229
56-§. ANTROPOLOGIYA – ODAM EVOLUTSIYASI
HAQIDAGI FAN
Odam – biologik evolutsiyaning eng yuqori bosqichi sanalib, ijtimoiy
mavjudot sifatida fi krlash qobiliyati va ma’noli nutqqa ega bo‘lganligi sababli,
avlodlardan qolgan tarixiy-ma’naviy manbalarni o‘rganish, fi kr yuritish,
ularni baholash, kelajakni rejalashtirish imkoniyatiga ega. Inson har qanday
axborotni kelgusi avlodga yozma yoki og‘zaki tarzda yetkazishi, jamiyat
taraqqiyoti uchun barcha sohalarda muvaff aqiyatli faoliyat yuritishi mumkin.
Antropologiya – fanlararo sintetik fan bo‘lib, odamning ijtimoiy-biologik
mavjudot sifatida tarixiy rivojlanishi va evolutsiyasini o‘rganadi.
Odamning tarixiy rivojlanishi haqidagi zamonaviy fi krlar
asosan molekular
biologiya, sitologiya, solishtirma anatomiya, fi ziologiya, embrio logiya va
paleontologiya dalillariga asoslanadi. Barcha tirik mavjudot tana tuzilishidagi
bunday o‘xshashlik, ular bir tarmoqdan kelib chiqqanligini isbotlovchi dalil
hisoblanadi. Odamning ilk embrional taraqqiyoti bosqichida hamma xordalilar
kabi asosiy o‘zak organlar: nerv nayi, xorda va ichak nayi hosil bo‘ladi.
Odamda boshqa sutemizuvchilarga xos bo‘lgan quyidagi belgilar mavjud:
7 ta bo‘yin umurtqasi, qo‘l va oyoq skeleti qismlari, ter, yog‘ va sut bezlari,
alveolalar, diafragma, 4 kamerali yurak, ikkita qon aylanish doirasi, chap
aorta yoyi, o‘rta quloqdagi 3 ta eshitish suyakchasi.
Odamda bir qancha rudiment organlar uchraydi. Ularga ko‘richakning
chuvalchangsimon o‘simtasi, dum umurtqalari, qisqarish faoliyatini yo‘qotgan
dum muskullari va uning bir juft nervi, quloq suprasini harakatlantiruvchi
muskullar, tanadagi tuklar, uchinchi qovoq, quloq suprasidagi Darvin
do‘mboqchasi va boshqalar kiradi (121-rasm).
121-rasm.
Odamdagi rudiment organlar. I – uchinchi qovoq: 1 –
odamniki; 2 – qushniki.
II – quloq suprasi: 1 –
olti oylik embrionniki; 2 –
katta odamniki; 3 – maymunniki.
III – ko‘richak va uning chuvalchangsimon o‘simtasi: 1 – odamniki; 2 – tuyoqli hayvonniki.
230
Odamlarda ba’zan atavizm hodisasi
ham uchraydi (122-rasm).
Odamsimon maymunlar bilan odam
skeleti va ichki organlar tuzilishida
o‘xshashliklar nihoyatda ko‘p. Qoziq, jag‘
tishlarining soni ham bir xil. Odamsimon
maymunlarda va odamda dum bo‘lmaydi.
Odam uchun xos to‘rtta qon guruhi gorilla,
shimpanze, orangutanlarda ham uchraydi.
Xromosomalarni maxsus usul bilan bo‘yash
orqali odam va shimpanze xromosomalarining nihoyatda nozik ko‘n da lang
chiziqlari ham o‘xshashligi ma’ lum bo‘ldi. Odamsimon maymunlarda 48 ta
xromosoma bor. Maymunlarning ikki juft xromosomasi odamda qo‘shilib
ketganligi tufayli uning kariotipi 46 ta xromosomadan iborat.
Ko‘pgina parazitlar (bosh biti) va ka salliklar (gripp, chechak, vabo, qorin
tifi va boshqalar)ning bo‘lishi umumiydir. Odam simon maymunlarda ham
mimika muskullari yaxshi rivojlangan.
Odam skeletining tuzilishida tik yurishga bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos bir
qator o‘zgarishlar yuzaga kelgan. Uning umurtqa pog‘onasida tabiiy egilmalar,
tovonida gumbaz paydo bo‘lgan, oyoq panjasining bosh barmog‘i boshqa
barmoqlarga yaqinlashib, tayanch vazifasini bajaradi, chanoq suyaklari ancha
kengaygan.
Do'stlaringiz bilan baham: