Funktsional holatni tekshirish usullari
.
Aqliy mehnat bajarganda ishchilar organizmidagi fiziologik holatlarni
quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi:
A) yorug’lik yoki ovozli ta’surotlarga bo’ladigan harakatli javob ta’sirlanishning
yashirin vaqtini aniqlash;
B) MNS funktsional holatini aniqlash
MNS funktsional holatini ta’riflash uchun ish kuni mobaynida ta’sirotlarga
organizmning javob ta’sirlanishining kelib chiqishiga bo’lgan yashirin davri
aniqlanadi. Markaziy nerv faoliyatining funktsional holatini ta’riflash uchun
ko’rish-harakat va eshitish-harakat ta’sirlanish kelib chiqquncha bo’lgan latent
vaqtni o’lchash metodikasi qo’llanadi. Tajribani o’tkazish uchun avval
tekshiriluvchiga tajriba o’tkazish tartibini og’zaki tarzda tushuntiriladi.
Organizmning javob ta’sirlanishi kelib chiqquncha ketgan vaqtni aniqlash usuli eng
ob’ektiv usul hisoblanadi. Javob ta’sirlanishning yashirin davrining davomiyligini
aniqlash xronorefleksometr yordamida amalga oshiriladi. Tekshiriluvchida dastlab
eksperiment o’tkazuvchi tomonidan beriladigan ta’surotlarga (shartli ta’surotlarga)
shartli refleks hosil qilinadi. Shartli ta’surotlar sifatida yorug’lik nuri yoki tovush
signallarini qo’llash mumkin.
Har bir tekshirishda tekshiriluvchi albatta ilgaridan so’z orqali
tushuntirishlarni olishi shart. Masalan, “Mening “diqqat” degan so’zimdan keyin
Siz mana bu knopkani bosishingiz kerak. Sizning oldingizdagi apparatda oq yoki
ko’k yoki bo’lmasa yashil rangli lampochka yonadi. Sizga beriladigan oq yoki ko’k
rang so’zini eshitingiz bilan berilayotgan shartli ta’sirotning rangiga mos kelsa
qo’lingizni knopkadan darhol olishingiz kerak. Agar berilgan shartli ta’surotda
yashil rangli lampochka yonsa Siz qo’lingizni knopkadan olmaysiz”.
Tekshiriluvchida berilayotgan yorug’lik nuri yoki ovozli signallarga dinamik
stereotipning shakllanib qolmasligini oldini olish maqsadida borilayotgan signallar
459
3-5-10 sek oralig’ida berilishi kerak. Tabaqalashtirilgan yoki ajratilgan signallar
(yashil rangli lampochkaning yonishi) har 4 ta’sirotdan so’ng (2 oq va 2 ko’k rangli
ta’surot) beriladi ya’ni ijobiy ta’surot.
Har bir tekshirishda 10 ijobiy va 2
salbiy yorug’lik ta’suroti, quyi chastotali 2ta ijobiy va 1ta salbiy yuqori chastotali
tovush ta’surotlari beriladi. Keyin turli rangdagi murakkab hamda oddiy rangli
ta’surotlarga olingan javob ta’sirlanishlar natijasi statistik ishlovdan o’tkaziladi.
Yashirin davrning davomiyligi millisekundlarda ifodalanadi. Odatda
yorug’lik ta’sirotlariga bo’lgan ta’sirlanish tovush ta’sirlariga bo’lgan javob
ta’sirlanishdan qo’proq. Oddiy rangli ta’sirotlarga bo’lgan javob ta’sirlanish
murakkablarga nisbatan kamroq. Toliqishning yuzaga kelishi oqibatida javob
ta’sirlanish vaqti uzayib ketadi. Agar millisekunddan ortib ketsa, javob ta’sirlanish
ancha o’zgargan deb baholanadi.
Latent davri vaqt miqdori dinamika bo’yicha
o’zgarsa har kuzatiladigan xatolarning foiziga qarab markaziy nerv faoliyatining
funktsional o’zgarishi haqida fikr chiqariladi. Ta’sirotlarga bo’ladigan javob
ta’sirlanishning latent davrining uzayib ketishi hamda tez-tez xatoliklarga yo’l
qo’yish ish kunining oxiriga kelib ortib ketsa (tekshiriluvchiga salbiy ta’surot –
yashil rang berilganda knopkadan qo’lini olib yuborsa) ishchilarda aqliy mehnat
qobiliyatining umumiy
pasayganligi haqida fikr yuritiladi (tormozlanish
jarayonining ustunligi). Ushbu fiziologik test ko’rsatkichlari organizmning
umumiy reaktivligi holatini ham tasvirlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |