F. I. Salomova Bilim sohasi: 500000 – “Ijtimoiy ta’minot va sog’liqni saqlash” Ta’lim sohasi: 510000 – “Sog’liqni saqlash”


Toksikologik tekshiruvlarning metodologik  asoslari



Download 6,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/304
Sana01.01.2022
Hajmi6,66 Mb.
#304701
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   304
Bog'liq
Гигиена.Тиббий экология 5.01.2019

Toksikologik tekshiruvlarning metodologik  asoslari 

"O’zR  da  Davlat  sanitariya  nazorati  haqida"gi  Qonun  gigienik-toksikologik 

tekshirishlardan  o’tmagan  va  ularning  tashqi  muhit  ob’ektlarida  bo’lishi  uchun 

ruxsat  etilgan  me’yorlari  ishlab  chiqilmagan  bo’lsa,  bu  kimyoviy  preaparatlarni 

qo’llash  va  ulardan  foydalanish  qat’iyan  taqiqlanadi.  Shuning  uchun  sanitariya 

vrachi  yangitdan  ishlab  chiqilgan  va  foydalanishga  tavsiya  etiladigan  har  qanday 

kimyoviy  preparatni gigienik  va  toksikologik  tekshirishlardan o’tkazish  tartibi  va 

kimyoviy  moddalarga  gigienik  reglamentlarni  o’rnatish  haqidagi    tushunchalarga 

ega bo’lishi kerak. 

      “O’zbekiston  Respublikasi  Davlat  sanitariya  nazorati"  haqidagi  Qonun  (1992 

y)  inson  faoliyatining  hamma  sohalarida  toksikologik  baholashdan  o’tmagan 

kimyoviy  moddalarni  qo’llashni  taqiqlaydi.  Shunga  bog’liq  holda  harqanday 




 

449 


 

yangitdan  sintezlangan  kimyoviy  moddani  amaliyotda  qo’llashdan  avval  uning 

iqtisodiy  samaradorligi  yoki  boshqa  xususiyatlaridan  qat’iy  nazar  toksikologi-

gigienik  baholashdan  o’tkazilishi  shart.  Bunday  tekshirishlarning  asosiy  maqsadi 

yangi kimyoviy moddaning odam organizmi uchun havflilik darajasini o’rnatish va 

agar  uni  qo’llash  mumkin  bo’lgan  taqdirda  -  atmosfera  havosi,  ishchi  zonasi 

havosi,  suv,  tuproq,  oziq-ovqat  mahsulotlari  uchun  gigienik  reglamentlarini 

aniqlash hisoblanadi.  

  Gigieno-toksikologik tekshirishlar bir nechta bosqichda o’tkaziladi: 

1-bosqich  -  modda  yoki  preparatning  fizik-kimyoviy  xossalarini    (agregat  holati, 

solishtirma og’irligi, hidi, suv yoki boshqa muhitlarda erishi xususiyatlari kabilar), 

hamda moddaning qo’llanishi mumkin bo’lgan sohasini tavsiflash; 

2,3,4  -  bosqichlar  -  bevosita  toksikologik  tekshirishlar.  Bunday  tekshirishlari 

laboratoriya  hayvonlarida  o’tkaziladi,  buning  ko’pincha  oq  sichqon  yoki  oq 

kalamush,  ammo  turlarga  doir  sezgirchanligini  baholash  maqsadida  boshqa 

laboratoriya  hayvonlaridan  ham  foydalanish  mumkin.  Odam  organizmiga 

moddaning  qanday  yo’llar  bilan  tushishi  mumkinligini  hisobga  olib,  moddani 

hayvon  organizmiga  yuborish  harxil  yo’llar  bilan  bajarilishi  mumkin:  oshqozon-

ichak  yo’li  orqali,  ingalyatsion  yo’l  bilan,  shikastlanmagan  teri  orqali  kabi. 

Toksikologik  tekshirishlarda  ko’pincha  moddani  hayvon  organizmiga  birnechta 

yo’llar  orqali  yuborish  bilan  tekshirishlar  o’tkaziladi.  Preparatni  yuborishdagi 

muhim  usllardan  biri  oshqozon  ichiga  yuborish  hisoblanadi,  chunki  bu  usulda 

hayvonning  1kg  vazniga  nisbatan  kimyoviy  moddaning  aniq  dozasini  yuborishga 

erishish mumkin. Ingalyatsion ta’sir ettirish maxsus zaharlash kameralarida amalga 

oshiriladi, bunda ham belgilangan kontsentratsiyani nafas orqali yuborish sharoitini 

yaratish  mumkin.  Preparatni  teri-rezorbtiv  ta’sirini  baholash  uchun  jundan 

tozalangan  teriga  surkash  yoki  hayvonni  qimirlamtmasdan  ushlash  holatida  uning 

dumini  (sichќon  yoki  kalamush)  tekshiriluvchi  modda  solingan  idishga  tushirish 

orqali sinash mumkin.  



 

450 


 

    2 bosqich - o’tkir tajribani o’tkazish. Bu tekshirish bosqichining asosiy vazifasi 

quyidagilardan iborat: 

-o’tkir  ta’sir  harakterini  aniqlash  va  o’tkir  zaharlanish  holatining  belgilarini 

tavsiflash,  qaysi  organ  yoki  sistema    ko’proq  darajada  shu  modda  ta’siriga 

uchraganligini ruyobga chiqarish

-LD

16

,  LD



50

,  LD


84

  (yoki  CL

116,  50,  84

)  va  shunga  muvofiq  shu  ko’rsatkichlar 

bo’yicha preparatning zaharlilik sinfini aniqlash. 

    Ko’rsatilgan  vazifalarni  hisobga  olib  o’tkir  tajriba  bir  necha  guruhdagi 

hayvonlarda  o’tkaziladi  (sichqon  bo’lsa  har  guruhda  10  tadan  kam  bo’lmasligi, 

kalamushlar  bo’lsa  -  6  tadan  kam  bo’lmasligi  kerak).  Zaharlashni  boshlashdan 

oldin  hayvonlarning  tortish  orqali  vazni  aniqlanadi  va  har  bir  hayvon  uchun 

yuboriladigan 

doza 

hisoblanadi 



(oshqozon 

ichiga 


yuborish). 

Preparat 

yuborilgandan  so’ng  2  hafta  davomida  hayvonlar  kuzatilib  boriladi  va  klinik 

zaharlanish belgilari sodir bo’lsa, ularni yozib olinadi. Bunday tashqari o’tgan vaqt 

mobaynida  guruhdagi  hayvonlarning qanchasi  zaharlanish  orqali o’lgani va o’lish 

muddati ham yozib boriladi. Moddaning ichki organlarga ta’sirini baholash uchun 

o’lgan hayvonlarni yorib, ichki organlarni makroskopiyadan o’tkaziladi. Zaruriyat 

tug’ilsa,  gistologik  tekshirishlar  uchun  har  bir  organdan  mikropreparat 

tayyorlanadi.  O’tkir  zaharlanish  parametrlari  o’lgan  hayvonlarning  foizlardagi 

qiymatiga muvofiq maxsus usullar bo’yicha hisoblanadi (probit-analiz). 

   3 bosqich- oraliq zaharlanishni aniqlash. Asosiy vazifalar: 

-oraliq zaharlanishning klinik belgilarini aniqlash; 

-moddaning kumulyativlik xossasini aniqlash 

    Buning  uchun  bir  necha  guruh  hayvonlarga  har  kuni  LD

50

  ning  1/5,  1/10, 1/20 



miqdoridagi  dozalarda  yuborilib  turiladi.  Moddani  hayvon  organizmiga  yuborish 

bir oy davomida amalga oshiriladi. Shu vaqt davomida oraliq zaharlanish belgilari 

aniqlanib, klinik holat tavsiflab boriladi, o’lgan hayvonlar hisobga olinadi, hamda 

dinamikada (mas., har 10 kunda) integral ko’rsatkichlar tekshiriladi (hayvonlarning 

vazni,  qonning  umumiy  analizi  va  h.k).  Bundan  tashqari  zaharlanishdagi  klinik 



 

451 


 

holatni hisobga olgan  holda ko’proq  ma’lumot  beruvchi boshqa  tekshirishlar ham 

o’tkazilishi  mumkin.  Olingan  natijalar  asosida  moddaning  kumulyativlik 

koeffitsienti  hisoblanadi  va  keyingi  bosqichlarda  foydalanish  uchun  eng  sezgir 

ko’rsatkichlar tanlanadi. 

   4  bosqich  -  surunkali  ta’sir  ettirilgandagi  preparatning  zaharliligini  aniqlash. 

Asosiy vazifalari:  

-gigienik  reglamentlarni  hisoblash  uchun  surunkali  ta’sir  bo’sag’asini  (Lim 

chr



aniqlash. 



    Surunkali tajriba bir necha guruhdagi hayvonlar organizmiga preparatning LD

50

 



ga nisbatan 1/20, 1/50, 1/100 kabi dozalarini yuborish orqali bajariladi. Preparatni  

4 oy davomida har kuni hayvon organizmiga yuboriladi (ayrim tekshirishlarda 6-10 

oy  va  hattoki  hayvonning  butun  umri  davomida  yuborish).  Tajriba  davomida 

hayvonlarning tashqi ko’rinishi, xulqiga e’tibor qaratiladi, vazni dinamikada (mas., 

har  oyda  bir  marta)  tekshiriladi,  keng  doiradagi  integral  ko’rsatkichlar  (vazni, 

qonning umumiy analizi, turli biokimyoviy va funktsional ko’rsatkichlar), zaruriyat 

tug’ilsa,  maxsus  ko’rsatkichlar  (mas.,  immun  sistemasi  holatini  belgilovchi 

ko’rsatkichlar,  xujayralardagi  genetik  apparatning  buzilishi,  embriotoksik  yoki 

kantserogenli,  allergenli  ta’sirlar)  tekshiriladi.  Tajriba  yakunida  o’rganilgan  yoki 

yuborilgan  qaysi  doza  yoki  kontsentratsiya  hayvonlar  organizmida  kamroq 

(bo’sag’a)  o’zgarishlarini  chaqirishi  mumkinligi  aniqlanadi.  Shuning  o’zi  Lim

chr 


,bo’ladi. 

    Lim


chr

  asosida  REK  hisoblab  topiladi.  Bunda  hayvon  organizmiga  nisbatan 

odam organizmi ancha sezgir ekanligini hisobga olinadi, shuning uchun hisoblash 

formulasiga albatta zahira koeffitsienti  (ZK) kiritiladi. Bu koeffitsientning qiymati 

moddaning zaharlilik parametrlariga, uning maxsus ta’sir ko’rsatish mumkinligiga 

va b.ga bog’liqdir. Zahira koeffitsienti maxsus jadval bo’yicha hisoblanadi. Odatda 

bu moddaning hamma xususiyatlarini hisobga olgan holda Lim

chr


 ga nisbatan 5-10 

marta  kamaytirilib,  maxsus  ta’sir  xususiyati  aniqlanganda  100  martagacha 

kamaytirilib olinishi mumkin.  



 

452 


 

    REK hisoblashda u qaysi muhit uchun ekanligi hisobga olinadi. Mas., suv uchun 

REK  ni  hisoblashda,  mas.,  bizning  region  uchun  organizmning  kunlik  suvga 

bo’lgan  ehtiyoji  kuniga  4  l  tashkil  etsa,    suv  orqali  organizmga  tushadigan  shu 

moddaning miqdori  zahira koeffitsentini hisobga olganda,  Lim

chr


  dan oshmasligi 

kerak.  


Bunday  hisoblashning  soddalashtirilgan  sxemasi  quyidagi  misolda  namoyish 

etilishi mumkin. 

    Suv  uchun  REK  hisoblash  misoli:  tekshiriluvchi  preparat  o’rtacha  havfli 

moddalar  guruhiga  kiradi,  kumulyativlik  xususiyati  juda  past,  maxsus  ta’sir 

xususiyatiga  ega  emas  (ZK  =10).  Surunkali  ta’sir  bo’sag’asi  hayvonlarning  1kg 

vazniga  1  mg  ni  tashkil  etadi  (1mg/kg).  Demak,  70kg  vaznli  odam  organizmi 

uchun kunlik havfsiz doza quyidagicha bo’ladi: 

(1  x  70)  : 10  =  7  mg.  Moddaning  bunday  miqdori  4  litr  suvda  bo’lishi  mumkin, 

ya’ni suv uchun REK  7mg : 4 = 1,75 mg/l ni tashkil etadi. 

  Bundan  keyin  o’qituvchi  talabalarga  zaharlash  kameralarini,  preparatlarni 

oshqozon  ichiga  yuborish  uchun  qo’llanadigan  zondni  va  oshqozonga  moddani 

qanday  yuborish  kerakligini  amalda  ko’rsatadi  (eritilgan  spirtni  hayvon 

oshqozoniga  yuborish).  Talabalarga  hayvondagi  zaharlanish  belgilarini  yozib 

borish tasiya etiladi. 

V


Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish