Havo tarkibidagi zararli kimyoviy moddalarni tekshirish usullari.
Eng maqbul tekshirish usullarini tanlash, tekshiriladigan aralashmalarning
tabiatiga, ularning kontsentratsiyalariga va tekshirish maqsadiga qarab belgilanadi.
Havo muhiti tarkibida bo’ladigan zararli moddalarni aniqlash uchun
o’ziga shu
moddalarni yutuvchi eritmalardan, vakkumli idishlardan, shishasimon shpritslardan
va qattiq sorbentlardan keng foydalaniladi. Oxirgi paytda atrof muhitdagi juda
kichik qiymatlardagi moddalarni (mikroaralashmalarni) kontsentrlash maqsadida
anorganik kimyoviy sorbentlar, plenkali va polimerli sorbentlardan foydalanish
keng tus oldi. Bular havo muhitidagi turli o’rinish va tabiatga ega bo’lgan va keng
diapozondagi qaynash haroratiga ega bo’lgan kimyoviy moddalarni ushlab qolish
samarasi juda yuqoriligi bilan ajralib turadi
.
439
Tekshirish usullarini ishlab chiqilishiga asos bo’luvchi printsiplari va tekshirish
texnikasi bo’yicha ular uch guruhga bo’linadi:
1.Standart shkalalar bo’yicha eritmalarni kolorimetrlash usuli (ayrim hollardagina
qo’llanadi)
2.Reaktiv qog’ozlar yordamida kolorimetrlash (statik yoki dinamik usullar)
3.Kolorimetrlashdagi chiziqli kolorimetrik usulllar bo’lib, bunda indikator
kukunlarini qo’llash orqali tekshirish o’tkaziladi.
Reaktiv qog’ozlar yordamida havodagi zararli moddalarning miqdorini aniqlash
va ro’yobga chiqarishdagi tezkor usullar ikkinchi guruhga kirib, tekshiriluvchi
modda ta’sirida qog’ozdagi rangning o’zgarishiga asoslangan. Statik usulda
moddaning kontsentratsiyasini aniqlash uchun reaktiv qog’oz tasmasini
tekshiriluvchi havoga osib qo’yiladi. Havoga osilgan muddat (ekspozitsiya) ni
hisobga qog’oz rangining o’zgarishigacha ketgan vaqtga qarab moddaning
kontsentratsiyasini aniqlanadi. Dinamik usulda esa, tekshiriluvchi havo ma’lum
tezlikda reaktiv qog’oz tasmasi solingan naycha bo’yicha o’tkaziladi. Bunda
moddaning kontsentratsiyasini qog’oz tasmasining rang o’zgarish uzunligiga qarab
yoki rang o’zgarishining jadalligiga qarab aniqldanadi. Rangning jadalligini, qalin
filtr qog’ozida sun’iy hosil qilingan standart dog’larga taqqoslash orqali bajariladi.
Agar reaktiv qog’ozdagi rang o’zgarmas bo’lsa, u holda tabiiy standart
shkalalardan foydalaniladi. Bunday standart shkalani tayyorlash uchun
tekshiriluvchi moddaning oldindan aniq kontsentratsiyasi ta’siriga uchratish orqali
olish mumkin.
Keltirilgan usullarga misol sifatida havodagi simob bug’larini aniqlashni
keltirish mumkin. Simob bug’larining havodagi ruxsat etiladigan kontsentratsiyasi
0,01 mg/m
3
ga teng. Havodagi simob bug’larini aniqlash uchun quruq reaktiv
qog’ozlardan foydalaniladi, buning bu qog’ozlarni ishlab chiqarish muhitining turli
joylariga o’rnatilishi kerak. Agar havoda simob bug’lari bor bo’lsa, qog’ozning
rangi qizil krem rangidan sariq-pushti ranggacha o’zgarishi mumkin (simob-mis-
yodli tuz -qizil rangli modda). Reaktiv qog’ozlarni ish joylariga osib, krem
440
rangining sariq-pushti rangga o’tguncha sarflangan vaqti belgilanadi. Rang
o’zgarish vaqtiga qarab, havodagi simob bug’larining tahminiy kontsentratsiyasini
aniqlash mumkin.
Qog’ozdagi rangning o’zgarishi boshlanishini hisobga olib, uning to’liq sariq-
pushti rangga o’tishi orasidagi vaqtga qarab, havodagi simob bug’ining miqdori
topiladi.
Rang hosil
bo’lish
vaqti, min
15
20
30
50
90
180
360
1440
Simob bug’i
konts-si,
mg/m
3
0,7
0,3
0,2
0,09 0,06
0,03
0,02
0,01
Reaktiv qog’ozlarni tayyorlash. 10% kaliy yodidi va 10% mis sulfati
eritmasining teng hajmda aralashtiriladi. Hosil bo’lgan cho’kmani 2-3 marta
distillangan suv bilan yuviladi, so’ngra 1% kaliy yodid eritmasi va 1% li natriy
sulfat eritmalari bilan yuviladi va yana suv bilan yuviladi. Cho’kmani kichkina
stakanga olinadi va unga yarim suyuq pasta hosil bo’lguncha ozginadan etil spirti
qo’shiladi. Hosil bo’lgan pastani paxta tamponi yoki cho’tka yordamida filtr
qog’ozning bir tomoniga surtiladi. Qog’ozni xona haroratida quritiladi va
eksikatorda saqlanadi.
Chiziqli-kolorimetrik usul indikator naychasiga solingan indikator kukuni
orqali tekshiriluvchi havoni o’tkazilganda rang o’zgarish ustunini hosil bo’lishiga
asoslangan. Indikator naychada tekshiriluvchi modda bilan indikator kukuni
o’rtasida reaktsiya ketib, rangli mahsulot hosil bo’ladi. Hosil bo’lgan rangning
balandligi havodagi tekshiriluvchi moddaning kontsentratsiyasiga praportsional
holda bo’ladi.
Reaktiv sifatida turli xildagi kukunsimon materiallardan foydalaniladi. Ular
o’rtasida eng samaralisi fosfor va silikagel hisoblanadi. Fosfor va silikagel kukuni
donachalariga reaktivni o’tkazish, kukunni reaktiv eritma bilan ishlov berish orqali
441
amalga oshiriladi. Bunda o’zida reaktiv tutuvchi kukunning hajmi eritma
kontsentratsiyasiga teng hajmda bo’lishi kerak.
Indikator kukunidan unumli samara olish uchun indikator naychaga solinadigan
indikator kukunining ustuni va indikator naychasining diametri, kukunni
jipslashtirish, hamda naycha orqali o’tkaziladigan havo tezligi har doim birxil
bo’lishi zarur.
Indikator naychalar yordamida gaz (bug’) ni aniqlash sharoiti havo bilan
tekshiriluvchi moddaning aralashmasini sun’iy tarzda tajriba orqali belgilanadi.
Ishlab chiqarish muhitida bo’ladigan zararli gazlar va bug’larni tezlikda
aniqlash uchun maxsus asboblar yaratilgan bo’lib, unga misol qilib UG-1,
UG-2 keltirish mumkin.
Ko’tarib yuriladigan UG-2 turkumidagi universal gazoanalizator ishlab
chiqarish muhiti havosi tarkibida bo’ladigan quyidagi zararli gazlar va moddalarni
aniqlash uchun mo’ljallangan: oltingugurt angidridi, azot oksidlari, neft
uglevodorodlari, atsetilen, benzin, is gazi, toluol, vodorod sulfid, ksilol, xlor,
atseton, uayt-spirt, ammiak, etil efiri.
Komplekt tarkibiga quyidagilar kiradi:
1.Silfon va 3 shtok bilan havo olish moslamasi;
2.U yoki bu gaz (bug’) ni aniqlash uchun maxsus komplektli korobkalar (zahira
qismlari).
UG-2 turkumidagi gazoanalizatorning ishlash printsipi, o’zida zararli
moddalarni tutuvchi tekshiriluvchi havoni, havo so’rish moslamasi yordamida
indikator naychalari orqali o’tkazishga asoslangan. Indikator naychada rangli
ustunning hosil bo’lishi indikator naychaga to’ldirilgan kukundagi reaktiv bilan
tekshiriluvchi havo tarkibidagi zararli moddaning reaktsiyaga kirishishi natijasida
hosil bo’ladi. Indikator kukunidagi rangli ustunning balandligi, tekshiriluvchi
havo tarkibidagi teshiriluvchi gazning kontsentratsiyasiga praportsional bo’ladi va
u har bir modda uchun maxsus tayyorlangan indikator shkalalari bilan taqqoslanib
topiladi. Shkala moddaning mg/m
3
dagi miqdori bo’yicha darajalangan. Asbobni
442
ishga tayyorlash. Tekshirish o’tkazishdan oldin, havo olish moslamasining
germetikligi tekshiriladi. Buning uchun moddaning xususiyatiga muvofiq
tekshiriluvchi havodan so’rib olinadigan hajmni hisobga olib, tegishli silfon
tanlanadi va silfondagi son (100, 200,300, 400 kabi) ni fiksator tarafga qaratib,
silfonni kuch bilan pastga tushiriladi va oxirgi belgi (chuqurcha) gacha olib
boriladi. Bunda fiksator ana shu chuqurchaga tushib silfonni shu holda ushlab
qoladi. Rezina naychani bukiladi va qisqich bilan siqib qo’yiladi. So’ngra
fiksatorni tortish orqali silfonni bo’shatiladi. Agar 10 daqiqa davomida shtok
yuqoriga siljimasa, demak asbobning havo so’rish moslamasi jarohatlanmagan,
aniqlashni o’tkazish mumkin.
Indikator naychasini to’ldirish. Indikator naychasining bir tomoniga shtir
(metall sim) yordamida balandligi 0,5 sm oshmaydigan miqdorda gigroskopik
paxta tiqiladi va jipslashtiriladi, lekin paxta tiqini orqali havo yaxshi o’tadigan
bo’lishi kerak; maxsus voronka yordamida tekshiriluvchi moddaga muvofiq
indikator kukunini naychaga solinadi va naycha devoriga urib turish orqali kukun
jipslashtiriladi, so’ngra naychaning ikkinchi uchiga ham huddi birinchi kabi paxtali
tiqin tiqiladi. Naychaga solingan indikator kukunining balandligi 68-70 mm dan
oshmasligi kerak. Naychani kukun bilan to’g’ri to’ldirilishi va jipslashtirilishi
shtokning ariqcha bo’ylab yuqorigi nuqtasidan pastki nuqtasigacha o’tish vaqti
bilan nazorat qilinadi. Bu vaqt har bir tekshiriluvchi gazning shkalasi yorlig’ida
ko’rsatilgan bo’ladi.
O’lchashni o’tkazish qoidasi: Muayyan modda uchun belgilangan havo hajmini
tortish uchun silfon tanlanib, uni asbobga o’rnatiladi. Oldindan tayyorlab qo’yilgan
indikator naychasini rezina naycha orqali asbobga ulanadi va ishchining nafas olish
mintaqasi darajasida ushlab siqilgan silfonni bo’shatib yuboriladi. Kerakli
hajmdagi tekshriluvchi havo indikator kukuni orqali so’riladi va agar havo
tarkibidan tekshiriluvchi moddaning kontsentratsyasi yuqori bo’lsa, indikator
kukuning rangi o’zgaradi. Havo so’rish tugagandan so’ng, indikator naychasida
hosil bo’lgan rang ustunini etalon shkalasiga taqqoslanadi. Rangi o’zgargan kukun
443
ustuni havodagi tekshiriluvchi moddaning tahminiy kontsentratsiyasiga muvofiq
keladi. Havodagi zararli gazlar va bug’larni tez indikatsiya qilish va miqdorini
aniqlash kolorimetrik
usulda ham bajarilishi mumkin, buning uchun donador
ximsorbentlar-indikatorlardan foydalanish kerak.
Kolorimetrik usulning chiziqli-kolorimetrik usuldan farqi shundan iboratki,
tekshiriluvchi moddaning miqdori, rang ustuniga qarab emas, balki hosil bo’lgan
rangning jadalligiga qarab aniqlanadi. Kolorimetrik usul bilan havodagi azot
oksidlari, ozon, qo’rg’oshin, simob va b. aniqlanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |