rivojlanishi tez sodir bo’ladi, atrofdagilarni taniy boshlash, ajratish kabi hislatlar
paydo bo’ladi. Masalan, yaqin odamlarni, uy muhitini va h.k. Bola shaxs sifatida
rivojlanadi. Bu uning turli xil faoliyati miqdoran o’zgarishi bilan ta’riflanadi:
ko’rish - yaltiroq buyum, rang va yorug’likka reaktsiyasi, hamda emotsiyalarning
Hayotining uchinchi yilida bolalarda mustaqil ish qilish faoliyati, gapirib
murojaat qilish, fikrlashning rivojlanishi, yaratuvchanlik va o’z –o’zini anglash –
ya’ni men o’zim bajara olaman», «ashula ayta olaman», «so’zlay olaman» va
Uch yoshida bola jismonan ancha pishiqroq bo’ladi, ish qobiliyati ortadi.
Bosh miya po’stloq qismi rivojlanib, tormozlanish xususiyatlari ko’payadi, lekin
uchun bir xil harakatlarning qaytarilishidan tez charchab qoladilar. Masalan, 3
yoshli bolalar uzoq muddat kutishga, turishga qodir emas, bu narsalar ularni
275
charchatadi. Ular bir xildagi o’yinlarni doim o’ynay olmaydilar yoki bir xildagi
ertaqlarni doim tinglay olmaydilar.
Bolalarning fikrlashi tez rivojlanadi, ya’ni bu tabiatni anglash – o’simlik va
hayvonot dunyosini, kattalar mehnati haqida tasavvurga ega bo’ladilar, ularga
taqlid qiladilar, kattalar bilan muloqatda bo’lganda ularni tushunadilar.
3 yoshli davrda bolalarda muloqatda bo’lish va fikrlash xususiyatlari
quyidagicha namoyon bo’ladi: 1500 tagacha so’zlarni biladilar, she’r va ashulalarni
tez va osonlikcha eslab qoladilar, rasm chiza boshlaydilar, turli xil o’yinlar
o’ynaydilar, 15-20 gacha sanashlari, o’zlari mustaqil kiyinishlari mumkin,
qo’llarini yuvib, minnadorchilik bildira oladilar.
Bunda ularning bilimlarini va ko’nikmalarini chuqurlashtirish va kengaytiriladi
(ularning turli xil bilimlari, ishlarini rag’batlantirish kerak). Bularning hammasi
morfologik jihatdan yetilishi va 6-7 yoshli bolalar katta miya yarim sharlarida turli
xil zonalarining funktsional birlashuvi tufayli sodir bo’ladi (M.N.Koltsova).
Shuning uchun bu yoshdagi bolalar yuqori emotsional –odamlarni o’ziga
qaratadigan, shirin bo’ladilar, lekin boshqa narsalarga tez chalg’ib ketadilar.
6 yoshdan boshlab diqqat qilish mexanizmi paydo bo’ladi. Tasvirli fikrlash,
emotsiyalar ustun turadi, yaxshi rasm chizadi, ko’rgan va o’ylagan narsalari bir-
biriga mos keladi. Shuning uchun ularni o’qitish jarayoni ko’rgazmali o’quv
qurollari orqali amalga oshiriladi.
7 yoshga kelib ish qobiliyati darajasi va bioritmal reaktsiyalar harakteri bir
tekisda ortib boradi. Xususan, bolalarning diqqati va ish qobiliyati ertalab
ko’tarilgan bo’ladi va bu oliy nerv faoliyatiga, yoshiga bog’liqdir.
Bolalarda dinamik stereotip hosil qilish uchun shartli reflektor reaktsiyasini
kun tarkibiga to’g’ri kiritish lozim. Dinamik stereotip deganda bosh yarim
sharlaridagi fiziologik reaktsiya va ma’lum bir ritmning ishlab chiqarish tizimi
tushuniladi va shartli, shartsiz reflektorlarni boshqarib turadi.
276
Misol uchun bolada ma’lum bir uyqu reflektori hosil bo’ldi deylik bola o’sha
vaqtga kelib uxlaydi yoki ma’lum bir vaqtda ovqatlanish reflektori hosil bo’lsa
o’sha vaqtda bolaning qorni och qoladi.
Dinamik stereotip kun tartibining tuzilishiga bog’liq bo’ladi, shuning uchun kun
tartibiga quyidagi asosiy talablar qo’yiladi:
1.
Kun tartibidagi har xil faoliyatlar davomiylik ko’rinishini almashtirib turish kerak
(jismoniy tarbiya. o’qish, mehnat qilish).
2.
Dam olishning asosiy vaqtini ochiq havoda o’tkazish.
3.
Bolalarning uyqu soatlari yoshga bog’liq bo’lishi.
4.
Yosh guruhiga qarab ovqatning me’yori va sifati to’liq bo’lishi.
5.
Kun tartibining hamma komponentlari bolaning yoshiga va salomatlik
ko’rsatkichi bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: