tekshirish asosiy hisoblanadi, chunki suvning iste’mol sifati shu moddalar
bilan belgilanadi. Bunday ko’rsatkichlar qatoriga suvning qattiqligi, sulfatlar,
xloridlar va temir kiradi. Suvning qattiqligi asosan uning tarkibida
bo’ladigan kaltsiy va magniy (karbonatli, sulfatli, bikarbonatli) tuzlariga
bog’liq. Bu tuzlarning suvda yuqori kontsentratsiyalarda bo’lishi suvning
239
gigienik xossalarini yomonlashtiradi: qattiq suv kir yuvish uchun kam
yaroqli, cho’milish uchun yaroqsiz, bunday suvda go’sht va sabzovotlar
yaxshi pishmaydi, choy yaxshi damlanmaydi. Qattiq suvni qaynatganda
samovar, choynaqlarning tagiga cho’kma (quyqa) tushadi, ayniqsa yashash
va jamoat joylarini isitish uchun suvni qaynatuvchi bug’ qozonlari va suv
uzatuvchi trubalarda to’planib, ularning diametrini kichraytiradi, bu esa bug’
qozonlarining yorilishi va trubalarning yorilib ketishiga sababchi bo’ladi.
Uch turdagi qattiqlikni farqlash mumkin: umumiy, yo’qotsa bo’ladigan va
doimiy. Davlat Standarti 950-2011 bo’yicha umumiy qattiqlik uchun ruxsat
etiladigan qiymat 7 mg-ekv/l (ayrim hollarda, mas., suvni maxsus ishlov
berishdan o’tkazmay foydalanish) dan 10 mg-ekv/l bo’lishi mumkin. Ammo,
amaliyotda tasdiqlanishicha, qattiqligi 7 mg-ekv/l dan ortiq bo’lgan suvni
uzoq muddat davomida iste’mol qilish natijasida aholi o’rtasida buyrak-tosh
va o’t-tosh kasalliklarining ortib ketishi hodisasi ham aytiladi (Klepov Yu.P
teshirishlari, 1995, Donaev A.M. 2002-2003 y. ma’lumotlari).
Suvdagi xloridlar asosan NaSI ko’rinishida uchraydi. Suvda yuqori darajadagi
xlorid tuzlarining bo’lishi suvga sho’r ta’mni beradi, manbalardagi suv tarkibida
xloridlarning keskin oshib ketishi esa, uning ifloslanishidan darak beradi (peshob,
ahlat, chiqindi oqava suvlari). Ichimlik suvi tarkibidagi xloridlar uchun ruxsat
etiladigan miqdor Davlat Standarti 950-2011 bo’yicha 250 mg/l tashkil etishi
kerak.
Ichimlik suvida sulfatlarning yuqori miqdorlarda bo’lishi suvga achchiq va
nordon ta’mlarni berishi mumkin; bunday suvni iste’mol qilganda ich surish
holatlari kuzatilishi mumkin. O’zR dagi suv havzalari uchun yuqori darajadagi
sulfatlarning bo’lishi harakterli emas. Ichimlik suvi uchun uning ruxsat etiladigan
qiymati-400mg/l.
O’zR dagi tabiiy suvlar uchun temir tuzlarining bo’lishi ham harakterli emas.
Temir tuzlarining paydo bo’lishi suv tarqatish tarmog’i quvurlarining zanglashi
240
va suvni noto’g’ri saqlash sharoitlari bilan bog’liq. Bunday hollarda suv sarg’ish
(zang) rangga o’tadi va suv temir ta’mini beradi. Bunday suv ichish va kir yuvish
uchun yaroqsiz hisoblanadi. Ichimlik suvidagi temirning ruxsat etiladigan miqdori
-0,3 mg/l ga teng. Suv ta’minoti uchun ko’p holda ariq suvi ishlatiladi.
Ariqlarda suvdagi o’z-o’zini tozalash jarayoni, oqimni tiklash jarayonlari tez
boradi, debiti katta, tabiy mineral tarkibi turgun holatda. Yana boshqa
xususiyatlarini ko’radigan bo’lsak, suv antropogen ifloslanishga uchraydi, ya’ni
xo’jalik chiqindi suvi, texnogen va qishloq xo’jalik oqava suvlari tashlanadi.
Demakki, bu suvlar mikroorganizmlar va organik moddalar bilan doimo ifloslanib
turganligi uchun, u bir qancha tozalash jarayonlari o’tkazilishi kerak. Suvni
tozalash ishlari bir necha bosqichlarda olib boriladi. Avval mexanik filtratsiya
(xas cho’plar), so’ng koagulyatsiya usuli bilan muallaq moddalardan tozalash
(alyuminiy sulfat), tindirish, zararsizlantirish (xlorlash, ozonlash, yodlash, UBN
bilan) ishlari o’tkaziladi. So’ngra suv sanitar tekshiruvdan o’tkazilib, me’erlanadi
va iste’molchiga uzatiladi. Daryo, dengiz va okean suvlari ham ichimlik suvi
sifatida ishlatilishi mumkin Faqat suv tuzli tarkibiga ko’ra sho’r hisoblanadi,
mikrob va organik ifloslanishi ko’rsatkichi ham yuqori. Ho’jalik ichimlik suvi
sifatida yomg’ir suvidan foydalanish mumkin. Bu suv yumshoq, kam
minerallashgan. Lekin atmosfera havosini yuqori darajada ifloslanishini hisobga
olsak, yomg’ir tarkibida erigan holdagi toksik moddalarni, mikroorganizmlarni
tutadi. Aniqlanishicha, 1litr yomg’ir suvi 325000 dm
3
atm. havosini yuvar ekan.
Yomg’ir yoki qor tarkibida ko’plab sulfat va azot kislota ionlari holda bo’ladi
(kislota yomgir) Masalan, AQShda, Norvegiyada, Shvetsiyada, G’arbiy
Evropada. yog’ingarchiliklar natijasida 500 ga yaqin ko’l, ariq, daryo suvlari flora
muhiti nobud bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: