F. I. Salomova Bilim sohasi: 500000 – “Ijtimoiy ta’minot va sog’liqni saqlash” Ta’lim sohasi: 510000 – “Sog’liqni saqlash”


Odam organizmiga ta’sir ko’rsatadigan umumiy radiatsion fonning



Download 6,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet263/304
Sana01.01.2022
Hajmi6,66 Mb.
#304701
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   304
Bog'liq
Гигиена.Тиббий экология 5.01.2019

Odam organizmiga ta’sir ko’rsatadigan umumiy radiatsion fonning 

gigiyenik ahamiyati. 

Insonning  ionlantiruvchi  nurlanishlar  bilan  nurlanishi  ehtimoli  va  darajasi 

nafaqat  IN  manbalari  bilan  kasbiy  aloqadorlikka,  balki  atrof-muhit  radioaktivligi 

darajasiga ham bog’liq bo’ladi. 

Butun aholining nurlanishi 3 ta asosiy omillarga: tabiiy radiatsion fon, tibbiy 

muolajalar va atrof-muhitning radioaktiv ifloslanishiga bog’liq bo’ladi. Radiatsion 

fon quyidagilarga bo’linadi: 

- Tabiiy radiatsion fon (TRF); 

- Texnologik o’zgargan radiatsion fon (TURF); 

- Sun’iy radiatsion fon (SRF). 

     Tabiiy  radiatsion  fon  (TRF)  Yer  qobig’iga  bog’liq  bo’lmagan  ionlantiruvchi 

nurlardan (kosmik nurlanish) va yer qobig’iga bog’liq bo’lgan manbalardan tashkil 

topadi.  

Kosmik nurlanishlar birlamchi va ikkilamchi nurlanishlarga bo’linadi: 

Birlamchi  kosmik  nurlar  -  protonlardan  (92%),  alfa  zarrachalari  (7%)  va 

zaryadi  10  dan  ortiq  bo’lgan  atom  yadrolaridan  iborat.  Kosmik  nurlanishlar 

galaktika  tumanlaridan  va  quyosh  sathida  sodir  bo’ladigan  termoyadro 

reaktsiyalaridan hosil bo’ladi. 

Ikkilamchi  kosmik  nurlanishlar  -  kosmik  nurlar  yer  yuzasiga  yetib  kelishi 

jarayonida  atmosfera  havosi  tarkibidagi  atomlar  va  boshqa  kimyoviy  elementlar 

bilan  reaktsiyaga  kirishib,  boshqa  atom  va  molekulalarning  ionlantirish 

xususiyatiga  ega  bo’lgan  fotonlarni  hosil  qiladi.  Ularning  qiymati  geografik 

kenglikka  bog’liq:  uning  eng  yuqori  qiymati  geografik  qutb  kengliklarida 

kuzatiladi.  

       Yer qobig’iga bog’liq bo’lgan tabiiy radioaktiv manbalar-litosfera, gidrosfera, 

atmosfera, o’simliklarda va hayvon organizmlaridagi RM. Bu elementlarni shartli 

ravishda 3 guruhga bo’lish mumkin: 



 

509 


 

1.Uran  (

238

U),  toriy  (



232

Th  )  va  aktinouran  (

235

AcU)  oilasiga  mansub  bo’lgan 



radioaktiv tarkibga kiruvchi radioizotoplar.    

2.Yuqoridagi  oila  bilan  genetik  bog’liq  bo’lmagan  radioaktiv  elementlar:  kaliy 

(

40

K), kaltsiy (



48

Ca), rubidiy (

87

Ru) va b.q. 



3.Tog’ jinslari, yer qobig’ini tashkil qiluvchi moddalar, hamda tuproq tarkibidagi 

kosmik nurlanishlar ta’sirida to’xtovsiz hosil bo’lib turadigan radionuklidlar.  

Inson organizmiga to’g’ri keladigan o’rtacha yillik nurlanish dozalari. 

      Aholining  nurlanish  dozasiga    antropogen  manbalarda  ionlantiruvchi  nurdan 

foydalaniladigan rentgen diagnostika tekshirishlari eng katta hissa qo’shadi. O’zR 

aholisi  uchun  AES  dan  tashkari,  barcha  nurlanish  hisobiga  bo’ladigan  o’rtacha 

shaxsiy  samarali  nurlanish  dozasi,  taxminan  yiliga  3,5  mZv  (440  mkR/soat)  ni 

tashkil qiladi. 

Organizmga nurlanish ta’sirining biologik samarasi.  

       Nurlanishlarning inson  organizmga ta’siri 2 guruhga bo’linadi:  

-  1  guruh  —  somatik  (deterministik)  samaralar:  nurdan  kuyishlar,  katarakta  (ko’z 

gavharining  xira  tortishi),  nur  kasalligi,  gemopoezning  buzilishi,  bepushtlik, 

alopetsiya. 

-  2  guruh  —  stoxastik  samaralar:  genetik  buzilishlar,  umr  ko’rish  muddatining 

qisqarishi. 

Ushbu  samaralarning  har  biri  uchun  biologik  ta’sirning  ba’zi  bir 

xususiyatlari xos bo’ladi:   

Deterministik samaralar: 

-  Bo’sag’a  doza  samarasi  mavjudligi  (nurlanishning  boshlang’ichdan  oldingi 

dozasi bunaqangi biologik ta’sir ko’rsatmaydi); 

- Biologik o’zgarish qiymati nurlanish dozasiga to’g’ri proportsional. 

Stoxastik samaralar uchun:  

- Boshlang’ich doza yo’qligi;  



 

510 


 

        Ta’sir  samaraning  yuzaga  chikish  mumkinligi  nurlanish  muddatini  oshirish 

bilan  o’sib  boradi.  Natijada  genetik  o’zgarishlar,  xavfli  o’smalar,  umr  ko’rish 

muddatining qisqarishi yuzaga keladi.   

Ko’rsatilgan  samaralar  asosida  ionlantiruvchi  nurlanishning  hujayraga  

bevosita  yoki  bilvosita  (to’g’ridan-to’g’ri  va  to’g’ridan-to’g’ri  bo’lmagan)  ta’sir 

ko’rsatishi yotadi. 

        Ionlantiruvchi  nurlarning    hujayralarga  to’g’ridan-to’g’ri  (bevosita)  ta’siri: 

oqsil  molekulasini  parchalashi,  DNK  ning  jarohatlanishini  keltirib  chiqarishi, 

mustahkam  bo’lmagan  bog’larning  uzilishi,  radikallarning  ajralishi,  boshqa 

denaturatsion o’zgarishlarni kelib chiqishi.  

       Ionlantiruvchi  nurlarning    hujayralarga    bilvosita  ta’siri:    nurlangan 

hujayradagi    xromosoma  apparat  mexanizmining  jarohatlanishi;  hujayralarning 

tiklanishi  va  tabaqalanish  jarayonlarini  qurshab  olinishi,  birlamchi  jarayon 

hujayradagi suvga yutilgan nurlanish va yuqori aktivlikka ega bo’lgan ON+ yoki 

N+ ozod radikallarning hosil bo’lishi bilan belgilanadi.  

Hujayralardagi eng muhim o’zgarishlar: 

a)  nurlantirilgan  hujayralarda  bo’linish  mexanizmi  va  xromosomalar  apparati 

shikastlanishi;  

b)  hujayralarning  yangilanish  va  taqsimlanish  (differentsiyalanish)  jarayonlari 

to’silib qolishi (uzoq vaqtgacha bitmaydigan nurdan kuyishlar); 

v) proliferatsiya va to’qimalarning kelgusidagi fiziologik regeneratsiya (tiklanish) 

jarayonlari to’xtab qolishi (nurdan kuyish va boshqa jarohatlanishlar). 

Ionlantiruvchi  nurlarning  biologik  ta’siri:  umumiy  olingan  doza  qiymatiga, 

nurlanish  davomiyligiga,  radiatsiya  turiga  (tashqi,  ichki),  organlarning 

radiosezgirligiga;  hujayralarning  ta’sirchanligiga  va  individual  ta’sirchanlikka 

bog’liq bo’ladi. 

IN ta’sirida yuzaga keladigan jarohatlar va samaralar eng avvalo nurlantirish 

dozasi va uning organizmga ta’sir qilgan vaqtiga bog’liq bo’ladi. Agar IN  insonga 

o’zaro ta’sirining somatik samaralari yiliga 0,5 Zv (50 ber/yil) va undan kattaroq 




 

511 


 

dozadagi  muntazam  nurlantirishda  namoyon  bo’lsa,  unda  istalgan  dozadagi 

uzluksiz nurlantirish ta’sirida stoxastik samaralar xavfi oshishini  kutish mumkin.  

Shu sababli 1985 yildayoq qabul qilingan qarorga binoan, har qanday kichik 

dozadagi qo’shimcha nurlantirilish kantserogenez xavf oshishi bilan bog’liqdir. Bu 

qaror IN boshlang’ichsiz ta’siri kontseptsiyasiga muvofiq bo’lib, sobiq ittifoqning 

barcha respublikalarida o’z kuchini saqlab kelmoqda.   

 Tana  a’zolarining  radiosezgirligi.    Barcha  a’zolar  ham  IN  ta’siriga  birdek 

ta’sirchan  emas,  bu  esa  “radiosezuvchanlik”  (RS)  tushunchasi  bilan  ifodalanadi.  

Ular organlar sistemasiga ta’sirchanligi jihatdan 3 guruhga bo’linadi (9.1.1-jadval): 

yuqori, o’rtacha va past:  

9.1.1-jadval 

Yuqori RS 

O’rtacha RS 

Past RS 

Qizil ilik 

 Qorataloq   

Timus 


Limfa bezlar 

Jinsiy bezlar 

Ko’z gavhari 

Limfotsitlar 

Teri  

Mezoderma 



hosilalari 

 

(jigar, 



yurak, o’pkalar..) 

Mushaklar 

Suyaklar 

Asab tizimi 

 

Nurlantirish dozalarini gigiyenik me’yorlashtirishda a’zolarning radiosezuvchanligi 



hisobga olinadi. 


Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish