va tushunmovchilik holatlar mavjud. Masalan, ayrim manbalarda banklar
bajaradigan operatsiyalar ularning funktsiyalari sifatida qayd etiladi. Bu erda bank
faoliyati natijasida ular tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalari nazarda
tutiladi. Biroq, shuni ta’kidlash joizki, banklarning barcha operatsiyalari ham
ularning funktsiyalari bo’la olmaydi. Bank funktsiyasi uning ma’lum ko’rinishdagi
faoliyatini ifodalaydigan iqtisodiy kategoriya bo’lishi lozim.
Shunga qaramasdan, ayrim iqtisodiy manbalarda banklar to’lov aylanmasi,
kassaga naqd pullarni qabul qilish va berish, kredit berish, qimmatli qog’ozlarni
saqlash va
boshqarish, naqd va naqdsiz ko’rinishda xorijiy valyutani sotish va sotib
olish, shuningdek, bank tomonidan bajaraladigan boshqa operatsiyalar ularning
funktsiyalari sifatida ta’kidlanadi.
Bundan tashqari, iqtisodiy adabiyotlarda banklarning qimmatbaho metallar
va buyumlarni saqlash uchun maxsus seyflar berish, xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarning kapitalini shakllantirishda ishtirok etishi, kreditlash uchun
resurslarni jalb etish va boshqa shu kabi operatsiyalari ularning funktsiyalari
sifatida talqin etiladi. Albatta, bu banklarning pul – kredit siyosatini amalga
oshiruvchi muassasa sifatidagi faoliyatini aniqroq tushinishda va ularning
imkoniyatlari kengligidan dalolat beradi. Biroq, ushbu operatsiyalarning barchasi
banklarning
funktsiyalari
bo’lib
hisoblanmaydi.
Chunki
yuqorida
ta’kidlaganimizdek, banklarning har – bir operatsiyasini ularning funktsiyalari
sifatida e’tirof etadigan bo’lsak, demak zamonaviy banklar 300 dan ortiq
funktsiyani bajaradi degan fikr paydo bo’ladi.
Banklarning funktsiyalari haqida gap ketganda, bu jarayonni nafaqat banklar
nuqtai nazaridan, balki uning mijozlari manfaatlaridan ham kelib chiqib so’z
yuritish lozim. Shu jihatdan banklarning funktsiyalarini o’rganishda ularni
quyidagi mezonlariga e’tibor qaratish lozim:
3.
makroiqtisodiy darajada, banklar va real sektor ishtirokchilari
o’rtasida
iqtisodiy munosabatlar;
4.
banklarning tashkiliy – huquqiy va mulkiy shakli jihatidan amal
qilishi (Markaziy bank,
tijorat banki, ixtisoslashgan bank va boshqalar).
Banklarning funktsiyalari to’g’risida fikr yuritganda quyidagi masalalarni
e’tibordan chetda qoldirish kerak emas. Birinchidan, banklarning funktsiyalari
ularning mohiyatini kengroq ochishga xizmat qilishi lozim, ikkinchidan,
banklarning funktsiyasi sifatida ta’kidlangan iqtisodiy kategoriya barcha moliyaviy
institutlarning xususiyatlariga xos bo’lgan jarayon emas, balki faqat banklargagina
xos bo’lgan iqtisodiy kategoriya bo’lishi lozim.
Ma’lumki, banklarning asosiy operatsiyalaridan biri iqtisodiyotdagi bo’sh
pul mablag’larini tegishli shartlar asosida o’ziga jalb etishga qaratilgan. Bu
banklarning funktsiyasi bo’la oladimi, degan savol tug’iladi. Markaziy bankda
tijorat banklarining majburiy zaxiralari jamg’ariladi, banklarda esa aholi va
mijozlarning vaqtinchalik bo’sh pul mablag’lari jamg’ariladi. Iqtisodiyotda
vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larni jamg’arish banklarning qadimiy
operatsiyalaridan biri hisoblanadi. Bu erda asosiy masala shundan iboratki,
vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larni jamg’arish faqatgina banklarga xos bo’lgan
operatsiya emas, ushbu operatsiyani jismoniy shaxslar yoki boshqa yuridik
shaxslar ham amalga oshirishi mumkin. Chunki, har qanday sub’ekt u yoki bu
ob’ektni moliyalashtirish uchun dastlab ma’lum miqdordagi moliyaviy
mablag’larni jamg’arishi lozim. Biroq, masalaga yanayam chuqurroq
yondashadigan bo’lsak, banklar ushbu operatsiyani bajarganda boshqa xo’jalik
yurituvchi sub’ektlar bajaradigan operatsiyalardan jiddiy farq qiladi. Ular asosan
quyidagi holatlarda namoyon bo’ladi:
5.
banklar pullarni jalb etganda o’z pullarini emas, balki begona
shaxslarning mablag’larini jamg’aradi;
6.
banklar jamg’argan mablag’larni o’zining ehtiyoji uchun emas,
balki boshqa shaxslarning ehtiyojlari uchun sarflaydi (qayta taqsimlash
asosida).
Banklarning funktsiyalari xususidagi mulohazalarni chuqurlashtirish
fikridan yiroq ekanligimizni ta’kidlagan holda, ularning quyidagi funktsiyalari
mavjudligini qo’llab – quvvatlaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: