www.ziyouz.com
кутубхонаси
136
VAN SHOUJEN
(taxallusi YANMIN)
(1472-1529)
Xitoylik faylasuf, siyosatdon va harb ilmi bilimdoni Van Shoujen Yuyyao muzofotida
tug‘ilib o‘sdi. Uning otasi Van Xua ziyoli oiladan bo‘lib, xizmat pog‘onalaridan tez
yuqorilab borgan. Van Shoujen to‘rt yoshigacha gapirolmagan. Bir budda rohibi
bolakayni ko‘rib: «Yaxshi bola ekan. Faqat, afsuski, uning taqdiri zohirida shundoqqina
ayon bo‘lib turibdi», — deydi. Rohib aftidan faylasuf Lao-tszining: «Bilguvchi
gapirmaydi», — degan mashhur naqliga ishora qilgandi. Bu so‘zni eshitgan bobosi
bolaning ismini Shoujen (insonparvarlik himoyachisi) deb o‘zgartiradi. Ajabki, shundan
so‘ng Shoujen gapira boshlaydi.
Shoujen o‘n yoshidan boshlab she’rlar yozgan. Bu she’rlar faqatgina adabiy nuqtai
nazardan emas, balki falsafiy mazmuni bilan ham diqqatni jalb etardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |