Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com
кутубхонаси
189
VOVENARG LYUK DE KLAPYE
(1715-1747)
Farangistonlik faylasuf Lyuk de Klape Vovenarg Eks shahrida dvoryan oilasida
tug‘ilgan.
U frantsuz armiyasida kapitan unvonida xizmat qilgan. 1741 yilgi harbiy
harakatlarning birida oyog‘ini sovuqqa oldirib qo‘ygan. 1744 yilda esa chechak bilan
og‘rib, ko‘zlari deyarli ko‘rmay
qolgan.
Vovenarg yozuvchi Volter bilan xat yozishib turgan… Uning quyidagi asarlari ma’lum:
«Ozodlik haqida mulohazalar» (1737 yil), «Boyliklarning tengsizligi haqida
mulohazalar», «Mantiqqa zid fikrlar: yangi mulohazalar va maksimalar»1
(1746 yil).
Faylasuf zukko va bir-birini inkor qiladigan, yangi, xilma-xil fikrlarga juda o‘ch bo‘lgan.
U e’tiborga loyiq quyidagi voqeani hikoya qiladi: «Mening yoshgina xizmatkorim bor edi.
Bir kuni sayohat chog‘ida notanish odam bilan tushlik qildim. Xizmatkor hamsuhbatim
juda aqlli odam ekanligini aytdi. Men bu odamning aqlli ekanligini qaerdan bilgani bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |