9.7. DPMlarda INM foydalanilganda dozimetrik va radiometrik nazorat
o’tkazishning asoslari.
INM DPM larida ham tashhis qo’yish, va ham ayrim kasalliklarni davolash
maqsadlarida qo’llanadi. DPM-larida qo’llanadigan hamma INM o’zining vazifasi
va harakteriga qarab uchta guruhga bo’linishi mumkin: nurlanish generatorlari
(misol, rentgen moslamalari, tezlatgichlar), yopiq izotopli manbalar (masalan,
onkologik bemorlarni masofa orqali nurlantirish uchun gamma-apparatlar,
bemorlarning ichki bo’shliqlariga kiritib nurlantirish uchun INM) va ochiq IN
manbalari, (masalan, ayrim kasalliklarga tashhis qo’yish uchun radiofarm
preparatlar). Harqanday turdagi ionlantiruvchi nurlanish manbalari bilan
ishlaganda hodimlar uchun asosiy havfni, foydalanilayotgan manbaning harakteri
va radiatsion himoyaning tashkil etilishiga bog’liq holda nurlanish tashqi va ichki
bo’lishi mumkin.
Xodimlar tashqi nurlanishni har qanday ko’rinishdagi manbadan olishi mumkin.
Izotopli manbalardan foydalanilganda tashqi nurlanish dozasi ish joyidagi
manbaning aktivligi, ular bilan ishlash vaqti, manbagacha bo’lgan masofa va
foydalaniladigan himoya to’sig’ining samara berish darajasi bilan belgilanadi.
Nurlanish generatorlari bilan ishlaganda tashqi nurlanish dozasi maslamaning
quvvati, u bilan ishlash vaqti, ungacha bo’lgan masofa va to’siqlar bilan
532
himoyalanishga bog’liq. Shunga muvofiq holda tashqi nurlanishdan
himoyalanishda himoyalanishning 4 ta asosiy prinsiplaridan foydalanish zarur:
-miqdor orqali himoyalanish: ish joylarida radioaktiv moddaning (RM) kerak
bo’ladigan minimal aktivligi bo’lishi kerak. Bu prinsipning cheklanganligi shundan
iborat-ki, ish joylarida RM - ning aktivligini pasaytirishni har qachon ham amalga
oshirib bo’lmaydi, chunki u yoki bu operatsiyani bajarishda talab etiladigan
samarani olishga faqat ma’lum miqdordagi RM-dan foydalanishdagina erishiladi;
-vaqt orqali himoyalanish: INM bilan bo’ladigan aloqa muddatini qisqartirish
orqaligina erishiladi. Vaqt orqali himoyalanishga rentgen-radiologik bo’limlardagi
hodimlarning ish vaqtlarini qisqartirish, ta’til muddatlarini uzaytirish, nafaqaga
ertaroq yoshdan chiqish kiradi.
Hodimlarning kasbiy mahorat darajalari katta ahamiyatga egadir, chunki
hodimlarning mahorati zaruriy operatsiyalarni o’tkazish vaqtini kamaytirishga
imkon beradi, demak INM bilan bo’ladigan aloqani kamaytiradi.
-masofa orqali himoyalanish: Tashqi nurlanish dozasi INM dan ishchigacha
bo’lgan masofaning kvadratiga teskari praportsionaldir, shuning uchun bu
masofani uzaytirish tashqi nurlanish darajasini keskin pasaytiradi. Rentgen-
radiologik bo’limlarda masofa orqali himoyalanishga maxsus rejalashtiriluvchi
qarorlar, masofa orqali boshqarish, zaruriyat tug’ilganda ayrim turdagi INM bilan
manipulyatorlar bilan ishlash (turli konstruktsiyadagi mexanik tarzda oluvchi
mexanizmlar, avtomat - robotlar, "mexanik qo’llar ) orqali erishiladi.
-to’siqlar bilan himoyalanish - ham hodimlar va ham patsientlar uchun eng ko’p
qo’llanadigan usullar qatoriga kiradi. Rentgen-radiologik bo’lim-larda
qo’llanadigan to’siqlarlarni o’zining foydalanish harakteriga qarab ikki guruhga
bo’lish mumkin - statsionar yoki ko’chmas va ko’tarib ko’chiriladigan to’siqlar.
Statsionar to’siqlar - bu devorlar, qo’rg’oshin yoki tunuka yopishtirilgan yeshiklar,
qo’rg’oshin shimdirilgan oynali derazalar, "labirintlar", RM bilan ishlashga
mo’ljallangan maxsus bokslar.
533
Ko’chiriladigan to’siqlar - suriladigan shirmalar, fartuklar, qo’lqoplar,
qo’rg’oshinli materiallardan tayyorlangan ko’zoynaklar, himoyali devorni hosil
qilish uchun qo’rg’oshindan tayyorlangan maxsus modulli bloklar.
Himoya to’siqlari tayyorlanadigan materiallarning xarakteri nurning turiga
bog’liq. Mas., radiatsiyaning o’tib ketadigan turlaridan (gamma, rentgen nurlari)
himoyalanish uchun og’ir materiallardan foydalaniladi - g’isht, beton, qo’rg’oshin,
temir. Beta-nurlanishdan himoyalanish uchun engil materiallardan foydalanish
mumkin - alyuminiy, organik shisha.
RED dan ortiqcha nurlanish bo’lganda xodimlarning nurlanib qolishlarini
oldini olish uchun (20 mZv/yil) rentgen-radiologik bo’limlarda muntazam ravishda
dozimetrik nazorat o’tkazib boriladi va u ikki turda - umumiy va shaxsiy
dozimetrik nazoratga bo’linadi.
Umumiy dozimetrik nazoratning asosiy vazifasiga xodimlarning ish joylarida
va yondosh xonalardagi nurlanishning ekspozitsion doza quvvatini aniqlash kiradi.
Nazoratning bu turi qo’llanayotgan himoyaning samarasini baholashga imkon
beradi. 0029-94 SanQ va M- ga muvofiq hodimlarning ish joylaridagi dozaning
quvvati 1,2 mr/soat (12 mZv/soat) ni tashkil qiladi. Umumiy dozimetrik nazorat
DSENM ning radiologik bo’limi tomonidan amalga oshiriladi va u 2 yilda 1 tadan
kam bo’lmasligi kerak, hamda yangi moslamalarni ishga tushirishda yoki ishlab
turgan apparatlarni, kabinetlar yoki bo’limlarni rekonstruktsiya qilishda
o’tkaziladi. Umumiy dozimetrik nazoratni o’tkazish uchun rentgenmetr
asboblaridan foydalaniladi va ularda qabul qiluvchi qismi sifatida ko’pincha
ionizatsiyali kamera qo’llanadi. Nurlanish ta’sirida asbob zanjirida elektr toki hosil
bo’ladi, uning qiymati nurlanishning doza quvvatiga to’g’ri proportsionaldir.
Asbobning qayd qiluvchi qismining shkalasi nurlanish dozasini mZv/soat,
mkZv/soat yoki mr/soat, mkr/soatlarda o’lchashga moslab darajalangan. Doza
quvvatlarni o’lchash ish joylari va yondosh xonalarda o’tkaziladi; bunda asbobning
uzatuvchi qismi nurlanish manbaiga qaratilgan bo’lishi kerak.
534
Shaxsiy dozimetrik nazorat -rentgen - radiologik bo’limlarda ishlovchi har
bir xodimning shaxsiy tarzda oladigan nurlanish dozasini qayd qilish maqsadida
o’tkaziladi. Shaxsiy dozimetriya uchun turli turkumdagi shaxsiy dozimetrlardan
foydalaniladi.
Hozirgi
vaqtda
bu
maqsadda
TLD
dozimetrlarni
(termolyuministsentli dozimetrlar) qo’llash keng ko’lamda amalga oshirilmoqda.
Ularning ishlash prinsipi shundan iborat-ki, bu asboblar tayyorlangan materiallar
(mas., LiF) o’zida energiyani to’plash xususiyatiga ega va u dozimetrlarning
qizishi jarayonida fotonlar ko’rinishidagi yorug’likni chiqaradi. Dozimetrlarning
chaqnash jadalligi to’plangan nurlanish dozasiga to’g’ri proportsionaldir. TLD
dozimetrlari "tabletka" ko’rinishida tayyorlanadi yoki kichkina plastinka
ko’rinishida bo’ladi va ularni ishchilarning kiyimlariga o’rnatib qo’yiladi. Har bir
dozimetr o’zining qayd qilish raqamiga ega.
Turli xildagi nurlanishlar (beta, gamma, rentgen, neytron) hisobiga nurlanish
dozasini o’lchash uchun IFKU (takomillashtirilgan foto nazorat) dozimetri
qo’llanishi mumkin. Bu dozimetrda nurlanishni qayd qilish uchun fotoplenkadan
foydalaniladi; ionlantiruvchi nurlanish ta’sir etganda fotoplenka qorayadi, qorayash
darajasi esa nurlanish dozasiga to’g’ri proportsionaldir. Kasetadagi ekranlarning
borligiga muvofiq (alyuminli, qo’rg’oshinli) IFKU kasetasi devorlarida turli
xildagi nurlanishlar filtrlanib ajratiladi, shunga bog’liq holda fotoplenkadagi ayrim
bo’laklarining qorayish darajasi turlicha bo’ladi; bu o’z o’rnida turli xildagi
nurlanishlarning nurlanish dozalarini aniqlashga imkon beradi. Fotoplenkadagi
qorayish darajasini o’lchash densitometrda amalga oshiriladi va uning shkalasi
yutilgan (yoki ekvivalent) doza birligida darajalangan.
Xodimlar tomonidan olinadigan nurldanish dozalari kvartalda bir marta
o’lchanadi yoki zaruryat tug’ilsa tezroq aniqlanishi mumkin. Xodimlarning yillik
nurlanish dozalari 20 mZv/yilni (5 mZv/kvartal) tashkil qiladi.
Radiometrik nazorat DPM larida ochiq turdagi INM dan foydalanilgan
sharoitda o’tkazilishi kerak, mas., radiofarmpreparatlar (RFP). Bunday manbalar
qo’llanganda turli ishchi yuzlalar, ishchilarning qo’llari va kiyimlari, xona havosi
535
ifloslanishi mumkin. Bunday sharoitda RM - ning inkorporatsiyalanish xavfi
tug’iladi, shuning uchun ochiq INM bilan ishlovchilar ham tashqi, ham ichki
nurlanish xavfiga duchor bo’ladilar. Shunga bog’liq holda ochiq RM bilan
ishlashga yuqori darajadagi talablar qo’yiladi: bunday bo’limlarni alohida joylash-
tirish, RM foydalanishdagi eng optimal texnologik ketma-ketlikni ta’minlovchi
xonalarni joylashishiga e’tibor qaratiladi. Bundan tashqari xonalarning ichki
pardozini amalga oshirishda o’ziga RM yutmaydigan maxsus materiallardan
foydalanish, maxsus jihozlarni qo’llash (bokslar, ishchi yuzasi maxsus qoplamaga
ega bo’lgan stollar, maxsus konstruktsiyaga ega bo’lgan qo’l yuvish chig’anoqlari
va chiqindilarni to’plash uchun maxsus konteynerlar).
Inkorporatsiyalanuvchi RM hisobiga ichki nurlanishni oldini olish uchun bu
bo’limlarda, umumiy va shaxsiy dozimetrik nazoratdan tashqari, havo muhitini,
ishchi yuzalarni, ishchilarning qo’llari va kiyimlarini RM bilan ifloslanish
darajasini muntazam nazorat qilish zarur. Bunday nazorat DSENM vrachlari
tomonidan radiometr asboblari yordamida muntazam o’tkazilib turiladi. Barcha
radiometrlar qabul qiluvchi va qayd qiluvchi qismlardan tashkil topgan. Qabul
qiluvchi qismi sifatida Geyger-Myuller hisoblagichi yoki stsintillyatsion
uzatgichdan foydalaniladi. Ularga nurlanish zarrachasi yoki nurlanish kvanti ta’sir
etganda hisoblagich zaryadsizlanadi va u qayd qilish qismida hisobga olinadi.
Hozirgi kunda radiometrik nazoratni o’tkazish uchun RUP (ko’tarib yuriladigan
universal radiometr) yoki UIM (universal tibbiy o’lchagich) tipidagi asboblardan
foydalaniladi. Ammo xavfsiz ish sharoitlarini ta’minlash uchun ko’chmas
radiometr-signalizatorlarni bo’limning o’ziga, masalan, muolaja xonasidan chiqish
joyiga o’rnatish kerak. Davolash protseduralari o’tkazilib bo’lingandan so’ng vrach
yoki hamshira muolaja xonasidan chiqishidan oldin qo’l, kiyimlarning tozaligini
radiometr yordamida radiometrik nazoratidan o’tkazadi. Asbob esa belgilangan
ruhsat etiladigan radioaktiv zararlanish darajasiga moslashtirilgan. Agar xodimdagi
nurlanish darajasi undan ortiq bo’lsa yorug’lik (indikatorning qizil rangi yonadi)
yoki tovush signali ishlab bizga xabar beradi. Bunday holatda tibbiy xodim
536
muolaja xonasiga qaytib kirishi va qo’llarini qayta yuvishi va maxsus kiyimni
almashtirishi kerak.
Amaliy ko’nikmalar
1. Rentgenometrlar bilan ishlash tartibi ( DRGZ-03, DRZZ-05)
- Asbobni elektr tarmog`iga ulash;
- Ish tartibi buragichini "izm" holatiga qo’yish;
- Diapazon buragichini "ust nulya" holatiga o’tkazish;
- Stintsilyatsion hisoblagich stakanini "ochiq" holatga qo’yish;
- Ish tartibi har xil diapazonlariga olib boriladi;
- Shkala bo’yicha ko’rsatkichlarni olish va o’lchash o’tkazilgan diapazonlarga
ko’paytirish;
- Olingan natijalar SanQ va Me’yorlar bilan solishtiriladi va bayonnoma tuziladi.
2. IFKU asbobi yordamida dozimetrik nazorat o’tkazish tartibi.
- Kassetalarni rentgen plenkasi bilan zaryadlash;
- Ionlantiruvchi nur manbalarida ishlovchilarga tarqatish;
- Nurlanish dozasini aniqlash uchun plenkani kimyoviy ishlovdan o’tkazish;
- Densimetrlarda sinab ko’rish va nur dozalarini ko’rsatish;
- Xulosa va bayonnoma tuzish.
3. Ob’ektlarda umumiy dozimetrik nazorat o’tkazish:
- DRG-05M, DRG-107S dozimetrik asboblarini ishchi holatiga keltirish;
- Asbobning uzatgichi xodimlarning ish joyi statsionar himoya to’siqlarining orqa
tarafiga joylashtirish;
- Asbobning qayd qilish qismida doza quvvatining darajasini aniqlash;
- Olingan natijalarni ruxsat etilgan darajalar bilan taqqoslash;
- Ishchi joyidagi ekspozitsion doza quvvati darajasi bo’yicha xulosa berish va
radiatsion xavfsizlikka baho berish.
4. Shaxsiy dozimetrik nazorat o’tkazish:
- IFKU yoki TLD asboblarining qabul qiluvchi qismini ishchi holatiga keltirish
(fotoplyonkali kasseta bilan yoki o’ralgan lyuminofor);
537
- IFKU yoki TLD INMlar bilan ishlaydigan xodimlarning ko’krak balandligiga
taqiladi;
- 3-oydan keyin shaxsiy dozimetrlar yig’iladi va DSENM ning dozimetrik nazorat
punktlariga yuboriladi;
- TLD ning lyuminofori qizdirish blokiga joylashtirilib qizdiriladi, plyonkalar
yuviladi;
- Plyonkalar yoki lyuminoforlar asbobining qayd qiluvchi qismiga joylashtiriladi
va olingan doza qayd qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |