www.ziyouz.com
кутубхонаси
168
BARUX SPINOZA
(1632-1677)
Gollandiyalik faylasuf Barux Spinoza Amsterdamda savdogar oilasida dunyoga keldi. U
yahudiylarning Amsterdamdagi 7 yillik maktabiga o‘qishga bordi. Ammo o‘qishni
tamomlashga ulgurmadi. Chunki otasiga savdo ishlarini yuritish uchun yordamchi kerak
edi. Otasining o‘limidan keyin Spinoza bir necha yil savdogarlik bilan mashg‘ul bo‘ldi.
Lekin u juda yoshligidanoq falsafa ilmiga mehr qo‘ygandi, lotin tilini juda yaxshi bilardi.
Shu tufayli oradan ko‘p o‘tmay Spinoza Amsterdamda kichik falsafa to‘garagini ochdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |