hayot siklini shartli ravishda uchta bosqichga bo’lish mumkin: yetilish, yetuklik va
qarish davrlari. Organizmning bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o’tish davrini
belgilash uchun uning o’sish, rivojlanish atrof muhit bilan (shu jumladan ijtimoiy
258
Yangi tug’ilgan chaqaloq tashqi muhitga mutlaqo o’rganmagan bo’ladi.
Uning organizmi to’liq yetilishi uchun ko’p yillar, uzoq davom etadigan o’sish va
rivojlanish davrlari kechishi lozim.
O’sish deganda biz to’qima va a’zolar hujayralari ko’payishi, yangi
to’qimalar hosil bo’lishi hisobiga umumiy massasining ortishini tushunamiz.
Rivojlanish – bu sifat, o’zgarishi bo’lib, a’zo va to’qimalarning differentsiyalanib
shakllanishi, mukammallanishi va o’zga funktsiyalari paydo bo’lishidir. O’sish va
rivojlanish bir-biri bilan o’zaro dialektik birlikda, bog’lanishda. Bu organizm hayot
jarayonining ikki tomoni bo’lib, uning asosida moddalar va energiya almashinuvi
yotadi. O’sish jarayoni bolalik va yoshlik davrida ayniqsa jadal kechadi va yetuklik
davriga kelib asosan tugallangan bo’ladi. Rivojlanish esa yetilish davrida jadal
kechsada, lekin u inson hayotining oxirigacha davom etadi.
Yetilish davri jinsiy yetuklikka erishish bilan ta’riflanadi. Lekin insonning
yetukligini faqat uning jinsiy jihatdan yetukligi bilan baholab bo’lmaydi. Buning
yana bir muhim belgisi uning ijtimoiy majburiyatlarini bajarishga, jamiyat
manfaatlari yo’lida mehnat qilish, ijod qilishga tayyorligidir. Har bir shaxs
rivojlanishining ijtimoiy-jamoaviy mazmunini ana shunday tushunmoq kerak.
Jinsiy yetuklikka 13-15 yoshlarda erishiladi. Hozirgi paytda qizlarning hayz ko’ra
boshlashi o’rtacha davri 12 yosh ekanligi fikrimizning dalilidir.
Mehnat qilishga yetuklik bundan ancha keyinroq shakllanadi. Chunki
mehnat qilish, yetuklikga jamiyatdagi ijtimoiy faollikda tajriba orttirish natijasida
erishiladi. Bundan tashqari, hozirgi paytda jinsiy yetuklikka avvalroq erishilsa
ham, ilmiy texnika rivojlanishi davrida mehnat qilishga yetuklik aksincha, kechroq
paydo bo’ladi. Shu sababdan organizm to’liq yetuklik darajasiga erishish
chegarasini 20-21 yosh deb olish lozim.
Xuddi shu yoshda organizmning to’liq yetilishi va o’sish jarayonlari
tugallanadi, shu bilan birga u keraqli bilimlar to’playdi, unda ijtimoiy –ma’naviy
qarashlar shakllanadi, ya’ni bu insonning biologik va ijtimoiy vazifalarini
bajarishga imkon yaratadi.
259
Yetilishning barcha bosqichlarida (tug’ilgandan boshlab to’liq yetilguncha)
o’sish va rivojlanish ma’lum qonuniyatlar asosida kechadi. Bunda quyidagi oltita
qonuniyat bor.
1.
o’sish va rivojlanish bir tekisda kechmaydi.
2.
turli a’zo va tizimlar o’sish va rivojlanishi bir paytning o’zida sodir
bulmaydi,
3.
turli jinslarda o’sish va rivojlanishni o’ziga xos kechishi.
4.
butun organizm va uning funktsional tizimlari biologik jihatdan
ishonchliligi.
5.
o’sish va rivojlanish jarayonlarining organizm genetikasiga (irsiyatga) va
tashqi muhit omillariga bog’liqligi.
6.
akseleratsiya.
Yosh avlodning salomatligi va rivojlanib borishi ustidan nazorat olib borar
ekan, shifokor o’sayotgan organizmning yoshiga xos xususiyat belgilarini
bilgandagina, olingan ma’lumotlarni to’g’ri tahlil qila oladi. Bu bilimlar unga kun
tartibi, o’quv tarbiya jarayoni, ovqatlanishi va boshqalarni to’g’ri tashkil qilishga
asos bo’ladi. O’sish va rivojlanish qonuniyatlari tashqi muhit omillarini bolalar va
o’smirlar gigiyenasiga oid me’yorlashning nazariy asosidir.
Do'stlaringiz bilan baham: