Ilm-fan olamiga chuqur kirib, dunyoqarashi kengaygan yosh Spinoza yahudiy dini
peshvolarini vijdon erkinligiga rioya etmaslikda aybladi. Spinoza shu taxlit ilm-fan
olamiga qancha yaqinlashgani sayin yahudiy ruhoniylaridan shunchalik uzoqlasha bordi.
Natijada 1656 yilda din peshvolari Spinozani murtadlikda ayblab, unga bir umrlik la’nat
tamg‘asini yopishtirdilar. Shundan so‘ng Spinoza yahudiylar bilan aloqani butkul uzib,
o‘zini falsafaga bag‘ishladi. U bir umr o‘pka xastaligidan azob chekib yashadi. Spinoza o‘z
o‘limini tor, faqirona xonaga o‘rnatilgan qup-quruq yog‘och chorpoyada qarshi oldi.
Singillarining tashmachiligi tufayli bor budidan ayrilib, qashshoqlikka mahkum bo‘lgan
Do'stlaringiz bilan baham: |