www.ziyouz.com
кутубхонаси
134
NIKKOLO DI BERNARDO MAKIAVELLI
(1469-1527)
Italiyalik faylasuf Makiavelli Florentsiyadagi aslzoda, ammo uncha boy bo‘lmagan
oilada o‘sdi. Uning tarjimai holida ko‘pgina noaniqliklar mavjud.
Makiavelli 1498 yildan davlat xizmatchisi bo‘lib ishlay boshladi. Makiavelli garchi
yuqori mansablarda ishlamasa-da, katta siyosatning sir-asrorlarini yaxshi bilardi. 1512
yil hukumat tepasiga Medichi kelishi bilan Makiavelli Florentsiyadan quvib chiqarildi. U
keyinchalik hibsga olinib, qiynoqqa solingani haqida ham ma’lumotlar bor.
Makiavelli ham barcha kashfiyotchi ijodkorlar kabi ta’qib va tazyiqlarga duchor
bo‘lgan. Jan Boden va Tommazo Kampanella birinchi bo‘lib Makiavelli qarashlarini
qoralashgan.
Makiavelli an’anaviy ravishda siyosat olamining faylasufi hisoblanib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |