F. I. Salomova Bilim sohasi: 500000 – “Ijtimoiy ta’minot va sog’liqni saqlash” Ta’lim sohasi: 510000 – “Sog’liqni saqlash”



Download 6,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/304
Sana01.01.2022
Hajmi6,66 Mb.
#304701
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   304
Bog'liq
Гигиена.Тиббий экология 5.01.2019

Nazorat savollari. 

1. Aholi salomatligi uchun ovqatlanishning ahamiyati. 

2. Oqilona ovqatlanish haqida tushuncha va unga bo’lgan gigiyenik talablar. 

3. Ovqatlanishning fiziologik me’yorlariga gigiyenik ta’rif. 

4. Alimentar kasalliklar haqida tushuncha va uning tasnifi. 

5. Ovqatdan zaharlanishlar. Ularning profilaktikasi.  

6. Ovqatdan zaharlanishlarning oldini olish masalalari. 

7. Ovqatdan zaharlanish o’choqlarida UASh taktikasi. 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

109 


 

III BOB 

DAVOLASH-PROFILAKTIK MUASSASALARI GIGIYENASI 

3.1. Davolash-profilaktika muassasalari qurilishining gigiyenik asoslari 

 

Zamonaviy  kasalxona  haqiqatan  ham  loyihalashtirishning  eng  murakkab 



ob’ektlariga  kiritiladi,  chunki  u  ko’p  komponentli  injenerlik  majmuasi  bo’lib,  u 

turli  davolash  va  davolash-tashhis  bo’limlari,  shuningdek  ma’muriy  va  xo’jalik-

maishiy ahamiyatga molik bo’lgan binolardan tarkib topgan. 

 

Davolash-profilaktika  muassasalari  oldida  turgan  vazifalar  deyarli 



o’zgarmagan.  Bemorga  o’z  vaqtida  yuqori  malakali  tibbiy  yordam  ko’rsatish  va 

eng muvofiq davolovchi-himoyalovchi tartibni yaratish faqatgina bu muassasalarni 

rejalashtirish  va  jihozlashga  bo’lgan  sanitar-gigiyenik  talablarga  qat’iy  rioya 

qqilish orqaligina erishishi  mumkin. 

 

Davolash-profilaktika  muassasalarining  arxitektura-rejalashtiruvchi  yechimi 



kasalxona  ichi  infektsiyalarining  oldini  olishda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi,  ular 

davolash  komplekslarida  kasallik  qo’zg’atuvchilarining  tarqalishini  kamaytirish 

yoki oldini olishga qaratilgan.  

Kasalxona  gigiyenasi  davolash-profilaktika  muassasalarini  joylashtirish, 

loyihalashtirish  sanitar-texnik  ta’minoti  bo’yicha  me’yor  va  talablarni  ishlab 

chiqadi.  Uning  maqsadi  bemorlar  uchun  eng  muvofiq  shart-sharoitlar  yaratish, 

samarali  davolash  jarayonlarini  olish  borish  va  tibbiy  xodimlar  uchun  muvofiq 

mehnat sharoitlarini yaratishdir. 

 

O’zbekiston  Respublikasida  turli  davolash-profilaktikaa  muuassasalari 



mavjud, ular turli vazifalar va qat’iy belgilangan fugktsiyalarni amalga oshiradilar. 

Ularga quyidagilar kiradi: 

- Kasalxona muassasalari (turli quvvatga ega bo’lgan kasalxonalar va markazlar); 

- Dispanserlar (silga qarshi, teri-tanosil, onkologik, psixonevrologik v.b.) 

-  Ambulator-poliklinika  muassasalari  (shahar,  tuman,  stomatologik  poliklinikalar, 

tibbiy-sanitariya qismlari va b.); 




 

110 


 

-  Onalik  va  bolalikni  muhofaza  qilish  muassasalari  (tug’ruqxonalar,  komplekslar, 

mehribonlik uylari va b.); 

- Sanator-kurort muassasalari; 

- Tez tibbiy yordam muassasalari; 

- Sanitariya-epidemiyaga qarshi muassasalar (DSENM, dezinfektsiya 

stantsiyalar, o’ta xavfli karantin infektsiyalarga qarshi kurash markazi. 

Aholiga davolash-profilaktika yordam ko’rsatish tizimida statsionar yordam 

ko’rsatish muhim o’rin egallaydi. 

 

Aholiga  tibbiy  yordam  ko’rsatishni  yaxshilash  zamonaviy  yuqori  sifatli 



tibbiy va injenerlik jihozlari bilan jihozlangan, tarkibida markazlashgan davolash-

tashhislash  va  yordamchi  xizmatlar,  barcha  tibbiy-texnologik  va  sanitar-gigiyenik 

talablarga  javob  beradigan  ko’p  profilli  va  ixtisoslashtirilgan  kasalxonalarda  olib 

borishni taqozo etadi. 

Kasalxona  aholiga  na  faqat  statsionar  davolash  xizmatini  ko’rsatadi,  balki 

ixtisosliklar  bo’yicha  maslahatlarni  amalga  oshiradi  va  profilaktik  chora-tadbirlar 

o’tkazadi.  Yirik  kasalxonalar  (viloyat,  respublika  miqyosidagi)  shuningdek 

tashkiliy-metodik ishlarni olib boradilar. 

Kasalxonalar  yuqori  malakali  va  ixtisoslashtirilgan  davolash  faoliyati  bilan 

birgalikda  kasalliklarning  qaytalanishini  oldini  olish,  davolashning  samarasini 

hisobga olgan holda profilaktik  nazoratni tashkillashtiradi, mehnatga layoqatligini 

ekspertiza  qilish  bo’yicha,  bemorlarning  sog’lig`ini  tiklashga  qaratilgan  davolash 

va bemorlarni oddiy hayotga qaytarish bo’yicha tadbirlarni amalga oshiradi. 

Kasalxonalar  viloyat  (respublika),  shahar,  markaziy,  tuman  qishloq  va 

uchastka  turlariga  bo’linadi.  Kasalxonalar  ko’p  profilli  turli  ixtisoslashtirilgan 

bo’limlarda va ixtisoslashtirilgan (bir profilli - yuqumlik kasalliklar, sil kasalliklari 

va ruhiy kasalliklar va b.) kasalxonalarga bo’linadi. 2000 yildan tez tibbiy yordam 

ko’rsatish kasalxonasi tashkil etilgan. 




 

111 


 

Kasalxonalarni  joylashtirish,  loyihalashtirish  va  sanitar-texnik  obodonlashtirish 

bo’yicha  gigiynik  talablarni  ishlab  chiqishda  2  ta  asosiy  vaziyatni  inobatga  olish 

lozim. 


-  Bemorlar  uchun  statsionarda  eng  maqbul  sharoitlarni  yaratish,  davolovchi-

himoyalovchi  tartibni  ta’minlash,  kasalxona  ichi  infetsiyalarining  tarqalishining 

oldini olish va atrof muhitning nomuvofiq ta’sirini (shovqin, atmosfera havosidagi 

toksik moddalar va b.) yo’qotishga qaratilgan tadbirlarni olib borish; 

-  Kasalxona  muassasalari  tibbiy  xodimlar  uchun  ishlab  chiqarish  muhiti  bo’lib,  u 

yerda  ionlantiruvchi  nurlanishlar,  rentgen  nurlari,  lazer,  ultratovush,  O’YuCh-

maydon, turli dori vositalari, anestetiklar va boshqalar qo’llaniladi. 

Tibbiy  xodimlarning  ishi  o’ziga  xos  bo’lib,  u  yuqori  darajada  asab-ruhiy 

zo’riqish,  tungi  navbatchilik,  ekstremal  vaziyatlar  va  boshqalar  bilan  ta’riflanadi. 

Bu  xususiyatlarni  hisobga  olgan  holda  eng  maqbul  mehnat  sharoitlarini  yaratish, 

kasb kasalliklarning oldini olish muhimdir. 


Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish