5.6. Suvning fizikaviy va organoleptik xossalarini aniqlash.
Suvning fizikaviy xossalariga uning harorati va tiniqligi kiradi. Suv
harorati termometrlar yordamida bevosita namuna olish vaqtida aniqlanib,
kuzatuv xatiga yoziladi. Ichimlik suvining harorati 7-12
o
C bo’lishi kerak.
Suvning loyqaligi uning tarkibidagi muallaq moddalarning miqdoriga
bog’liq va mg/l da ifodalanadi. Davlat Standarti 950-2011 bo’yicha loyqalik - 1,5
mg/l dan oshmasligi kerak. Agar bundan oshsa, suvning tiniqligi pasayadi,
shuning uchun suvning loyqaligi haqida tiniqlik ko’rsatkichi bilan baholanadi.
Suvning tiniqligi - bu tubi tiniq bo’lgan silindrga solingan suv bo’lib, uning tagiga
qo’yilgan shriftni o’qish mumkin bo’lgan suv ustunining balandligidir (bosmada
aniq yozilgan harflar yoki sonlar).
Suvning tiniqligini aniqlash uchun tekshiriluchii suv maxsus silindr
(maxsus suv to’kish jo’mragi bo’lgan Gener silindri)ga suv solinadi (5.6.1.-rasm).
Silindri tubiga 2,5-4sm masofada
Snellen
shrift qo’yiladi va silindar yuqorisidan
suv ustuni orqali shriftni o’qiladi (5.6.2.-rasm). Agar harf yoki raqamlar
o’qilmasa jo’mrak orqali harflar ko’ringuncha suv to’kiladi. Chizg’ich yordamida
silindrdagi suv ustuni o’lchanadi va bu suvning tiniqligi bo’ladi (
5.6.3.-rasm
).
Sifatli ichimlik suvi uchun suvning tiniqligi 30santimetrdan kam bo’lmasligi
kerak.
229
5.6.1.-rasm. Gener silindri 5.6.2.-rasm. Snellen shrift
5.6.3.-rasm. Suvning tiniqligini aniqlash
Suvning hidi 20
o
C haroratda, zaruriyat bo’lsa - 60
o
C da aniqlanadi. Suv
hidini aniqlash uchun og’zi zich yopiladigan kolbaning 2/3 hajmi suv bilan
to’ldiriladi, jadal chayqatiladi va idish og’zini ochib hidlanadi (
5.6.4.-rasm
).
Hidni sifati va tabiati aniqlanishi zarur. Sifati so’z orqali va miqdori ballarda
baholanadi. 1 ball - juda kuchsiz hid, 2 ball - uni hamma sezavermaydi, kuchsiz
hid, 3 ball - sezilarli, 4 ball - kuchli, 5 ball - juda kuchli hid. Ichimlik suvi uchun 2
ball belgilangan.
Hidning sifati qanday hid ekanligiga bog’liq, masalan, balchiq, baliq,
kimyoviy moddalar hidi kabi.
230
5.6.4.-rasm. Suv hidini aniqlash
Suvning ta’mi faqat suvning sifatiga shubha tug’ilmaganda ichib ko’rish
orqali baholashga ruxsat etiladi. Buning uchun suvning harorati 5
0
C dan past
bo’lmasligi va bir xo’plam suvni og’izga olib, 2-3 sek. davomida ushlab turiladi
va tuflab tashlanadi (
5.6.5.-rasm
). Suvning ta’mi ham hidi kabi sifati (achchiq,
shirin, nordon va h.k.) va miqdori bo’yicha (ballarda) baholanadi.
5.6.5.-rasm. Suvning ta’mini aniqlash
Suvning rangliligi graduslarda ifodalanib, tekshiriluvchi suvni rangi
bo’yicha rangli shkalaga taqqoslash orqali baholanadi. Davlat Standarti bo’yicha
20
o
dan oshmasligi lozim. Toza suv va bizning respublikamizdagi suv tarqatish
tarmoqlaridagi suv rangsiz hisoblanadi (Ukraina va Rossiya davlatlariga
taqqoslaganda), chunki bizdagi suv tarkibida gumus ya’ni organik chirindi izlari
deyarli yo’q. Suvda qandaydir rang paydo bo’lsa, uning ifloslanishidan dalolat
beradi. Shuning uchun suvning rangini aniqlash uchun toza probirkaga
231
tekshiriluvchi suv namunasi solinadi va shu miqdordagi distillangan suv bilan
taqqoslanadi (oq fonda yuqoridan pastga qarash orqali).
Do'stlaringiz bilan baham: |