mablag‘larini bank omonotlariga topshiradilar hamda banklar tomonidan naqd
pullar o‘rniga oson va tez amalga oshirish mumkin bo‘lgan naqd pulsiz hisob –
kitoblarning turli shakllari taklif qilib borilsa, naqd pul muomalasi shunchalik
qisqarib boraveradi. Qolaversa, aholi bank tomonidan ularning omonatlarga foizlar
to‘lashdan oladigan daromadlardan manfaatdordirlar.
Shu bilan birga, yana shunday omilni qayd etib o‘tish zarurki, naqd pul
muomalasining mavjudligi har bir
millatning dunyoqarashi va hayot tarziga
ham
bog‘liqdir. Ma’lumki, o‘zbek xalqining ko‘pdan ko‘p udum va marosimlari
bevosita naqd pullar yordamida amalga oshirilayotganligi ham mamlakatimizda
naqd pul muomalasi salmog‘ini oshiradi.
Naqd pul muomalasining zaruriy qo‘llanishiga aholining demografik
joylashishi ham o‘ziga xos ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu omilning ta’siri,
ayniqsa bizning Respublikamizda sezilarli darajada saqlanib turibdi. Respublika
aholisining aksariyat qismi qishloq hududlarida istiqomat qilayotganligi ushbu
omil ta’sirini kuchaytirmoqda.
Naqd pullarning iqtisodiy jihatdan zaruriy mavjudligi uning huquqiy
asoslarini ham saqlanib qolishiga sabab bo‘lmoqda. Barcha mamlakatlarning
qonunchilik hujjatlarida naqd pullar asosiy to‘lov vositasi va milliy pul tizimining
asosi deb qayd qilingan. Demak, naqd pullar qonunchilik asosida
davlat tomonidan
himoyalangan. Qolaversa, qonunchilik hujjatlarida ham naqd pullarning naqdsiz
pul mablag‘lariga nisbatan ustuvor xususiyati saqlanib qolganini sezish qiyin
emas.
Deyarli barcha mamlakatlarda naqd pul banknotlari va tangalar muomalaga
yagona emissiya banki – Markaziy bank (Milliy bank, Federal zaxiralar tizimi)
tomonidan chiqariladi va naqd pullar Markaziy bankning so‘zsiz bajarishi shart
bo‘lgan majburiyati hisoblanadi.
Plastik kartochkalar, bank omonatlari yoki boshqa depozitlaridagi mablag‘lar
esa tijorat banklarining majburiyatlari hisoblanadi va ularning bajarilish darajasi
o‘sha tijorat bankining moliyaviy holati bilan baholanadi. Bozor iqtisodiyotidagi
mavjud kuchli raqobat har qanday tijorat bankining faoliyatini xavf – xatardan holi
qoldirmaydi. To‘g‘ri, har bir mamlakatda bank majburiyatlari ma’lum jihatdan
davlat
tomonidan
kafolatlanadi,
jumladan
bizning
Respublikada
ham
“Fuqoralarning banklardagi omonatlarini kafolatlari to‘g‘risida” qonun qabul
qilingan, lekin har qanday sharoitda ham ular naqd pullar ega bo‘lgan bexatarlikni
to‘liq kafolatlay olmaydi.
Naqd pul muomalasi o‘z o‘rnida salbiy xususiyatlarga ham egadir.
Chunonchi, naqd pul muomalasini tashkil qilish va boshqarish, ya’ni naqd pullarni
muomalaga chiqarish, saqlash, tashish hamda ularni muomalaga tayyorlash bilan
bog‘liq katta harajatlarni talab qiladi. Muomalaga yaroqsiz holga kelgan naqd pul
biletlarini yo‘q qilish ham maxsus tadbirlar orqali katta harajatlar evaziga amalga
oshiriladi.
Naqd pullar o‘rniga tijorat banklari tomonidan muomalaga chiqarilayotgan
plastik kartochkalar ham o‘z o‘rnida katta harajatlar va tadbirlarni amalga
oshirishni talab qilmoqda. Bundan tashqari, plastik kartochkalar albatta naqd pulga
almashish qobiliyatini saqlab qolmog‘i zarur, aks holda ularni aholi o‘rtasida keng
targ‘ib qilib bo‘lmaydi. Buning uchun esa aholi uchun qulay joylarda qimmatbaho
qurilmalar – bankomat va terminallar qo‘yishga to‘g‘ri kelmoqda. Yana shuni
alohida qayd etish kerakki, aholining naqd pulga bo‘lgan ehtiyojini xohlagan
vaqtda qondirish uchun bankomatlarga bir vaqtda katta miqdordagi naqd pullarni
qo‘yishga to‘g‘ri kelmoqda. Bu esa, o‘z o‘rnida katta miqdordagi naqd pullarga
bo‘lgan talabni vujudga keltirmoqda.
Bundan tashqari, naqd pullardan belgilangan tartibda foydalanmaslik
xufyona iqtisodiyotni rivojlanishiga yo‘l ochib beradi hamda ayrim yuridik va
jismoniy shaxslarga noqonuniy faoliyat yuritib mehnatsiz daromad orttirish uchun
xizmat qiladi.
Naqd pullar uchinchi sub’ekt aralashuvisiz harakatda bo‘lganligi uchun aynan
uning yordamida terrorizm, giyohvandlik moddalari bilan biznes qilish kabi o‘ta
xavfli jinoyatlar amalga oshiriladi. Shuning uchun dunyoning ko‘pgina
mamlakatlarida pul muomalasi terrorizmni moliyalashtirish va giyohvandlik
moddalari bilan biznes qilishning oldini olish maqsadida qonunlar qabul qilingan.
Jumladan, bizning Respublikamizda ham 2006 yilning 1 yanvaridan boshlab
“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni
moliyalashtirishga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonun kuchga kirdi.
Bundan tashqari, naqd pul muomalasi bizning yodimizdan ko‘tarilgan “pul
fetishizmi” (pulga sig‘inish)ni tomir otishiga zamin yaratadi. Ayniqsa, hamma
narsa pulga olib– sotilishi mumkin bo‘lgan bozor iqtisodiyoti sharoitida yoshlar
ongini oson pul topishga ruju qo‘yish kabi illatlar bilan zaharlaydi.
Naqd pullarning ijobiy va salbiy xususiyatlari bo‘lishidan qat’iy nazar, ular
bugungi kunda yuqorida qayd etilgan ob’ektiv omillar ta’sirida dunyoning barcha
mamlakatlaridaamal qilib turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: