ilm-fan yangiliklaridan voqif etdi.
Paskal 16 yoshida konus kesishmasi haqidagi ilmiy asari bilan jahon olimlarining
e’tibori va e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
1654 yilda 30 yoshli Paskal ruhiy tushkunlikka uchrab, tarkidunyo qiladi va
yansenitlarning Por-Royal ibodatxonasida yashay boshlaydi. Tabiatan jizzaki va serjahl
Blez bu yerda itoatkor, mo‘min odamga aylanadi. U riyoziyotni unutib, Injilni qo‘lidan
qo‘ymaydi. Paskal o‘zining «Mushohadalar» nomli asarida: «Xudoni aql emas, yurak
anglaydi», — deb yozgandi.
Blez Paskal faylasuflar Epiktet va Monten asarlarini sevib mutolaa qilgan.
Buyuk mutafakkirning quyidagi asarlari ma’lum:
«Bo‘shliqqa doir yangi tajribalar» (1647), «Suyuqlik muvozanati va havoning vazni
xususida ilmiy mushohadalar» (1649-1654), «Arifmetik uchburchak haqida ilmiy
mushohadalar» (1654), «Handasaviy aql haqida» (1655), «Ishontirish san’ati haqida»
Do'stlaringiz bilan baham: |