POL-ANRI GOLBAX (Paul Genrix Ditrix)
(1723-1798)
Frantsuz faylasufi Pol-Anri Golbax Germaniyaning Geydelsteym shahrida savdogar
oilasida tug‘ildi. U baronlik nasabiga mansub edi. Golbax Leyden dorilfununini tugatib,
Frantsiyaga yo‘l oldi va Parij shahrida muqim yashab qoldi. Uning Parijdagi Sen-Rosh
ko‘chasida joylashgan uyi mashhur frantsuz ma’rifatparvarlarining qarorgohi bo‘lgan.
Golbaxning quyidagi asarlari ma’lum:
«Nasroniylikning fosh etilishi» (1761), «Ijtimoiy
tizim» (1713), «Tabiiy siyosat» (1773), «Tabiiy axloq» (1770), «Tabiat tizimi yoxud
fikriy olam va ruhiy olam qonunlari haqida (1770), «Tabarruk maraz» (1768),
«Etokratiya yoki axloqqa asoslangan hukumat» (1776).
Golbax «Tabiat tizimi» asarini do‘stlari davrasida vasiyatnoma deb atagan.
Olim o‘zi asarlar yozibgina qolmay, o‘zi sevgan kitoblarni to‘plagan, avaylab saqlagan.
Uning shaxsiy kutubxonasida 2777 jild kitob bo‘lgan. 1770 yilda Golbaxning «Tabiat
tizimi», «Nasroniylikning fosh etilishi» va «Tabarruk maraz» asarlari Parij parlamenti
tomonidan yoqishga hukm qilindi, chunki ularda dahriylik ruhidagi fikrlar bor edi.
Olimning e’tiqodiga ko‘ra, inson tabiatning bir bo‘lagi, shuning uchun ham faoliyati tabiat
qonunlariga bo‘ysunadi. Faylasuf shunga ko‘ra insonning biri ikkinchisiga qarama-qarshi
Do'stlaringiz bilan baham: |