Qarshi davlat universiteti psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya va



Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/204
Sana02.01.2022
Hajmi4,42 Mb.
#307212
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   204
Bog'liq
Maruza matni

 
Diqqat 
O‘qish  ishida  —  darsni  eshitish,  kitob  o‘qish,  masalalarni  yechishda,  asosan,  ixtiyoriy  diqqat  talab 
qilinadi.  Shuning  bilan  birga,  o‘qish  jarayonining  o‘zi  ixtiyoriy  diqqatning  hamda  uning  turishi  va 
barqarorligining  o‘sishiga  yordam  beradi.  Bolalarda  ixtiyoriy  diqqat  bilan  ishlash  qobiliyatini  o‘stirib  borish 
maxsus  tarbiya  vazifalaridan  biridir.  Maktabda  ta’lim-tarbiya  ishlari  sohasidagi  vazifalarga,  jumladan, 
o‘quvchilar irodasi va intizomini tarbiyalash bilan bog‘liq bo‘lgan ixtiyoriy diqqatni tarbiyalash vazifasi ham 
kiradi.  Bolalaming  yoshlari  ulg‘aygan  sari,  diqqatning  ayrim  sifatlari,  uning  ko‘lami,  ko‘chuvchanligi, 
bo‘linuvchanligi, kuchi va barqarorligi o‘sa boradi. 
Bolalaming diqqati, avvalo, ko‘lamning torligi, bir narsadan ikkinchi narsaga sekinlik bilan ko‘chishi va 
zo‘rg‘a bo‘linishi bilan ajralib turadi. Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda biz, faqatgina juda tor konsentratsiya- 
lashgan diqqatni ko‘rishimiz mumkin. Masalan, agar bir qo‘lida olma ushlab turgan bolaning ikkinchi qo‘liga 
ham  olma  bersak,  u  paytda  ikkinchi  olmani  olishi  bilanoq,  awalgi  ushlab  turgan  olmasini  tashlab  yubo-  radi. 
Demak, bunda bolaning diqqati o‘z qo‘lida ushlab turgan ikkita narsaga ham taqsimlay olmaydi. Keyinchalik 
diqqatning  bo‘linuvchanligi  kattalar  yordami  bilan  bolalaming  o‘yin  faoliyatlarida,  o‘qish  jarayonida  va 
amaliy mehnat jarayonida o‘sib boradi. amaliy mehnat jarayonida o‘sib boradi. 
Bolalaming  yoshlari  ulg‘aygan  sari,  diqqatning  kuchi  va  barqarorligi  o‘sa  boradi.  Diqqatning  bu 
xususiyatlari  bolalaming  o‘yin  faoliyatlarida,  mehnatda  va  asosan  o‘qish  jarayonida  o‘sadi.  O‘qish  jarayoni 
uchun  diqqatning  ma’lum  darajada  kuchli  va  barqaror  bo‘lishligi  talab  qilinadi.  Diqqat  barqarorligining 
o‘sishiga bolalar ongining mazmunan boyishi va xususan, ular tafakkurining o‘sishi katta yordam beradi. 
Maktabgacha  tarbiya  yoshidagi  bolalar  diqqatining  kuchi  va  barqarorligi  ularning  tabiatidagi 
hissiyotchanlik  bilan  ko‘p  jihatdan  bog‘liq.  Bu  yoshdagi  bolalaming  hissiyotlari  davomli  va  barqaror 
bo‘lmaganidek,  ularning  diqqatlari  ham  aytarli  barqaror  bo‘lmaydi.  Lekin  bolalaming  hissiyotlari  ko‘pincha 
juda  kuchli  bo‘ladi.  Shuning  uchun  ularning  diqqatlari,  garchi  qisqa  vaqt  ichida  davom  etsa  ham,  kuchli 
bo‘ladi. 
Maktab yoshidagi bolalaming hissiyotlari anchagina barqaror bo‘la boshlaydi. Shuning uchun pedagog 
o‘qish  materialini  hissiy  momentlar  bilan  boyitar  ekan,  bu  bilan  diqqatning  barqarorligi  va  kuchini  saqlab 
turishga  yordam  beradi.  Shuning  uchun  diqqatga  doir  bu  sifatlaming  keyingi  taraqqiyoti  ham  irodaning 
taraqqiyoti bilan bog‘liqdir. 
Nutq 
Bolalar  nutqining  o‘sishida  ularning  maktabda  o‘qishi,  ayniqsa,  katta  rol  o‘ynaydi.  Bola  maktabga 
kirmasdan oldin o‘zi qanday gapirayotgan!igi ustida o‘ylab o‘tirmasdan, o‘z nutqidan aloqa va bilish vositasi 
tariqasida foydalanadi. Maktabda esa bola gaplashayotgan til o‘qitiladigan va o‘rganiladigan ilm bo‘lib qoladi. 
Maktabda  o‘qiyotgan  bola  o‘z  ona  tilining  grammatika-  si  bilan  shug‘ullanish  natijasida,  o‘z  nutqini 
grammatika  qoidalariga  muvofiq  sur’atda  ongli  ravishda  tuzishni  o‘rganadi.  Grammatikani  o‘qib  o‘rganish 
jarayonida bola nutqining fonetika jihati aniqlanadi, nutqning morfologiya jihati to‘g‘ri bo‘lib boradi, nutqning 
sintaksis tuzilishi ancha takomillashadi. 
Nutqning  ayrim  jihatlariga  xos  borgan  bu  sifatlar  faqat  grammatikani  o‘qib  o‘rganish  natijasidagina 
o‘sib qolmasdan, balki, shu bilan birga,  maktabda o‘qitilayotgan boshqa fanlarning ta’siri ostida ham o‘sadi. 
Maktabda  o‘qitilayotgan  hamma  fanlarni  o‘rganish  va  shu  faniar  bilan  shug‘ullanish  jarayonida  o‘quvchi 
nutqining  lug‘at  boyligi  boyiydi,  so‘zlarning  mazmuni  chuqurlashadi  va  kengayadi,  har  qaysi  so‘zning,  har 
qaysi  terminning  ma’nosi  aniqlanadi.  Adabiyot  darslari  bilan  shug‘ullanish  o‘quvchilar  nutqining  o‘sishiga, 


ayniqsa,  katta  ta’sir  qiladi.  O‘quvchilar  adabiyot  darslarida  to‘g‘ri  tuzilgan  nutqning  eng  yaxshi  namunalari 
bilan tanishadilar. 
Tilga  doir  maxsus  mashg‘ulotlarda,  shuningdek,  boshqa  fanlarni  o‘qitish  vaqtida,  o‘qituvchilar 
o‘quvchilar oldiga o‘z nutqlarini muayyan talablarga javob beradigan qilib tuzish, masalan, muayyan savolga 
to‘liq va keng javoblar berish, muayyan reja asosida hikoya qilib berish, bir narsani hadeb takrorlayvermaslik, 
ravon tuzilgan, to‘liq gaplar bilan to‘g‘ri gapirish va boshqa shu kabi vazifalarni qo‘yadilar. 
Bolalaning  yozma  nutqni  egallashlari  ularning  nutqini  o‘stirishda  muhim  bosqich  bo‘ladi.  O‘quvchi 
yozma nutqni to‘g‘ri tushunishni o‘rganib oladi, o‘z fikrlarini yozma nutq holida bayon qilish va boshqalarga 
tushun-  tirishni  o‘rganadi.  Kitob  o‘qish  va,  ayniqsa,  o‘zidagi  fikrlarni  yozma  tarzda  ifodalab,  bayon  qilib 
berish  tilning  grammatika  tuzilishini  egallamoq  uchun  katta  ahamiyatga  egadir.  Yozma  bayon  qilish  vaqtida 
fikrni to‘liq tushun- tirib berish zarurligi o‘quvchini o‘zi yozayotgan narsaning mazmunigagi- na diqqat berib 
qolmasdan, balki, shu bilan birga, o‘zining qanday qilib vozayotganiga ham e’tibor berishga majbur qiladi, uni 
o‘zi  yozgan  fikrni  qayta-qayta  o‘qib,  o‘z  nutqini  analiz  qilib  ko‘rishga  majbur  qiladi.  o‘quvchi  yozib  bayon 
qilayotganida,  ko‘pincha,  bu  ishini  bir  necha  marta  qayta  ko‘rib  chiqishga,  o‘zgartirishga,  to‘ldirishga, 
qaytadan ishlab chiqishga majbur bo‘ladi. 
O‘quvchi o‘qituvchining topshirig‘iga binoan  yozma ishlar bajarayot-  ganida o‘zining shu ishiga baho 
berilishini, ammo bu baho  ishning faqat mazmuniga qarabgina herilib qolmasdan, balki, shu bilan birga, o‘z 
fikrining  qanday  til  bilan  bayon  qilinganiga  qarab  ham  baho  berilishini  oldindan  bilib  turadi.  Mana  shu 
hollarning  hammasi  bolani  o‘z  nutqini  grammatika  va  mantiq  talablariga  muvofiq  keladigan  qilib,  ongli 
ravishda tuzishga majbur etadi. Yozma nutqni egallash og‘zaki  nutqni va ayniqsa, monolog nutqni to‘g‘ri va 
kengroq qilib  bilib olishga yordam beradi. 
O‘quvchi  maktabda berilgan topshiriqni tayyorlash vaqtida shu topshiriqni  o‘ziga-o‘zi gapirib berishni 
mutlasil mashq qilib turishi o‘quvchi nulqining o‘sishiga kalta ta’sir qiladi. O‘quvchi darslarni tayyorlayotgan 
vaqtda shu darslami kitobdan o‘qibgina qolmasdan, balki, odatda, u kitobdan o‘qigan narsalarini kitobni yopib 
qo‘yib,  o‘ziga  yoki  yonidagi  sherigiga  so‘zlab  ham  beradi.  Bunday  hollarda  o‘quvchi  o‘zi  tayyorlayotgan 
darsni  grammatika  qoidalariga  to‘g‘ri  rioya  qilgan  holda,  ayniqsa,  tushunarli  qilib  og‘zaki  gapirib  berishga 
intiladi. O‘qituvchi o‘quvchining nimalarni bilganligi  va bilganlarini  qanday  gapirib berishi bilangina kifoya 
qilmasdan,  balki,  shu  bilan  birga,  shu  bilgan  narsasini  qanday  qilib  va  qay  tariqa  gapirib  berayotganiga  ham 
e’tibor berishini o‘quvchi yaxshi biladi. 
O‘quvchi  ovoz  chiqarib,  aynan,  yoki  o‘z  so‘zlari  bilan  takrorlash  yo‘li  bilan  o‘zining  artikulatsiya 
apparatini  mashq  qildiradi,  o‘z  nutqining  qay  darajada  to‘g‘riligini  nazorat  qiladi,  shu  bilan  birga,  o‘zi 
o‘zlashtirgan bilimlarning to‘g‘riligini va mustahkamligini ham nazorat qiladi. 
Albatta,  o‘quvchi  nutqining  o‘sishida  o‘qituvchining  nutqi  katta  rol  o‘ynaydi,  chunki  o‘qituvchining 
nutqi  o‘quvchilar  uchun  namunali  nutq  hisoblanadi.  Shu  sababli,  har  bir  o‘qituvchi  o‘quvchilar  nutqini 
o‘stirishga intilib, o‘zi ham o‘z nutqini takomillashtirish ustida to‘xtovsiz va tinmay ishlashi lozim. 
Mazmunli,  to‘liq  fikrli,  to‘g‘ri  tuzilgan  va  uslub  jihatidan  chiroyli  bo‘lgan  nutqni  o‘stirish  maktabda 
bolalaming o‘qitish sohasida qo‘yilgan muhim vazifalarning biridir. 

Download 4,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish