F. I. Salomova Bilim sohasi: 500000 – “Ijtimoiy ta’minot va sog’liqni saqlash” Ta’lim sohasi: 510000 – “Sog’liqni saqlash”


Atrof-muhitni radioaktiv ifloslantiruvchi manbalar va radioaktiv



Download 6,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet270/304
Sana01.01.2022
Hajmi6,66 Mb.
#304701
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   304
Bog'liq
Гигиена.Тиббий экология 5.01.2019

Atrof-muhitni radioaktiv ifloslantiruvchi manbalar va radioaktiv 

chiqindilarning tavsifnomasi. 

Radioaktiv  moddalardan  foydalanila  boshlanganidan  beri  atrof-muhitda 

salmoqli miqdorda radionukleidlar paydo bo’ldiki, ular quyidagi sabablarga ko’ra 

yuzaga kelgan: 

 a)yadro quroli sinovlari; 

 b)bo’linuvchi materiallar olinishi va qayta ishlanishi bo’yicha korxonalar faoliyati

 v)ishlab  chiqarish  texnologiyasida  RMdan  foydalanadigan  muassasalar, 

tashkilotlar va laboratoriyalar faoliyati. 

Hozirgi  vaqtda  INMdan  foydalanish  ko’lamlari  kengayayotganligi  tufayli 

ham atrof-muhitning radioaktiv ifloslanishi jiddiy muammoga aylanib bormoqda.       

Atrof-muhit  radioaktiv  ifloslanishining  xususiyatlari  va  darajasi  ifloslanish 

manbalariga bog’liq.  

Atrof-muhitning 

global 


radioaktiv 

ifloslanishida 

yadro 

qurollari 



portlashlarining  qoldiqlari,  ba’zi  mamlakatlarning  mahalliy  (lokal)  harbiy 

nizolarida  qo’llaniluvchi  zamonaviy  qurollarning  ba’zi  turlarida  zaif  boyitilgan 




 

527 


 

urandan 


foydalanilishi, 

shuningdek, 

yadro 

obyektlarida 



yuz 

beruvchi 

halokatlarning asoratlari katta ahamiyatga ega bo’ladi. Mahalliy (lokal) radioaktiv 

ifloslanish  ko’pincha  uncha  qudratli  bo’lmagan  radiologik  ob’ektlarning  ishlashi 

bilan bog’liq bo’ladi. 

Atrof-muhitni  radioaktiv  ifloslantirishi  jihatidan  xavf  soluvchi  radiologik 

ob’ektlarni shartli ravishda 2 guruhga bo’lish mumkin:  

1.Texnologiyasida ochiq INM gazlar, eritmalar, qattiq yoki kukunsimon tanachalar 

sifatida foydalanilishi nazarda tutilgan korxonalar va tashkilotlar. Bunday ob’ektlar 

sirasiga  eng  avvalo  atom  sanoati  korxonalari,  shuningdek,  tibbiyotda  ochiq 

INMdan foydalanish kiradi. 

2.RM  ochiq  holda  foydalaniladigan  obyektlar  texnologik  jarayonning  istalmagan 

yoki muqarrar mahsulotlari sifatida paydo bo’lmoqda. Shunday ekan, radon yerosti 

yaratmalarida  ishlab  chiqarish  muhitining  muqarrar  omili  bo’ladi,  issiqlik 

ajratuvchi  elementlar  (IAEL)ning  sovutilish  jarayonida  esa  AESda  neytronlarni 

istilo qilishda suvning yo’naltirilgan radioaktivligi oqibatida radionukleidlar hosil 

bo’ladi. 

SanQvaM 0193-06 ga muvofiq, tarkibida belgilangan chegaradan oshadigan 

miqdorda  RM  bor  va  kelgusida  ishlatish  uchun  yaroqsiz  bo’lgan  biologik 

orb’ektlar,  materiallar,  mahsulotlar,  eritmalar  radioaktiv  chiqindilar  sirasiga 

kiritiladi.  Bunday  chiqindilar  sirasiga  ishlatilgan  radionukleidli  manbalar  ham 

kiradi.  

Radioaktiv  chiqindilar  agregat  holatiga  ko’ra  suyuq,  qattiq  va  gazsimonga 

ajratiladi.    Suyuq  radioaktiv  chiqindilar  sirasiga  kelgusida  ishlatishga  yaroqsiz 

organik  va  noorganik  suyuqliklar,  pulpa  va  shlamlar  kiradi,  ulardagi 

radionukleidlarning solishtirma faolligi suv bilan tushgandagi aralashuvlar darajasi 

qiymatidan 10 barobar oshiq bo’ladi.   

Qattiq  radioaktiv  chiqindilarga  o’z  resursini  ishlatib  bo’lgan  radionukleidli 

manbalar,  kelgusida  ishlatishga  mo’ljallanmagan  materiallar,  buyumlar,  asbob-

uskunalar,  biologik  ob’ektlar,  tuproq,  shuningdek,  qotirilgan  suyuq  radioaktiv 




 

528 


 

chiqindilar kiradi. Gazsimon radioaktiv chiqindilar sirasiga sanoat ishlab chiqarish 

jarayonlarida yuzaga keladigan, ishlatish mumkin bo’lmagan radioaktiv gazlar va 

aerozollar kiradi. 

Atrof-muhitni radioaktiv ifloslanishdan himoya qilish chora-tadbirlari tizimi: 

- tozalovchi asbob-uskunalar sonini maksimal darajada kamaytirishga intilish;   

-tozalash 

tizimlariga 

xizmat 

ko’rsatish 

va 

ta’mirlash 



maksimal 

avtomatlashtirilishini ta’minlash;  

- ish samaradorligi signalizatsiyasini ta’minlash; 

- xodimlar uchun xavfsiz ishlashni ta’minlash.  

Atmosferaga  tashlanmalarni  tozalash  bir  necha  usullar  bilan  amalga 

oshiriladi,  ularni  tanlash  havo  tarkibidagi  RMning  agregat  holati  va  fizikaviy-

kimyoviy  xususiyatiga  bog’liq.  Xususan,  radioaktiv  aerozollar  ingichka  tolali 

polimer  filtrlar  (AFA,  FPP  turidagi)  bilan  filtrlash  orqali,  gazlar  va  bug’lar  esa 

qattiq  yoki  suyuq  sorbentlar  yordamida  adsorbtsiyalash  yo’li  bilan  yo’qotilishi 

mumkin.  

Suyuq  va  qattiq  radioaktiv  chiqindilar  bilan  ishlash  tizimi  ularni  to’plash, 

saralash, qadoqlash, vaqtincha saqlash, ular saqlanishi uchun qulay sharoit yaratish 

(kontsentratsiyalash,  qotirish,  zichlash,  yoqish),  tashish,  uzoq  vaqt  saqlash  va 

(yoki) ko’mishni o’z ichiga oladi.  

Radiatsion halokatlardagi radiatsion xavfsizlik. 

Radiologik  ob’ektlarni  normal  loyihalashtirish,  qurish  va  ekspluatatsiya 

qilish  sharoitlarida  har  qanday  toifadagi  aholining  ortiqcha  nurlanishi  istisno 

qilinadi.  Biroq  ko’zda  tutilmagan  vaziyatda  radiologik  ob`yektlarda  ishlovchi 

xodimlar  uchun  ham,  atrofdagi  aholi  uchun  ham  o’ta  jiddiy  xavf  tug’dirishi 

mumkin.   

Radiatsion halokat — uskunalar nosozligi oqibatida ionlantiruvchi nurlanish 

manbaining boshqaruvi yo’qotilishi, xodimlarning noto’g’ri xatti-harakatlari, tabiiy 

ofatlar    yoki  boshqa  sabablar  tufayli  odamlar  yohud  atrof-muhitning  nazorat 



 

529 


 

qilinuvchi  shartlarda  belgilangan  qiymatlardan  oshadigan  miqdorda  radioaktiv 

ifloslanishi radioaktiv halokat deyiladi.   

Radiatsion halokatlarning eng ko’p uchraydigan sabablari:   

- INMni noto’g’ri saqlash; 

- INMdan foydalanish yoki konservatsiyalash qoidalariga rioya qilmaslik;   

-  INMni yo’qotib qo’yish yoki o’g’irlash;  

- nurlanish manbai bo’lgan texnikaning ishlamay qolishi; 

- yadro transport vositalarining yaroqsizligi; 

- yadro ob’ektlaridagi halokatlar; 

- tabiiy ofat oqibatida halokat; 

Radiatsion  halokatlar  lokal  (ma’lum  bir  joydagi),  mahalliy  va  umumiy 

(yoyilgan) turlarga bo’linadi. 

Lokal  halokat  -  radioaktiv  mahsulotlar  yoki  nurlanishlarning  uskunalar, 

texnologik  tizimlar,  binolar  va  inshootlarning  chegarasidan  normal  ekspluatatsiya 

uchun  belgilangan  qiymatlardan  chetga  chiqishiga  olib  keladi.  Bunda  binoda, 

inshootda  yoki  ish  maydonchasida  bo’lgan  xodimlar  (shaxsiy  tarkib)  normal 

ekspluatatsiya  uchun  yo’l  qo’yiluvchi  dozalardan  oshadigan  darajada  nurlanishi 

mumkin.  

Mahalliy halokat - radioaktiv mahsulotlar sanitariya-muhofaza zonasi (SMZ) 

hududida  normal  ekspluatatsiya  uchun  belgilangan  qiymatlardan  oshadigan 

miqdorda  chiqishiga  olib  keladi.  Bunda  ham  xodimlar  (shaxsiy  tarkib)  yo’l 

qo’yiluvchi dozalardan oshadigan darajada nurlanishi mumkin.  

Umumiy  halokat  -  radioaktiv  mahsulotlar  normal  ekspluatatsiya  uchun 

belgilangan  qiymatlardan  oshadigan  miqdorda  SMZ  chegarasidan  tashqariga 

chiqishiga  va  bunda  aholining  nurlanishi  va  atrof-muhitning  ifloslanishi 

belgilangan me’yorlardan oshishiga olib kelishi mumkin.   

1990  yilda  Atom  energiyasi  bo’yicha  xalqaro  agentlik  va  Iqtisodiy 

hamkorlik  va  rivojlanish  tashkilotining  yadro  energiyasi  bo’yicha  agentligining 

xalqaro mutaxassislar guruhi tomonidan Yadro va radiologik hodisalarning xalqaro 




 

530 


 

shkalasi (INES) ishlab chiqilgan bo’lib, uning yadro obyektlarida sodir bo’ladigan 

hodisalarning  xavfsizlik  nuqtai  nazaridan  ahamiyati  haqida  xabardor  qilib 

turadigan  qurol  sifatida  qilishi  mo’ljallangan.  Keyinchalik,  radiatsion  xavflar 

paydo  bo’lishiga  olib  keluvchi  har  qanday  hodisalarning  ahamiyati  haqida  xabar 

berib turish zarurati oshgani oqibatida INESga qo’shimchalar kiritildi. 2008 yilda 

RMXKga  radiatsion  halokatlar  va  hodisalar  darajalarining  quyidagi  tavsifnomasi 

tavsiya etilgan.  

INES shkalasi: 

7  DARAJA:  Yirik  halokat  —  insonlar  salomatligi  va  atrof-muhit  uchun  keng 

ko’lamdagi  asoratlar  qoldiruvchi,  rejalashtirilgan  va  uzoq  davom  etuvchi  qat’iy 

choralarni  amalga  oshirishni  talab  qiluvchi  yirik  radioaktiv  materiallar 

tashlanmalari (masalan, AESdagi halokat); 

6  DARAJA:  Jiddiy  halokat  —  rejalashtirilgan  qat’iy  choralarni  amalga  oshirishni 

talab  qilishi  ehtimoli  bo’lgan  salmoqli  radioaktiv  materiallar  tashlanmalari 

(masalan, AESdagi halokat); 

5 DARAJA: Keng asoratli halokat  — reaktor faol zonasining og’ir shikastlanishi: 

qurilma  doirasidagi  aholini  nurlantirishi  ehtimoli  yuqori  bo’lgan  radioaktiv 

materiallar  tashlanmasi,  shuningdek,  radioaktiv  materialning  cheklangan 

tashlanmasi,  u  ba’zi  rejalashtirilgan  qat’iy  choralarning  amalga  oshirilishini  talab 

qilishi mumkin. Nurlanish tufayli bir nechta o’lim hodisalari bo’lishi mumkin;  

4  DARAJA:  Lokal  asoratli  halokat  —  Eng  kamida  bitta  nurlanishdan  o’lish 

hodisasi  kuzatiladi.  Loyihada  ko’zda  tutilgan  zonadan  tashqariga  uncha  katta 

bo’lmagan  radioaktiv  material  tashlanmasi  ro’y  beradi.  Rejalashtirilgan  qat’iy 

choralarning amalga oshirilishi talab etilishi ehtimoli kam; 

3  DARAJA:  Jiddiy  hodisa  (masalan,  yo’qolgan,  o’g’irlangan  va  ko’zlanmagan 

joyga  yetkazib  berilgan  manba)  —  Ishchilar  uchun  o’rnatilgan  yillik  chegaradan 

o’n  marta  oshadigan  nurlanish.  Nurlanishdan  salomatlik  uchun  o’limga  olib 

kelmaydigan determinatsiyalangan samara (masalan, kuyishlar). Ishlash dozasidagi 



 

531 


 

nurlanish  dozasi  quvvati  1  Zv/s.dan  oshmaydi.  Loyihada  ko’zda  tutilmagan 

zonadagi kuchli radioaktiv ifloslanish; 

2  DARAJA:  Hodisa  -  aholining  10  mZv  dan  yuqori  nurlanishi.  Xodimning 

belgilangan  yillik  chegaralardan  oshadigan  nurlanishi  (masalan,  xavfsizlikni 

ta’minlash  vositalaridan  voz  kechish,  xavfsizlik  saqlangani  holdagi  yuqori  faol 

egasiz INM, yuqori faollikka ega yopiq INMning qadog’i buzilishi); 

ANOMALIYA  —  aholi  vakillarining  me’yordan  ortiqcha  nurlanishi 

(masalan,  INM  yo’qolishi  yoki  o’g’irlanishida,  tashish  vaqtida  noto’g’ri 

joylanganda). 

 


Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish