222
Suvni kimyoviy zararsizlantirish usullari qatoriga kumush ionlari yordamida
elektrolitik ishlov berish usulini ham keltirish mumkin. Usul yuqori samarali
(«ilohiy suv»), ammo bunday ishlov berish usuli juda qimmatli hisoblanadi.
Suvga qo’shimcha ishlov berish usullari suvning sifat ko’rsatkichlari ayrim
spetsifik ko’rsatkichlar bo’yicha Davlat Standartlariga javob bermagan hollarda
qo’llanishi mumkin. Bunday usullarga:
-
suvni temirsizlantirish (suvni aeratsiyalash va keyinchalik tindirish va
filtrlash);
-
dezodoratsiyalash (aeratsiyalash orqali yoki yuqori dozadagi xlorlash va
so’nga dexlorlash);
-
yumshatish (ohaqli soda yordamida, kationlar orqali yumshatish va qaynatish
orqali);
-
suvni chuchuklashtirish (distilyatsiyalash va ion almashinuvchi filtrlar orqali);
-
ftorsizlantirish (alyuminiy oksidi orqali filtrlash);
-
suvni
dezaktivatsiyalash
–
kaogulyatsiyalash,
tindirish,
filtrlash,
distilyatsiyalash.
Hozirgi davrda suvni tozalashning eng tarqalgan usuli – qayta osmos
qo’llanmoqda (5.4.1-rasm).
5.4.1-rasm. Qayta osmosda suvni tozalash
223
Qayta osmos – bu suvning yarimo’tkazuvchi membrana orqali bosim ta’sirida
kontsentrlangan eritmadan qamroq kontsentrlangan eritmaga o’tishidir.
Bunda ikkala eritmaning osmotik bosimidan ta’sir yetuvchi bosim yuqori
bo’ladi. Membrana suvni o’tkazib, unda erigan moddalarni ushlab qoladi. Qayta
osmos suvni turli texnologiyalar yordamida aralashmalardan tozalashda, suvni
chuchuklashtirish va ichimlik suvni tozalashda foydalaniladi.
Qayta osmos moslamasining asosiy elementi – yarimo’tkazuvchi qayta
osmoslovchi membrana bo’lib, korpusga joylashtirilgan. Suvni tozalash tizimida
odatda sintetik yarimo’tkazuvchi membranalardan foydalaniladi. Korpusga
dastlabki suv oqiziladi, ikkita oqimga bo’linadi: tozalangan va sho’rsizlantirilgan, u
permeat deb ataladi, va aralashmalar bilan kontsentrlangan suv – u kontsentrat deb
ataladi, bu suv to’kib tashlanadi. Suvni membrana orqali o’tkazish nasos yordamda
yuqori bosim ta’sirida o’tkaziladi. Suvni membrana orqali o’tkazishda 2-17
atmosfera bosim – sho’r suvni filtratsiyalash va chuchuklashtirish uchun, va 24-70
atmosfera bosim bilan dengiz suvi uchun beriladi. Qayta osmos tizimini
boshqarishni yarim avtomatlashtirilgan va avtomatlashtirilgan tartibda amalga
oshirsa bo’ladi (5.4.2-rasm).
5.4.2-rasm. Qayta osmos moslamasining yarimo’tkazuvchi qayta
osmoslovchi membranasi
224
Ma’lumki, inson faoliyati bilan bog’liq bo’lgan va atrof muhitda bor bo’lgan
barcha moddiy boyliklar asta-sekinlik bilan kamaya boradi va nihoyat tugaydi.
Shunga bog’liq holda uning o’rnini qoplay oladigan boshqa manbani izlashga
to’g’ri keladi, yangi turdagi hayvonat va o’simlik dunyosini yaratish
muammolarini hal qilishga to’g’ri keladi. Ammo, uzoq o’tmishda ham Yerda
hayotning paydo bo’lishida asosiy o’rinni egallagan havo va suv o’rnini bosuvchi
yoki uni almashtiruvchi manbani topa olmaganlar. Suv zahiralarining
cheklanganligi, yerning quruqlik qismida sivilizatsiyaning taraqqiyotiga ilgaritdan
chek qo’ygan muammo, bugungi kunga kelib butun insoniyat oldiga bu muammoni
chiqardi. Mazkur muammoni hal qilish uchun ichish uchun yaroqsiz bo’lgan
dengiz suvlarini chuchuklashtirish usullari ishlab chiqilmoqda, daryo suvlarini
taqsimlash maqsadida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda, suv iste’moli
sarflarini tejash maqsadida xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida texnologik
jarayonlarni tubdan takomillashtirish va chiqindisiz texnologiyalarni joriy qilish,
sanoatda hosil bo’lgan chiqindi suvlarni tozalab qaytadan foydalanish ishlari
amalga oshirilmoqda. Aholini yetarli miqdorda sifatli ichimlik suvi bilan
ta’minlash uchun manbadan suvni olish va suvning sifatini yaxshilash usullarini
to’g’ri tanlanganligiga bog’liqdir.
Suv tarqatish tarmog’ini tuzilishining gigiyenik xususiyatlari
Ichimlik suvi suv tozalash inshootlaridan tozalanib o’tganidan so’ng,
yuqori bosim ostida aholi punktlarini barcha tarmoqlari bo’ylab tarqatiladi. Suv
tarqatish quvurlari (trubalari) (STQ) po’lat, cho’yan, temir betonli, keramikali,
shishali yoki plastmassali moddalardan tayyorlanadi. Bu trubalar 5-25atm
bosimigacha chidashi mumkin.
STQ da suv muzlab qolmasligi uchun, yerning muzlash qismidan 0,5m dan
chuqurlikda o’rnatiladi. Boshqa klimatik hududlarda esa bu qiymat 1,25 -3,8m ga
teng. Bu trubalarni ahlat tashlash joylariga, suyuk chiqindilar tashlanadigan
chuqurliklar joylashgan yerlarga o’rnatilmasligi kerak. STQ va kanalizatsiya
225
kollektorlari kesishgan joylarda, STQni kanalizatsiya quvurlari dan 0,4m
balandlikga joylashtirilishi kerak. Bundan tashqari, STQ trubalari po’latdan
yasalgan bo’lib, har tomonlarida 5-10m dan suv o’tmaydigan futlyar bilan o’ralgan
bo’lishi kerak. Kesishgan nuqtalardagi kanalizatsiya quvurlari esa, cho’yandan
bo’lishi lozim.
STQ ni o’tkazilayotganida, quvurlarni aylanma (xalqa shaklida)
sxemasidan foydalanish zarur. Bunda suvni turib qolishi, cho’kma tushishi
kuzatilmaydi, temirli mikroflora (zanglashi) kam rivojlanadi. STQ qurilgandan
keyin yoki, qayta ta’mirlangandan so’ng albatta yuqori bosimda yuvilishi (mexanik
tiqinlardan tozalash uchun), tarmoqni dezinfektsiya qilinishi kerak (faol xlor
tutuvchi xlorli ohak eritmasi bilan to’ldirilib, 5-24 soatgacha muloqatga qo’yiladi).
So’nga toza suv bilan qayta yuviladi, 0,3-0,5 mg/l qoldiq xlor qolgunicha. Keyin
bu suvni ist’emolchiga berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: