Kaynozoy
erasining
to‘rtlamchi davrida
Yerning katta qismi muz bilan
qoplangan. Issiqsevar o‘simlik qoplami janubda saqlanib qolgan, ko‘p o‘simlik
turlari yo‘qolgan. To‘rtlamchi davrda odam ajdodlari evolutsiyasi tezlashadi.
Odamlarning son jihatdan orta borishi va keng tarqalishi o‘simliklar va
hayvonot olamiga ta’sir eta boshlaydi. Dastlabki ovchilar faoliyati tufayli
o‘txo‘r yovvoyi hayvonlar soni asta-sekin kamaya boradi. Yevropa va Osiyoda
mamontlar, qalin yungli karkidonlar, Amerikada mastodontlar, ot ajdodlari,
bahaybat yalqov, dengiz sigiri degan hayvonlar dastlabki ovchilar tomonidan
qirib yuborildi. Yirik o‘txo‘r hayvonlarning qirilishi ular bilan oziqlanuvchi
g‘or arsloni, ayig‘i va boshqa yirtqich hayvonlarning qirilishiga sabab bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |