Keynsning siyosatga nisbatan falsafiy yondashuvi
Siyosat normativ qonuniyatlarni mujassam etgan nazariyani o‗z
ichiga oladi. Shuning uchun Keyns inqilobini to‗liq anglash uchun o‗sha
davr iqtisodchilarining va ayniqsa, Keynsning umumiy falsafiy
qarashlarini yaxshi tushunish talab etiladi. Keyns o‗zining
The General
Theory
(Umumiy nazariya) kitobini chop ettirganidan so‗ng radikallikda
ayblangan (aslida u radikal bo‗lmagan). Bu insonning o‗tmishi, ta‘lim
olish tarixi va tajribasidan kelib chiqqan holda o‗z jamiyatining tashkiliy
strukturasi borasida sezilarli o‗zgarishlar uchun kuchli kurash olib
borishini bunday insondan kutish mushkul ish, albatta. Keyns aslida
jamiyat strukturasini o‗zgartirish borasidagi fikrlarga konservativ nigoh
bilan qaragan. U asosan kapitalizmning asosiy elementlarini saqlab
qolishga qaratilgan qarashlarni yoqlab chiqqan. U agar tizimning eng
yomon kamchiliklari bartaraf etilmasa, individuallar kapitalistik tizimni
rad etadilar va buning oqibatida tizim topganidan ko‗ra ko‗proq
narsalarni boy berib qo‗yishiga ishongan. Uning marksizmni rad etishi
ham, Marksning iqtisodiyotiga qarshi tanqid ham markscha ijtimoiy
37
For a history of the adoption of Keynes by American economists, see David C. Colander and
Harry Landreth, eds.
The Coming of Keynesianism to America
(Brookfield, Vt.: Elgar, 1996).
38
The quotation is from an unpublished interview held with EvseyDomar by the authors.
224
tizim Keyns yashab turgan ijtimoiy
sinfning yo‗q qilishini tan olish,
deb baholanadi:
Qanday qilib men zamonaviy olam uchun hech qanday ahamiyati
yo„q, o„z pozitsiyasini hamma narsadan yuqori qo„yadigan va tanqidni
qabul qilmaydigan hamda o„z qonuniyatlarini injildek qat‟iy
o„rnatadigan eskirgan kitobni ko„ra bila turib qabul qilishim mumkin?
Qanday qilib men tezakni sigirning o„zidan afzal ko„radigan, butun
bashariyat urug„larini va ijobiy sifatlarini o„zida mujassam etgan
burjuaziya va intelligensiyadan ko„ra qo„pol proletariatni ustun
ko„radigan dunyoqarashni o„zimga singdira olaman?
39
Keyns Germaniya, Italiya va Rossiyada avj olib borayotgan
diktatorlik va totalitar tuzumdan qattiq xavotirga tushgan edi. U ijtimoiy
tuzulmalardagi bunday o‗zgarishlar ba‘zi iqtisodiy masalalarni hal eta
olishiga ishonishni istar edi, ammo u bunday yechim faqatgina
individualizm va uning iqtisodiy hamda siyosiy afzalliklari evaziga
qo‗lga kiritilishi mumkinligini his etdi. Kattaroq samara va
innovatsiyaga erishish uchun shaxsiy qiziqishdan foydalanishni
cheklovchi individualizmning iqtisodiy afzalliklari iqtisodchilarga yax-
shi ma‘lum:
Ammo yuqoridan ta‟kidlanganidan tashqari agar individualizm
o„zining kamchilik va zaif tomonlaridan xalos etilsa, u albatta boshqa
mavjud tizimlardan ko„ra ko„proq shaxsiy erkinlikni ta‟minlovchi
vositaga aylanishi mumkin. U shaxsiy tanlovni yanada ko„proq amalda
qo„llash uchun zamin hozirlaydi. Shu bilan bir qatorda u yana ushbu
kengaytirilgan shaxsiy tanlovdan kelib chiqadigan hayotning turfa
xilligini saqlash omili bo„lib ham xizmat qilishi mumkin va undan
ayrilish bir xildagi yoki totalitar tuzumning yo„qotganlari oldida
anchayin sezilarli bo„lishi mumkin.
40
Keynsning yaxshi jamiyat strukturasi borasidagi keng qamrovli
falsafiy qarashlari uni ikki tomondan ham cheksiz hujumlar ostida qolib
ketishiga sabab bo‗ldi. So‗llar uni o‗z sinfi va kapitalizmning
himoyachisi, deb e‘lon qilishdi, o‗nglar esa uni kapitalistik tizimni yo‗q
qilishga moyil yovvoyi sotsialist-islohotchi, deb atadilar. Biz allaqachon
uning marksizmga bo‗lgan yondashuvini ko‗rib chiqdik. Uning o‗nglar
tomonidan qilingan tanqidga javobi murosaga kelishga qaratilgan edi. U
shunday
deb
yozgan
edi:―hukumat vazifalarini kengaytirish
39
J. M. Keynes, ―A Short View of Russia,‖ in
Essays in Persuasion
(New York: Harcourt, Brace,
1932), p. 300.
40
Keynes,
General Theory
, p. 380.
225
individualizmga qarshi dahshatli zarba bo‗lib tuyulsada men uni ham
mavjud iqtisodiy ko‗rinishlarni yo‗q qilib yuborishdan uzoqlashishning
yagona vositasi sifatida, ham individual tashabbuslarning muvaffaqiyatli
faoliyat olib borishiga maqbul sharoit sifatida himoya qilaman.‖
41
Keyns
kapitalizmdan topgan asosiy naflardan biri bu uning individualizmga
erkin faoliyat olib borishini ta‘minlashi sanaladi. Individualizm orqali
kelib chiqadigan har qanday kamchiliklar kapitalizmni barbod etmasdan
to‗g‗rilanishi mumkinligiga u ishonar edi. U kamitalizmning asosiy
kamchilik va xatoliklari, deb quyidagilarni ta‘kidlab o‗tgan edi: ―bu
tuzumning xatosi uning to‗liq bandlikni ta‘minlay olmasligi, uning
o‗jarligi hamda boylik va daromadlarning adolatsiz taqsimotidir.‖
42
1930-yillarda ro‗y bergan Depressiya ko‗plab iqtisodchilarni
kapitalizmning asosiy kamchiligi to‗liq ish bilan bandlikni ta‘minlay
olmasligida, degan fikrga ishonishga majbur qildi. Urushdan keyingi
iqtisodchilar oldida ko‗ndalang bo‗lgan masala mana bunday edi
:
kapitalizmning eng yaxshi xususiyatlarini saqlab qolish va shu bilan bir
qatorda katta depressiyalarni bartaraf etish uchun biz qanday siyosat olib
borishimiz kerak? Keynsning siyosat borasidagi qarashlari dastlab,
AQShdagi ko‗pchilik odamlar uchun juda liberal ko‗rinish kasb etdi.
Keynschilar tomonidan taklif etilgan monetar va moliyaviy siyosat
nihoyat AQSh iqtisodchilari tomonidan tan olindi, chunki bu siyosat
hukumatning juda kam miqdorda iqtisodga bevosita aralashuvini talab
etar edi. Biroq shunday bo‗lishiga qaramasdan, keynschilarni sotsialist,
deb hisoblovchilar bu siyosatni qoralab chiqdilar. Ilk keynschilikkka
kirish asarini yozgan Lori Tarshis bir guruh konservativlar uning
kitobidan foydalangan o‗quv dargohlariga grantlar berishni to‗xtatishga
harakat qilganlarida va uning o‗zini dars beradigan Stenford
universitetidan bo‗shattirish payiga tushganlarida bu konservativlarning
hujumi ekanini anglab yetadi. Tarshisning kitobi yaxshi sotilmaydi,
ammo undan so‗ng bu kitobga taqlid qilib yozilgan Samuelsonning asari
juda ham mashhur va ommabop bo‗lib ketadi, chunki u keynschilik
iqtisodiyotini ilmiy niqob ostiga berkitadi va shu asnoda Tarshisga
qaratilgan mafkuraviy hujumlardan o‗zini saqlab qoladi
43
.
41
O‗sha manbaa.
42
O„sha manbaa
„ p. 372.
43
History of Economic Thought. Harry Landreth, David C. Colander. Fourth edition Houghton Mifflin Company
226
Do'stlaringiz bilan baham: |