Vetnam
dong
Mozambik
metical
Chad
frank
Gvatemala
quetzal
Moldoviya
lev
Chexiya
koruna
Gong Kong
dollar
Mongoliya
togrog
Chili
Peso
Grenada
dollar
Namibiya
dollar
Shvetsariya
frank
Gruziya
lari
Nigeriya
frank
Shvetsiya
krone
Daniya
krone
Niderlandiya
guilder
Shimoliy
Afrika
rand
Dominika
peso
Nikaragua
cordoba
Shri Lanka
rupee
Yevropa
Ittifoqi
euro
Norvegiya
krone
Ekvador
sucre
Jordan
dinar
Ozarbayjon
manat
Eron
rial
Zambiya
kwacha
Paragvay
guarani
Estoniya
kroon
Zimbabe
dollar
Pokiston
rupee
Efiopiya
birr
Indoneziya
rupiah
Polsha
zloty
Yamayka
dollar
Iroq
dinar
Panama
balboa
Yaman
rial
Isroil
sheqel
Rossiya
ruble
Yangi
Zellandiya
dollar
Kamerun
frank
Ruanda
frank
Yaponiya
yen
Baho masshtabi
– bu qiymatning pul birligida aks ettirish vositasidir,
pulning o‘ziga xos bo‘lgan texnik funktsiyasi ham hisoblanadi. Muomalada oltin
va kumush tangalar pul vazifasini bajargan paytda baho masshtabi, ya’ni milliy
valyutaning bahosi bevosita oltin va kumush tangalar orqali aniqlangan. Ya’ni,
qog‘oz pullar ma’lum miqdorda oltin va kumush tangalar bilan ta’minlangan. 1971
– 1973 yillarda rasmiy ravishda oltinning pul vositasi vazifasini bajarishi va qog‘oz
pullarning oltin bilan ta’minlanganligi bekor qilindi. Natijada, milliy valyutaning
baho masshtabi tovarlar va xizmatlar hamda xorijiy valyutalarga nisbatan talab va
taklif asosida aniqlanadigan bo‘ldi, ko‘pchilik mamlakatlar milliy valyutaning
qiymatini aniqlashda dunyoning yetakchi valyutalari hisoblangan AQSh dollari,
yevro, yuan kabi valyutalarni asos qilib oladi.
Pulning turlari
–
malakatdagi qonuniy to‘lov vositasi hisoblanadi. Hozirgi
paytda hech qanday mamlakatda metall pul tizimi amal qilmaydi. Pulning asosiy
turlari sifatida kredit biletlari (banknota), shuningdek, davlatning xazina
biletlari va
tangalar to‘lov vositasini bajaradi.
Banknota
(bank biletlari) – bu qonuniy to‘lov vositalari hisoblanib,
mamlakat Markaziy banki tomonidan muomalaga chiqariladi va tartibga solinadi.
Xazina biletlari
– qog‘oz pul bo‘lib, mamlakat Moliya vazirligi tomonidan
davlat byudjeti taqchilligi va qo‘shimcha xarajatlarni qoplash maqsadida
muomalaga chiqariladi. Banknotalardan farqi shundaki, ushbu pullar hech qanday
qimmatbaho metall bilan ta’minlanmagan bo‘lib, oltin va kumushga almashtirish
mumkin bo‘lmagan. Xazina biletlari pul tizimining dastlabki davrlarida joriy
etilgan bo‘lib, mamlakat Moliya vazirligi Markaziy bank bilan bir qatorda pul
chiqarish huquqini o‘zida saqlab qolgan. Hozirgi paytda barcha mamlakatlarda
milliy valyuta va pul muomalasi barqarorligiga to‘liq Markaziy bank mas’ul
ekanligi tufayli hech qanday mamlakatda Moliya vazirligi xazina biletlarini
muomalaga chiqarmaydi. Agar bdyujet taqchilligini qoplash uchun mablag‘ zarur
bo‘lsa ushbu mablag‘ni Markaziy bankdan kredit sifatida oladi.
Tanga –
metall quymadan, mamlakatning qonuniy to‘lov vositasi sifatida
turli qiymatlarda muomalaga chiqariladi. Iqtisodiy adabiyotlarda tangalar
“maydalovchi pul” tarzida ham talqin etiladi, buning boisi shundaki, tangalar
kichik qiymatda muomalaga chiqarilib, savdo – sotiq ishlarida qaytimlarni
berishda qo‘llaniladi. Albatta, buning uchun mamlakat milliy valyutasi barqaror va
sotib olish qobiliyati yuqori bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: