O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TAHLIM VAZIRLIGI
BUXORO MUXANDISLIK TEXNOLOGIYaSI INSTITUTI
Ro’yxatga olindi
№ _______________________
«___» ___________ 2014 yil.
«Tasdiqlandi»
O’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i
dots. Xodjiev SH.
______________________________
«_____»________________2014 yil.
“ELEKTROENERGETIK TIZIMLAR” KAFEDRASI
ELEKTRONIKA VA ASBOBSOZLIK TA’LIM YO’NALISHLARI
BO’YICHA BITIRUV MALAKAVIY ISHLARINI RASMIYLASHTIRISH
HAMDA UNI BAHOLASH BO’YICHA
USLUBIY KO’RSATMA
Buxoro -2014
2
«Ma’qullandi»
«EvaICHAKT» fakulg’teti
ilmiy kengashida muhokama qilingan va mahqullangan.
Kengash raisi dots. Saidmurotov O’. A.
_______________________________
«_____»________________2014 yil.
«Ishlab chiqildi»
“Elektroenergetik tizimlar” kafedrasi mudiri, f-m.f.n.
I. I. Hafizov
(kafedra yig’ilishining №____sonli bayonnomasi
«____»____________2014 y.)
Tuzuvchilar:
“Elektroenergetik tizimlar” kafedrasi
mudiri
f-m.f.n. I. I. Hafizov
“Elektrotexnika” kafedrasi assistenti
N. N. Mirzoev
Taqrizchilar:
Maxmudov M. I. – BuxMTI, “Elektrotexnika” kafedrasi mudiri.
Qurbonov SH. V. – BuxHET korxonasi, dispecherlik xizmati bo’limi
boshlig’i.
Uslubiy ko’rsatma Buxoro muxandislik texnologiya instituti Ilmiy
kengashining 2014 yil __ ________dagi ____-sonli qaroriga muvofiq o’quv
jarayoniga tatbiq etish uchun tavsiya etilgan.
3
1. Bitiruv malakaviy ishini bajarish (keyingi satrlarda malakaviy ish) – oliy
o’quv yurti bakalavriatida talabalarni o’qitishning yakuniy bosqichidir.
Malakaviy ishni bajarish maqsadi:
Tahlim bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash va
kengaytirish, olingan bilimlarni ilmiy, texnikaviy, ishlab chiqarish,
iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy vazifalarni hal etishda qo’llash;
Ijodiy ishlash, ishlab chiqilayotgan masalaning (muammoning) qo’yilish
jarayonidan boshlab, uni to’la nihoyasiga yetkazish bo’yicha qaror qabul
qilishda bo’lgan mashuliyatni his etishga o’rgatish;
Tahlil qilishga, o’z ustida mustaqil ishlashga, muammoni qo’yilishi va uni
hal etish bo’yicha asoslangan taklif va tavsiya ishlab chiqishga o’rgatish;
Zamonaviy asbobsozlik, ishlab chiqarish, texnika va texnologiyaning
rivojlanishi sharoitida talabalarni mustaqil ishlashga tayyorgarligini
tahminlash.
Malakaviy ishlar mavzusi muammoning zamonaviy holatini va iqtisodiyot,
ishlab chiqarish, texnika, ijtimoiy sohalar, fan, tahlim va madaniyatning istiqbolli
rivojlanishini aks ettirishi kerak. Malakaviy ishlar mavzusi mutaxassis chiqaruvchi
kafedra tomonidan belgilanadi va oliy o’quv yurti yoki fakulg’tetning ilmiy kengashi
tomonidan tasdiqlanadi.
Malakaviy ishlar mavzusining yillik ro’yxati bitiruv amaliyoti boshlanishiga
qadar yoki bitiruv kursining boshida ehlon qilinadi. Talabalarga (reytinglari bo’yicha
kamayish tartibida) malakaviy ishlarning mavzularini tanlash huquqi beriladi. Talaba
yoki talabaning o’qishi uchun to’lov-kontrakt mablag’ini to’lovchi buyurtmachi
zaruriy asoslar bilan malakaviy ishlar mavzusi bo’yicha o’z variantlarini taklif
etishlari mumkin. Malakaviy ish mavzusi va rahbarini talabaga biriktirish
kafedraning taqdimnomasi bo’yicha rektorning buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi.
2. Bitiruv malakaviy ishini bajarishga rahbarlik qilish. Malakaviy ishlarga
rahbarlar ushbu oliy o’quv yurtining professor va dotsentlari yoki ilmiy xodimlari,
boshqa muassasa va korxonalarning yuqori malakali mutaxassislari safidan
tayinlanadi.
Malakaviy ish rahbari:
- topshiriq beradi;
- malakaviy ishning bajarilish jadvalini rejalashtiradi;
- asosiy adabiyotlar, mahlumot va arxiv materiallarini hamda mavzu bo’yicha
boshqa manbalarni tavsiya etadi;
- talabalar bilan muntazam ravishda konsulg’tatsiyalar o’tkazadi;
- malakaviy ishning bajarilishini nazorat etadi;
- talaba bajargan malakaviy ishning sifati va muallifligiga javob beradi,
mavzularning qaytarilishiga yoki ko’chirilishiga yo’l qo’ymaydi.
3.
Bitiruv
malakaviy
ishini
himoya
qilish.
Belgilangan
tartibda
rasmiylashtirilgan malakaviy ish talaba tomonidan rahbarga taqdim etiladi. Rahbar,
malakaviy ish talab darajasida bajarilganligiga ishonch bildirgandan so’ng, ishni o’z
taqrizi bilan birga kafedra mudiriga taqdim etadi. Taqrizda talabaning faolligi, qabul
qilingan qarorlardagi yangiliklar va malakaviy ishning boshqa ijobiy taraflari
tavsiflanadi. Kafedra mudiri, taqdim etilgan materiallar asosida, malakaviy ishni
4
talaba tomonidan DAK da himoya qilishga kiritish haqida qaror qabul qiladi. Agar
kafedra mudiri talabaning malakaviy ishini himoyaga kiritish mumkin emas deb
hisoblasa, masala kafedra majlisida, rahbar ishtirokida muhokama etiladi. Kafedra
majlisining bayonnomasi fakulg’tet dekani tomonidan tasdiq uchun rektorga taqdim
etiladi.
Himoyaga kiritilgan malakaviy ish taqrizga yuboriladi.
Taqrizchilar tarkibi bitiruvchilarni istehmol qiluvchi soha mutaxassislari safidan
tanlanadi. Taqrizchilar safida oliy o’quv yurtlarining professor va o’qituvchilari ham
jalb etilishi mumkin.
Bitiruv malakaviy ishlarini baholash. Bajarilgan BMI DAK raisi va ahzolari
tomonidan O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus tahlim vazirligining 2010
yil 25 avgustdagi 333-sonli buyrug’i bilan amalga kiritilgan “Oliy tahlim
muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi
to’g’risida Nizom” asosida 100 ballik tizimda baholanadi. Baholash mezonlari
quyidagicha amalga oshiriladi:
№
Nomlanishi
Maksimal to’plashi
mumkin bo’lgan ball
1.
BMIlarning
qo’yilgan
talablar
doirasida
mazmunining
yoritilganligiga
20 ball
2.
BMIning
rasmiylashtirish
holati
va
tegishli
hujjatlarning
mavjudligiga (bayonnomadan ko’chirma, dalolatnoma, topshiriq,
annotatsiya, rahbar xulosasi, tashqi taqriz)
20 ball
3.
Talabaning tayyorlagan taqdimot va tarqatma materiallari uchun
10 ball
4.
Mavzu asosida tayyorlangan mahruzaning ravon tilda yoritilish
holati va belgilangan vaqtda tugatganligi uchun
20 ball
5.
Talabaning mavzu doirasida qo’yilgan savollarga bergan javobi va
munozaralarda o’z bilim saviyasini namoyon etganligiga
30 ball
Jami
100 ball
Umumiy ballning 55 foizi saralash bali hisoblanadi va himoya qiluvchi 55
balldan yuqori to’plaganda, bitiruv malakaviy ish himoyasi ijobiy baholanadi.
II. BITIRUV MALAKAVIY ISHINI RASMIYLASHTIRISH QOIDALARI
2.1.
Bitiruv malakaviy ishi, odatda, mundarija, kirish qismi, asosiy qism
(dissertatsiya bo’limlari), xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, ilovadan
iborat bo’lib, o’rnatilgan tartibda rasmiylashtiriladi.
Titul varag’i namuna (1,2-ilovalarga qarang) bo’yicha rasmiylashtiriladi.
Bitiruv malakaviy ishi nomi aniq va qisqa bo’lishi lozim (odatda, 10 ta so’zdan
oshmasligi kerak).
2.2. Mundarijada barcha mavjud bo’lim (bob)lar, paragraf (qism)lar
va
bandlar
nomlari
hamda
ularning
boshlanishi
joylashgan
sahifa
betlari ko’rsatilgan bo’lishi kerak.
2.3. SHartli belgilar, birliklar, simvollar va terminlar ro’yxatida formulalarda
nisbatan ko’p uchraydigan harfli belgilar, simvollar eksplikatsiyasi berilishi
(tushuntirilishi) shart.
5
Terminlar va belgilar butun ish davomida bir xilda bo’lishi shart. Agar muallif
yangi termin kiritsa, ilk ko’llanishdayoq u bo’yicha tushuntirish berishi kerak.
2.4. Kirish (so’zboshi) ishning o’qilishi davomida shakllanadigan tushunchani
yengillashtirishi lozim. SHuning uchun bu yerda dissertatsiya va malakaviy ishning
obhekti va predmeti aniq va lo’nda yoritib berilishi, mazkur tadqiqotni o’tkazishning
dolzarbligi asoslanishi kerak.
Ish yangiligi bilan ajralib turishi kerak. SHuning uchun so’zboshida qisqa
annotatsiya ko’rinishida muammoning yechilishida dissertatsiya va malakaviy ish
uchun muallif tomonidan qilingan yangilik bayon etilgan bo’lishi kerak.
SHuningdek, kirish qismida ishning maqsadi va vazifalari, nazariy va uslubiy
asoslari, amaliy qiymati, ishning sinovdan o’tishi (aprobatsiyasi)hamda nashr etilgan
ishlar bo’yicha mahlumotlar va ishning tuzilishi (struktrasi) keltiriladi.
Bitiruv malakaviy ishining umumiy tavsifi. BMIning kirish qismi quyidagi
qismlardan iborat bo’ladi:
a) mavzuning dolzarbligi;
b) muammoning o’rganilganlik darajasi;
c) maqsadi va vazifalari;
d) obhekti va predmeti;
e) amaliy yangiligi va ahamiyati;
f) xulosalarni qo’llash bo’yicha tavsiyalar.
2.5. BMIning bo’limlari uchtadan kam bo’lmasligi kerak (3-ilova). Bo’limlarda
ishning asosiy mazmuni bayon etiladi. Odatda, dissertatsiya va malakaviy ishning
birinchi bo’limida talabgor ilmiy-texnik muammo doirasida o’rganilayotgan
masalaning bugungi holatiga qisqa baho berib o’tishi kerak. Bu baho va tavsif
dissertatsiya yoki malakaviy ishning kirish qismida ham berilishi mumkin.
Bundan tashqari, bu yerda muammo bayon qilinishi, tadqiqot maqsadida
belgilangan natijalar mazkur fan sohasida mavjud emasligini ko’rsatib berilishi va
tadqiqot vazifalari qo’yilishi kerak. Dissertatsiya va malakaviy ish asosiy qismining
keyingi bo’limlari birinchi bo’limda ko’yilgan masalalarni yechishga bag’ishlanadi.
2.6.
Malakaviy ish har qanday ilmiy ishga qo’yiladigan quyidagi talablarga
javob berishi lozim:
1. Materialni bayon qilishda dissertatsiya va malakaviy ish bo’limlarining
bir-biri bilan o’zaro bog’liqligi, bo’limlar ichida paragraflar va bandlar
aloqadorligi haqida o’quvchiga aniq tushuncha bera oladigan mantiqiy
izchillik;
2. Dalillarning ishonchliligi;
3. Bayon
qilingan
fikrning
boshqacha
talqinini
istisno
qiladigan
tarzda aniq va qisqa bo’lishi;
4. Tadqiqotning har bir bo’limidagi xususiy masala (masalalar)ni
echimi natijalarini aniq bayon qilinishi.
So’nggi talabni bajarish uchun talabgor dissertatsiya va malakaviy ish
bo’limlarining oxirida paragraf tarzida bo’lim bo’yicha xulosalar berishi kerak.
2.7. Xulosa
va
takliflar
butun
tadqiqot
bo’yicha
qisqa
umumlashtirilgan
natijalardan
hamda
olingan
natijalardan
6
foydalanish,
ularni
tatbiq
qilish
bo’yicha tavsiyalardan iborat bo’lishi
kerak.
2.8. Malakaviy ish mavzusi yuzasidan foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati (10
punktdan) 4 -ilovaga muvofiq tarzda rasmiylashtirilishi tavsiya etiladi.
Ro’yxatning tuzilishi tartibi muallifning o’zi tomonidan belgilanadi. Adabiyotlar
ro’yxatida materiallarni joylashtirishning alifbo, sistematik va matnda havola ketma-
ketligi tartibida berish keng tarqalgan usullaridan hisoblanadi.
2.9. Matnda adabiyotga havola tartib raqami bo’yicha satr osti eslatmalari
shaklida beriladi.
Malakaviy ish mavzusi bo’yicha asosan so’nggi 10-15 yil ichida nashr qilingan
adabiyotlardan foydalanish tavsiya etiladi.
2.10. Ilovalar malakaviy ishning asosiy matni bilan birga bitta kitobga
jamlangan bo’lishi lozim. Ilovalarga malakaviy ish matnini to’ldiruvchi va
tasvirlovchi turli yordamchi materiallar kiritiladi:
oraliq matematik isbotlar, formulalar, hisob-kitoblar;
statistik mahlumotlar va ularni qayta ishlash metodlari;
aniq tajribalar natijalari;
dastlabki materiallar;
yordamchi jadvallar;
tajribalarda, o’lchash va sinovlarda qo’llanilgan apparatlar va
uskunalar tahrifi;
malakaviy ish tadqiqoti jarayonida ishlab chiqilgan kompyuterda yechilgan
masalalar
yordamchi
algoritmlari
va
dasturlari,
metodlari;
yordamchi xarakterdagi illyustratsiyalar (tasvirlar);
mukammal izohlar;
malakaviy ish ishining natijalarini tatbiq etish bo’yicha dalolatnomalar va
boshqalar.
Ilovalar ketma-ketligi tartibi malakaviy ishda ularga murojat qilish tartibiga mos
kelishi va foydalanish qulayligini tahminlashi kerak.
2.11. Bitiruv malakaviy ishi matni kompg’yuterda WORD dasturining Times
New Roman shrifti 14 o’lchamda 1,5 intervalda A4 (21x29) formatli standart oq
qogozning bir tomonida kompg’yuterda yozilgan bo’lishi kerak.
Malakaviy ish betlarida matnning chap tomoni 30 mm, yuqori tomoni 25 mm,
o’ng tomoni 15 mm, quyi tomoni 25 mm bo’sh bo’lishi kerak. Bitiruv malakaviy ishi
hajmi 10-15 ming so’z hajmida belgilanadi.
2.12. Malakaviy ishning barcha betlari titul betidan oxirgi betgacha tartib bilan
raqamlanadi. Birinchi bet titul varag’i hisoblanib, unga raqam qo’yilmaydi, keyingi
betga "2" raqami qo’yiladi va hokazo. Tartib raqami betning pastki tomonining
o’rtasiga qo’yiladi.
Malakaviy ishning har bir bo’limi yangi betdan boshlanadi. Ushbu qoida ishning
boshqa asosiy tuzilmaviy qismlari: kirish qismi, xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar
ro’yxati, ilovalarga ham tegishli. Bo’lim ichidagi paragraflar oldingi paragraf
tugagandan so’ng 3-4 interval tashlanib davom ettiriladi.
7
2.14. Bo’limlarning nomlanishi bosh harflar bilan yoziladi. Bo’lim ichidagi
nomlanishlar xatboshidan kichik harflar bilan yoziladi. Sarlavhalarni yozishda
bo’g’in ko’chirishga ruxsat berilmaydi. Sarlavha oxirida nuqta qo’yilmaydi. Sarlavha
va matn orasida 3-4 interval bo’lishi tavsiya etiladi. Sarlavhani tagiga chizib
yozishga ruxsat etilmaydi.
2.14.
Malakaviy ishning bo’limlari, bo’lim ichida paragraflar butun ish
bo’yicha arab raqamlari bilan belgilanadi. Kirish va xulosa qismlari raqamlanmaydi.
Paragraf
raqami
nuqta
bilan
ajratilgan
bo’lim va paragraf raqamidan iborat bo’ladi. Paragraf raqami oxirida
nuqta qo’yiladi, masalan,"2.3."
2.15. Matndagi formulalar puxta va aniq yozilgan bo’lishi shart.
Katta va kichik harflar, yuqori va pastki indekslar formulada aniq
berilishi
kerak.
Formula
uchun
belgilarning
o’lchami
quyidagicha
belgilanadi: katta harflar va raqamlar 5-6 mm, kichik harflar 3 mm,
daraja ko’rsatkichlari va indekslari 2 mm dan kam bo’lmasligi tavsiya
etiladi.
Simvollarning mahnolari bevosita formula ostida ularning formuladagi ketma-
ketligi bo’yicha beriladi. Har bir simvolning mahnosini yangi qatordan berish
lozim. Berilgan mahnolarning birinchi qatori "bunda" so’zi bilan ikki nuqtasiz
boshlanadi.
Tenglama va formulalar matndan alohida bo’sh qatorlar bilan ajratib yoziladi.
Har bir formulaning yuqori va pastki tomonlarida kamida bir satrdan joy qoldirish
kerak. Agar tenglama bitta qatorga sig’masa, sig’magan qism tenglik belgisi (=) dan
yoki qo’shish (+), ayirish (-), ko’paytirish (x), bo’lish (:) belgilaridan keyin
ko’chirilishi kerak.
Malakaviy ishdagi formulalar (agar ular bittadan ko’p bo’lsa) bo’lim doirasida
arab raqamlari bilan belgilanadi. Formula raqami bo’lim raqami va formulaning
bo’limdagi tartib raqamidan tashkil topib, o’zaro nuqta bilan ajratiladi. Bu narsa
betning o’ng tomonida formula bilan bir qatorda qavslar bilan ko’rsatiladi (5-ilovaga
qarang).
2.16. Malakaviy ish matni va ilovadagi jadvallar, chizmalar, sxemalar,
diagrammalar, grafiklar, fotosuratlar o’lchami A4 formatli standart varaqda
bajarilishi kerak yoki standart o’lchamdagi oq qogozga yopishtirilgan bo’lishi kerak.
Foto va rasmlarga izohlar hamda yozuvlar o’qish uchun kulay holda joylashtirilishi
zarur.
2.17. Illyustratsiya (surat)lar ko’rish uchun kulay tarzda joylashtirilishi kerak.
Agar suratni ko’rish uchun dissertatsiya yoki malakaviy ishni burish kerak bo’lsa,
uni soat strelkasi bo’ylab burib ko’riladigan holatda joylashtirilishi kerak. Surat
nomlangan bo’lishi zarur. Zarur hollarda suratlarga tushuncha mahlumotlari - izoh
beruvchi yozuv (rasm osti matni) ko’shimcha qilinadi. Suratning nomi uning ustiga,
tushuntirish mahlumotlari esa surat ostiga qo’yiladi.
Barcha surat (grafik, chizma, diagramma, fotosurat)lar "rasm" so’zi va bo’lim
bo’yicha ketma-ket arab raqamlari bilan belgilanadi. Ilovalarda keltirilgan suratlar
bundan mustasno. Surat raqami bo’lim (bob) va surat raqamidan iborat bo’lib, nuqta
8
bilan ajratiladi, masalan "1.2-rasm" va izoh beruvchi yozuvdan yuqorida yoziladi (5-
ilova).
2.18.
Raqamli
materiallar
jadval
ko’rinishida
rasmiylashtirilishi
lozim. Jadvalni rasmiylashtirish namunasi 5-ilovada ko’rsatilgan.
Har bir jadval sarlavhaga ega bo’lishi kerak. Sarlavha bosh harf bilan
boshlanadi. Sarlavhaning ostiga chizilmaydi.
Keltirilgan jadval va rasmlarga izoh beruvchi yozuv (rasm yoki jadval osti
matni) “manba” so’zi bilan keltirilishi kerak. Ushbu rasm yoki jadval osti matni
jadval yoki rasmni tuzishda qaysi manbadan foydalanilganligini aks ettirishi lozim.
Jadval grafalarining sarlavhalari bosh harflar bilan, sarlavhachalari esa, agar ular
sarlavha bilan bitta gapni tashkil etsa, kichik harflar bilan, agar ular mustaqil bo’lsa,
katta harflar bilan boshlanishi kerak. Jadval bosh qismini diagonal bo’yicha bo’lish
mumkin emas. Satrlar balandligi 8 mm dan kam bo’lmasligi tavsiya etiladi.
Ko’plab grafalarga ega bo’lgan jadvalni qismlarga bo’lish va bir qismni ikkinchi
qismdan keyin joylashtirishga ruxsat etiladi.
Bo’limlar doirasidagi jadvallar izchil, ketma-ket arab raqamlari bilan belgilanadi.
Jadval raqami bo’lim rakami bilan jadvalning tartib raqamidan tashkil topadi va ular
o’zaro nuqta bilan ajratiladi. Masalan: "1.2-jadval".
Agar malakaviy ishda bitta jadval bo’lsa, u raqamlanmaydi va «jadval» so’zi
yozilmaydi.
Jadvalning biror qismi boshqa betga o’tganda, «jadval» so’zi va uning tartib
raqami bir marta jadvalning birinchi qismi ustida ko’rsatilib, qolgan qismlar ustiga
«davomi» degan so’z yoziladi.
2.19. Matndagi manbalarga havolalarni manbaning «Foydalanilgan adabiyotlar
ro’yxati» bo’yicha tartib raqamini satr osti eslatmalarida keltirish lozim (5-ilova).
Illyustratsiyalarga qilingan havolalar suratning tartib raqami bilan ko’rsatiladi,
masalan, "1.2-rasm". Formulalarga qilingan havolalar formulaning qavs ichidagi
tartib raqami bilan ko’rsatiladi, masalan, "...(2.2) formulada".
2.20. Har bir ilova yangi betning o’ng yuqori burchagida «Ilova» so’zi bilan
boshlanadi. Agar malakaviy ishda bittadan ko’p ilova bo’lsa, ular ketma-ket arab
raqamlari bilan belgilanadi. Masalan, "1-ilova", "2-ilova" va hokazo.
Ilovalarni alohida rasmiylashtirganda, titul varag’ida malakaviy ish mavzusining
nomi ostida katta harflar bilan "ILOVALAR" so’zi yoziladi.
BMI ishining titul varag’ida bitiruvchining imzosi bo’lishi kerak.
Mazkur Qoidalar O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus tahlim
vazirligining 2010 yil 9 iyundagi 225-sonli bo’yrug’i asosida tayyorlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |