mumkin. Topilma juda katta miqdorga teng bo’lib, qachon va kim tomonidan
qo’yilganligi ma’lum emas.
Ibodatxonalar qadimda banklar vazifasini bajarganligining va ularni
barqarorligining asosiy sabablaridan biri, davlat va dindorlarning asrlar davomida
ibodatxonalarda xizmat qiluvchilarga nisbatan yuqori darajada ishonchning
shakllanganligi hisoblanadi. Bu o’z navbatida boshqalarda ham ibodatxonalarda
pul mablag’larni saqlashga bo’lgan ishonchini qozongan. Dastlab ushbu an’ana
qadimiy Sharqda vujudga kelgan bo’lsa, keyinchalik qadimgi Gretsiya va Rim
hamda Evropaga tarqalgan.
Qadimgi Gretsiyada davlat va uning rasmiy xodimlari, zargarlar, savdogarlar
va boshqa zodagonlar ibodatxonalarning (Delfiy, Deloss, Samoss, Efess kabi
ibodotxonalar) alohida shaxslariga pul mablag’larini saqlash va tegishli
operatsiyalarni amalga oshirishga ishonch bildirib, ularga pul mablag’lari va
qimmatbaho metallarni saqlash, shuningdek, ularning topshiriqlariga binoan hisob
– kitoblarni amalga oshirishga ruxsat bergan. Buning barobarida, mamlakatda
mehnat taqsimoti va iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi, o’zaro moliyaviy
ayirboshlash hajmining ortishi natijasida ushbu ibodotxonalarda pul ishlari bilan
shug’ullangan shaxslar moliyaviy vositachilar sifatida maydonga chiqa boshladi.
Taxminan eramizdan oldingi VII asrlarda yirik ibodatxonalarning kichik –
kichik moliyaviy vositachilik do’konlariga aylanib borishi natijasida, shuningdek,
pul muomalasini tartibga solishda muammolarning vujudga kelayotganligi sababli
metall tangalarni muomalaga chiqarish va pul muomalasini tartibga
solish huquqini
davlat o’z qo’liga ola boshladi.
Hozirgi kunda, siz bilan biz bank sifatida biladigan moliyaviy
muassasalarning dastlabki ko’rinishlari XVI asrda Angliyada vujudga kelgan.
E’tiborli jihati shundaki, dastlabki bankirlar oltin metallardan turli zebu – ziynatlar
yasaydigan zargarlar yoki yirik savdo bilan shug’ullanadigan savdogarlar ichidan
chiqqan. Shuningdek, Florentsiya va Venetsiyada XVI asrda jirobanklar vujudga
keldi. Keyinchalik banklar Amsterdam, Gamburg, Miland, Nyurenberg kabi yirik
shaharlarda tashkil topa boshlagan. Ushbu banklar asosan yirik savdogarlarning
oltin tangalarini saqlash va ularning to’lov hisob – kitoblarini amalga
oshirish bilan
shug’ullangan.
Hozirgi paytda faoliyat yuritayotgan Markaziy bankka o’xshagan bank
birinchi marta Stokgolmda 1650 yilda, keyinchalik 1694 yilda Angliyada tashkil
topgan bo’lib, bu bank pul emissiyasini amalga oshirish, mamlakatda tijorat
banklari faoliyatini tartibga solish kabi ishlarni bajargan.
Banklar yirik savdogarlar, zargarlar va boshqa shaxslarning hisob –
kitoblarini bajarish bilan birga, jamiyatdagi vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larini
jalb qilish asosida juda yirik miqdorda ssuda kapitalini jamg’aradilar, ushbu
mablag’ kredit sifatida iqtisodiyotning turli bo’g’inlariga yo’naltiriladi. Shu tariqa,
kapitalistik jamiyatda “bank” deb yuritiladigan tadbirkorlik faoliyati bilan
shug’ullanuvchi “korxona”lar tashkil topdi.
Banklarning mohiyatiga iqtisodiy adabiyotlarda turli yondashuvlar mavjud.
“Bank” etimologiyasiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, “bank” so’zi qadimgi
frantsuzcha “banque” va italiyancha “bansa” so’zlaridan paydo bo’lib,
“almashtirish stoli” ma’nosini anglatishining guvohi bo’lamiz.
Bank –
bu moliyaviy muassasa bo’lib, jamiyatdagi vaqtinchalik bo’sh pul
mablag’larini tegishli shartlar bilan jalb etib, ushbu mablag’larga ehtiyoji mavjud
bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslarga qaytarishlik, muddatlilik, to’lovlilik va
ta’minlanganlik asosida beradigan tijorat tashkilotdir.
Boshqa bir adabiyotda, bank – tadbirkorlik faoliyatining o’ziga xos turi
bo’lib, uning faoliyati ssuda kapitalining harakati, ya’ni ularni jalb qilish va
joylashtirilishi bilan bevosita bog’liqdir, degan fikr ilgari suriladi
52
.
Bankir ssuda kapitalistidan farqli o’laroq, turli ko’rinishdagi xizmatlarni
taklif etadi va pul aylanmasini tashkil qiladi. Ssuda kapitalisti ishlab chiqarishni
o’z kapitali hisobidan moliyalashtirsa, bankir ushbu jarayonni chetdan jalb qilingan
begona shaxslarning mablag’lari hisobidan amalga oshiradi.
Tijorat banklari mohyatini teranroq anglash uchun ayrim metodologik
masalalarga e’tibor qaratish lozim. Ularning ayrimlari quyida keltiriladi:
– banklarning mohiyatini yoritishda ularning mikrodarajadagi faoliyatiga
e’tibor
qaratish lozim;
– banklarning mohiyatini yoritishda ular qanday shaklda va maqsadda
tashkil etilganligiga emas, balki ularga yagona bank sifatida faoliyat yuritishiga
e’tibor
qilish lozim;
– banklarning mohiyatini ajralmas qismi sifatida ularning tashkil topish
asoslari, ya’ni tashkiliy – huquqiy asoslari muhim ahamiyat kasb etadi;
– banklarning mohiyati – bu o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan ob’ektning
tarkibini anglatadi;
– banklarning mohiyatiga qator ta’riflar shakllantirilgan bo’lib, muammoni
o’rganayotgan paytda uning qanday jihatiga e’tibor qaratilayotganligi muhim
hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, banklarning vujudga kelishi va ularning mohiyati
kishilik jamiyatining vujudga kelishi davridan boshlab shakllanib, rivojlanib va
takomillashib
kelmoqda.
Buning
asosiy
sababi
jamiyatda
iqtisodiy
munosabatlarning takomillashuvi, mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, tovar va
xizmatlar aylanmasi hajmining ortishi kabi qator omillar hisoblanadi. Shuningdek,
qaerda savdo va zargarlik ishlari rivojlangan bo’lsa, shuningdek, ishonch yuqori
bo’lgan joylarda dastlabki banklar paydo bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: