiya
yo’llari orqali tabiiy, suniy shomollashtirish ventilyator va vuzduxavodlar orqali
amalga oshiriladi
7.2. Rasm Xavoni beradigan va xavoni tortadigan almashtirish sistemasi
1- diflektor; 2,5 –filtr, yoki sovutadidan muzlatkich yoki kalorifer; 3- vintelyatir; 4-
xavo yuradigan trubalar;
7.5.Ishlab chiqarish shovkinini va tebratish (vibrattsiya)
SHovqin va tebratishni manbaalar loyixalashtirilgan obektda bu stanoklar va
xar xil uskunalar. Ularni tahsirini kamaytirish uchun tovuo’ va tebranishni
63
izalyatsiya usullari qo’llangan. Masalan: ularni tagiga fundamentlar va
amartizatorlar o’rnatilgan.
SHovkin tarqalish yo’lida esa kujuxlar kuyilgan.
Bu usullarni to’ldirish uchun shaxsiy ximoya vositalari xam ko’zda tutilgan
yahni zaglushkalar joriy qilingan. Bu 5 db shovkinni kamaytiradi.
7.6.Xarakatdagi va aylanayotgan mashina va mexanizmlardan, balandlikdan
tushib ketishda mexanik zararlanish (shikastlanish) Xavfi.
Xamma elektor qurilmalari kuchlanishda ishlaydi shuning uchun elektor
tokidan shikastlanish xafi bor.
Elektor toki darajali xavfi buyicha ishchi xonalari «yuqori xavfli» 2-sinf
xonalariga kiradi.
SHuning uchun odamlarni ximoya qilish uchun obektda yerga ulash va nolga
ulash sistemalari qabul qilingan.
7.6.Yongin xavfsizligi
Yong’in va portlash bo’yicha ishlab chiqarish toifasini aniqlash:
Sexlar (xonalar) yongin va portlash xavfi darajasi buyicha sinflash.
Loyixalashtirilgan obhekt yonish va portlash buyicha D kategoriyasiga kiradi.
Qurilish va binolarning yong’inga chidamlilik darajasi Binolarni yong’inga
chidamlilik bo’yicha ular ikki sinfga – uchta chidamliligiga kiradi. Elektor
qurilmalarida yong’in sabablari va ularni oldini olish choralari. Elektor qurilmalari
har xil qisqa tutatish va ishdan chiqqan vaktida yongin uchrashi mumkin shuning
uchun oldini olish choralariga vaqtida PPR kilish xizmat vaqtida uni ishini nazorat
qilish kerak. Bu ishlarni xammasini elektriklar qiladi asosan apparat xizmatchilari.
Elektor qurilmalarini o’chirish uchun OU-5 o’chirgich ishlatiladi. uning rangli
tasviri quydagi rasmda keltirilgan.
64
VIII-BOB. DS18B20 mikroprotsessorli termostat qurilmasini ishlab
chiqarishga xorijiy investitsiyalarni jalb qilinishining axamiyati
Infratuzilmani rivojlantirish bo’yicha qabul qilingan dasturlarda yaqin
istiqbolda yangi energetika quvvatlarini, elektr energiyasini uzatish tarmoqlarini
barpo etish va mavjudlarini rekonstruktsiya qilish bo’yicha 26 tadan ortiq
investitsiya loyihasini amalga oshirish ko’zda tutilgan.
Bular, avvalambor, Tallimarjon issiqlik elektr stantsiyasida umumiy quvvati
900 megavolg’t bo’lgan ikkita bug’-gaz qurilmasini, Toshkent issiqlik elektr
stantsiyasida quvvati 370 megavolg’tni tashkil etadigan bug’-gaz qurilmasini,
Angren issiqlik elektr stantsiyasida quvvati 140-150 megavolg’tdan iborat
energoblokni, Farg’ona vodiysida yangi energetika quvvatlarini barpo etish,
Sirdaryo va Yangi Angren issiqlik elektr stantsiyalarini bir-biri bilan bog’laydigan
yuqori volg’tli elektr uzatish tarmog’ini qurish, Ustyurt gaz-kimyo majmuasining
tashqi energiya tahminotini tashkil etish kabi muhim strategik loyihalardir.
Mazkur
obhektlar
qurilishining
yakunlanishi
va
ishga
tushirilishi
mamlakatimiz butun energiya tizimini, avvalambor, texnik jihatdan tubdan qayta
jihozlash, o’z energiya resurslarimiz hisobidan mamlakatimizning barcha
hududlarini ishonchli tahminlash imkonini beradi. SHu bilan birga, mazkur tizim
faoliyati samaradorligini oshirish, elektr energiyasi ishlab chiqarish va uzatish
jarayonida sarf-xarajatlar va texnik yo’qotishlarni sezilarli darajada qisqartirish,
energetika resurslari tarkibini optimallashtirishga xizmat qiladi.
“O’zbekenergo”
davlat-aktsiyadorlik
kompaniyasi
bug’-gaz
elektr
stantsiyalarini qurish, muqobil energiya manbalaridan foydalanish, elektr energiyasi
istehmoli hisobini yuritish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy
etish, elektr energiyasi ishlab chiqarish va uni transportirovka qilishda texnologik
yo’qotishlarni qisqartirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish bo’yicha
qo’shimcha choralarni ko’rishi darkor.
Axborot-kommunikatsiya va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi
chora-tadbirlar va loyihalarni jadal amalga oshirish tobora muhim ahamiyat kasb
etmoqda. Biz o’zimizga shuni aniq tasavvur etishimiz kerakki, iqtisodiyotning
65
barcha sohalariga, kundalik hayotimizga zamonaviy axborot-kommunikatsiya
tizimlarini keng joriy etish bo’yicha tub va ijobiy mahnodagi portlash effektini
beradigan o’zgarishlarni amalga oshirmasdan turib, istiqboldagi maqsadlarimizga
erishish qiyin bo’ladi. Biz qisqa vaqt mobaynida nafaqat axborot xizmatlari
ko’rsatishning ko’plab turlari bo’yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etishimiz,
balki axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish borasida yuksak
darajaga erishgan ilg’or mamlakatlar safiga qo’shilishimiz zarur.
Joriy yilning o’zida Jizzax, Toshkent, Farg’ona va Xorazm viloyatlarida
beshta raqamli televizion uzatgich o’rnatish yo’li bilan raqamli televidenieni
rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish va mamlakatimiz aholisini raqamli
televidenie bilan qamrab olish darajasini 42 foizdan 45 foizga yetkazishni
tahminlash lozim.
Faol investitsiya siyosati mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilash
bo’yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning eng muhim sharti va manbai
bo’lmog’i kerak. O’zbekistonda so’nggi besh yil mobaynida investitsiyalarning
yillik o’sish surhati 9 foizdan ziyodni tashkil etmoqda va bu dunyodagi yuqori,
barqaror ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. Jahon miqyosida global moliyaviy-
iqtisodiy inqiroz davom etayotganini inobatga oladigan bo’lsak, bugungi murakkab
sharoitda biz erishgan bu natijaning ahamiyati va mohiyati yanada yaqqol ayon
bo’ladi.
Keyingi 10 yilda mamlakatimiz iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalar hajmi 3,2
barobar oshgan bo’lsa, shu davrda to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar hajmi 20
barobardan ziyod o’sgani ehtiborga sazovordir.
Strategik xorijiy investorlarni jalb etish maqsadida mamlakatimizda
investorlarning o’zi uchun ham, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar
uchun ham noyob kafolatlar tizimi yaratildi.
Avvalo, davlat tomonidan xorijiy investorlarning barcha huquqlari
tahminlanmoqda, ularning sarmoyalari, mamlakatimiz hududida ular tomonidan
yaratilgan mulkning daxlsizligi kafolatlanmoqda, yaratilayotgan imtiyoz va
66
preferentsiyalarni kengaytirish va liberallashtirish bo’yicha olib borilayotgan ishlar
izchil davom ettirilmoqda.
“CHet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish
choralari to’g’risida”gi qonunga ko’ra, qonunchilik normalarining o’zgartirilishi
investitsiyalash shart-sharoitlarini yomonlashtirishga olib kelgan taqdirda chet ellik
investorlarga nisbatan o’n yil mobaynida investitsiya kiritilgan sanada amal qilgan
qonunchilik qo’llanadi.
Yana bir qulaylik tomoni shundaki, davlat boshqaruv organlari yoki davlat
hokimiyati mahalliy organlari tomonidan chet ellik investorlarning huquqlarini
kamsitadigan normativ hujjatlar qabul qilingan, shuningdek, chet ellik
investorlarning xo’jalik faoliyatiga g’ayriqonuniy aralashishga yo’l qo’yilgan
taqdirda, bularning oqibatida yetkazilgan zarar sud orqali mazkur organlar
tomonidan qoplanadi.
Mamlakatimizda chet ellik investorning O’zbekistonda olgan daromadlarini
qaytadan investitsiya sifatida kiritish bo’yicha hech qanday cheklovlar yo’q – chet
ellik investorning daromadi, uning xohishiga ko’ra, har qanday shaklda ishlatilishi
mumkin.
Mazkur qonunga muvofiq, yurtimizda chet el investitsiyalari va xorijiy
investorlarning boshqa aktivlari xalqaro huquqda qabul qilingan umumiy holatlarni
(masalan,
tabiiy
ofatlar,
falokatlar
va
boshqalarni)
mustasno
etganda,
natsionalizatsiya qilinmasligiga yana bir bor ehtibor qaratish o’rinlidir.
O’zbekistonda 2012 yilda mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini
yanada yaxshilashga yo’naltirilgan bir qator qo’shimcha muhim qonun hujjatlari va
huquqiy normalar qabul qilindi. Biz mamlakatimizda xorijiy investorlar uchun
muhim ahamiyat kasb etadigan investitsiya loyihalarini amalga oshirish yo’lida
zarur bo’lgan barcha ishlab chiqarish infratuzilmalarini davlat mablag’lari hisobidan
tahminlash printsipini nafaqat qabul qildik, balki uni amalda joriy etmoqdamiz.
Biz qiymati 50 million dollardan oshadigan va xorijiy investorning ulushi
kamida 50 foiz bo’lgan aniq loyihalarning o’z muddatida amalga oshirilishini
tahminlaydigan infratuzilmani loyiha hujjatlari asosida o’z vaqtida qurish
67
majburiyatini zimmamizga olamiz. Surg’il koni negizida Ustyurt gaz-kimyo
majmuasini qurish bo’yicha amalga oshirilayotgan loyiha buning yaqqol dalilidir.
Bu yerda umumiy qiymati 212 million dollarni tashkil etadigan tashqi muhandislik
infratuzilmasini barpo etishni davlat o’z zimmasiga olgan. “Navoiy” erkin
industrial-iqtisodiy zonasi va “Angren” maxsus industrial zonasida yaratilgan
sharoitlar ham bunga misol bo’lishi mumkin.
2014 yilda byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqa va
stipendiyalar miqdorini o’rtacha 23 foizdan kam bo’lmagan darajada oshirish, 2014
yilda va keyingi ikki yilda aholi real daromadlarini kamida bir yarim barobar
ko’paytirish vazifasi qo’yilmoqda.
DS18B20 mikroprotsessorli termostat qurilmasini ishlab chiqarishga xorijiy
investitsiyalarni jalb qilinishining axamiyati shundaki, yenergiya tejamkorligi va
kurilmaning sifatli ishlab chiqarilishidir.
68
Xulosa:
Diplom ishi masalaning moxiyati loyixalanayotgan DS18B20 mikroprotsessorli
termostat qurilmasining funktsionalg’ imkoniyatlari ko’rib chikish bo’ldi. Bunda
loyixalanayotgan qurilmaning ishlash sharoitining texnik shartlari ko’rib chiqildi..
Adabiyot taxlili bo’limida qurilmani loyixalash uchun mavjud xarorat
o’lchovchi raqamli qurilmalar taxlili, loyixalashni bajarish uchun mavjud texnik
vositalarning taxlili, mikroprotsessorlar taxlili, mikrokontrollerlar taxlili, qo’yilgan
masalaning yechimi uchun zarur bo’lgan dasturiy vositalar taxlili ko’rib chiqildi.
Qurilmani loyixalash bo’limida, qurilmaning blok sxemasini loyixalash,
DS18B20 mikroprotsessorli termostat qurilmasining blok sxemasini loyixalash
ishlab chiqildi.
Qurilmaning pritsipialg’ sxemasini loyixalash bo’limida, ISIS 7 ‘rofessional da
qurilmaning printsipialg’ sxemasini loyixalash, boshqarish blogining pritsipialg’
sxemasi, mikroprotsessor blogining pritsipialg’ sxemasi, indikator blogining
pritsipialg’ sxemasi va taminot blogining pritsipialg’ sxemasi ko’rib chiqildi.
Keyingi bo’limlarda qurilmaning dasturiy taminotini loyixalash va qurilmadan
foydalanish uchun ko’rsatma berildi.
Ushbu bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayonida men mikroprotsessorli
o’lchov qurilmalarini loyixalash etaplari bilan tanishib chiqdim. Taklif qilingan
avtomatlashtirilgan loyixalash tizimi o’zining texnik imkoniyatlari hamda ishlatish
uchun qulayliklari va zamonaviy mikrokontrollerli qurilmalarni dasturlash
texnologiyasi bilan menda juda katta tahsurot qoldirdi. Loyixalangan qurilma esa
mening birinchi o’lchov qurilmam bo’lib, mikroprotsessor texnikasi hamda
elektronika bo’yicha olgan bilimlarimni mustaxkamlashimga va yanada chuqurroq
o’zlashtirishimga yordam berdi.
69
Adabiyotlar.
1. Karimov I.A 18- Yanvarda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi
2012 yilda respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy yakunlari va 2014 yilgi iqtisodiy
dastur asosiy ustivor vazifalariga bag’ishlangan maruzasi.
2. Modulg’ LCD. Texnicheskaya dokumentatsiya DS33023A kompanii
Microchi’ Technology Incor’orated, USA.
3. A035CN02_V4. LCD Modulg’. Firma xujjati.
4. EA 4035-300S raqamli LCD Modulg’. Firma xujjati.
5. EA VK-1000. LCD Modulg’.Firma xujjati.
6. 4 DIGIT 14mm LCD. Firma xujjati.
7. M’ASM. Rukovodstvo polg’zovatelya. Perevod texnicheskoy dokumentatsii
DS33014G kompanii Microchi’ Technology Incor’orated, USA.
8. N.Umaraliev. “‘roteus” tizmida elektron qurilmalarni loyixalash. Farg’ona
2012y.
9. N.Umaraliev. Mikroprotsessor texnikasi. Amaliy mashg’ulotlar uchun
uslubiy qo’llanma. FarPI. 2011
10. N.Umaraliev. PIK mikrokontrollerlarining komandalar tizimi.
Mikroprotsessor texnikasi asoslari fanidan amaliy, mustaqil, va kurs ishlarni
bajarish uchun o’quv qo’llanma. FarPI 2010.
11. N.Umaraliev. Mikroprotsessor texnikasi asoslari fanidan laboratoriya
mashg’ulotlarini bajarish uchun uslubiy ko’rsatma. FarPI 2010.
12. «Mikroprotsessor texnikasi asoslari» fanidan kurs ishin bajarish uchun
uslubiy ko’rsatma. N.Umaraliev. Far PI 2010
13. I.S.Potemkin. Funktsionalg’nqe uzlq tsifrovoy avtomatiki. M.
Energoatomizdat. 1988.
14.
www.labcenter.co.uk
.
15. ‘roteus_Hel’.chm. ‘roteus tizimi bo’yicha elektron mahlumotnoma
16. ‘roteus 7 ‘rofessional dasturiy majmuasi.
17.
www.microchi’.ru
18. ic’rog.chm. Ic’rog programmator tizimi bo’yicha elektron mahlumotnoma.
19.
www.DatasheetCatalog.com
20. ‘IC16F87XA Data Sheet
Do'stlaringiz bilan baham: |