«So'zlasang xayrli so'zla, xayr bilmasang sukut
saqla»,
deganlar. Xayrdan uzoqlashgan kufrga yaqinlashadi. Pichoq yarasi tanga, so'z yarasi jonga.
Yomon so'zlar yuraklarda yaralar paydo qiladi. Doimo xayrli so'zlashni dastur qilib ol.
O'g'lim Musomurod! Bir marta ko'rishgan kishilaring bilan ehtiyot bo'lib so'zlash. Har qanday
siringni aytma, bir kun kelib biror sabab bilan do'stlar ham dushmanga aylanishi mumkin. Aytgan
sirlaring achchiq oqibatlar keltirishi mumkin. Dushmaning undan qurol o'rnida foydalanadi.
Hamma narsada xotirjam bo'lishga harakat qil. Sog'liq va saodat xotirjamlikdadir. O'g'lim, ko'rib
turibsanki, muvaffaqiyatlar kaliti badan sihati va xotirjam vaqt ne'matini bilganlarga beriladi. Inson
shu ikki ne'matni bilsa, eng yuksak darajaga erishadi.
Doimo hayotda sog'lig'ingni ehtiyot qil, xotirjam vaqtdan unumli foydalan. Mana shuni dastur qilib
olsang, saodat va salomatlikka yetishish yo'lini tanlagan bo'lasan.
Do'stlaringiz bilan baham: |