O‘ZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETI
XABARLARI, 2021, [1/6]
ISSN 2181-7324
FALSAFA
http://science.nuu.uz/uzmu.php
Social sciences
O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
FALSAFA
1/5/1 2021
- 116 -
- o‘quvchining individual rivojlanish o‘quv jarayonini,
innovasion o‘quv rejasini, dasturni, o‘z faoliyatini
loyihalashtirish va boshqalar).
Boshlang‘ich
ta’limdagi
didaktik
jarayonlarda
o‘quvchining rivojlanishini ta’minlashda va o‘quv jarayoniga
shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarni tatbiq etishda
refleksiya muhim ahamiyat kasb etadi.
“Refleksiv faoliyat - o‘quvchida o‘z tushunchalari va
xatti-harakatlarini anglash va mustaqil tahlil qilishi asosida
xulosalar shakllanishi jarayoni”.
Demak, Boshlang‘ich ta’limdagi didaktik jarayonlarda
o‘quvchining rivojlanishini ta’minlashda refleksiya bosqichi
pedagog faoliyati va o‘quvchi faoliyatida o‘z ifodasini topadi
(1.3-jadval).
1.2.1-jadval
O‘quvchining rivojlanishini ta’minlashda pedagogik refleksiyaning ahamiyati
1.2.1-jadvalda ifodalanganidek, pedagogning refleksif
tayyorgarligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi. Pedagogik
refleksiya (refleksiv qobiliyatlar sezgirlikning 3 turini o‘z
ichiga oladi:
- ob’ektni his etish;
- real haqiqat o‘quvchilarda qanday aks-etayotganligi,
bunda qay darajada o‘quvchilarning qiziqish va ehtiyojlari
namoyon bo‘lishiga, “ularni pedagogik tizimning talablariga
mos kelishiga” pedagogning alohida sezgirligi;
- me’yorni his etish va takt turli pedagogik ta’sir
ko‘rsatish vositalari ta’sirida o‘quvchi shaxsida va faoliyatida
sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar o‘lchoviga alohida sezgirlikda
namoyon bo‘ladi, umuman qanday o‘zgarishlar ro‘y
bermoqda, ular ijobiymi yoki salbiymi, qaysi belgilarga ko‘ra
ular haqida so‘zlash mumkin; dahldorlik hissi pedagogning
shaxsiy faoliyati kamchiliklariga, tanqidiyligi va o‘quv
jarayoniga javobgarlik sezgirligi bilan ta’riflanadi).
Yuqoridagilar
boshlang‘ich
ta’lim
didaktik
jarayonlarida o‘quvchining rivojlanishini ta’minlashda muhim
bo‘lib, o‘quvchi va pedagog shaxsining ta’lim jarayonining
sub’ektlari sifatida faoliyat yuritishidan dalolat beradi.
Pedagogik
mehnatning
o‘ziga
xosligi
foydalanilayotgan usullar va malakalarning ayrim doimiyligi
mavjud bo‘lsa-da, to‘liq dasturlashtirishning mumkin
emasligidan iboratdir.
Doimiy ravishda o‘zgarib turadigan nostandart
vaziyatlarda
bunday
standartlashtirilgan
metodlarning
qo‘llanilishi doimiy ravishda zamonaviylashtirishni va tuzatish
kiritishni talab etadi. Individual ijod harakatining manbai
sifatida pedagogik faoliyatda qayd etilgan va ma’lum bo‘lgan
umumiy
harakatlar
bilan
yuzaga
kelayotgan
amaliy
masalalarni hal etish uchun yangi yechimlarni topish zaruriyati
o‘rtasidagi yashirin va ochiq qarama-qarshilik hisoblanadi.
Boshlang‘ich
ta’limda
o‘qituvchining
shaxsga
yo‘naltirilgan
texnologiyalardan
foydalanishi
asosan
pedagogning kasbiy tayyorgarligiga hamda uning shaxsiy
tajribasiga bog‘liq. “Pedagogda shaxsiy tayyorgarligining
yetarli emasligi, yangiliklar haqida tasavvurlarining va shaxsiy
imkoniyatlarining
torligi
o‘quv
muammosin
anglab
yetilmasdan qolishda namoyon bo‘lishi mumkin”.
V.P.Bespalko
o‘qituvchining
kasbiy-pedagogik
rivojlanishni uning pedagogik masalalarni yechishning to‘rtta
darajasini o‘zlashtirish jarayoni sifatida qarab chiqadi:
I – pedagog avval hal qilingan muammoni mustaqil
hal qiladi;
II – pedagogik vaziyatning maqsadini bilgan holda va
uni tushunib harakat qilishning o‘zlashtirilgan usullaridan
foydalanib muammoni hal qiladi;
III – pedagog faoliyatning maqsadini ko‘radi, lekin
unga pedagogik holat uncha ravshan emas, chunki u umumiy
emas; bu daraja pedagogdan evristik faoliyatni, o‘zlashtirilgan
bilimlar va ko‘nikmalarning faol shakl almashtirilishini talab
etadi;
IV – yorqin ifodalangan tadqiqotchilik asosiga ega
ijodiy daraja
Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarning mohiyati
didaktik maqsad, talab etilgan o‘zlashtirish darajasiga erishish
va uni tatbiq etishni xisobga olgan holda ta’lim-tarbiya
jarayonini oldindan loyixalashtirishda namoyon bo‘ladi.
Shaxsga
yo‘naltirilgan
texnologiyalarning
markaziy
muammosi o‘quvchi shaxsini rivojlantirish orqali ta’lim-
tarbiya maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat. Fan-
texnikaning rivojlanayotgan bosqichida axborotlarning keskin
ko‘payib borayotganligi va ulardan o‘rgatish jarayonida
foydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi, shuningdek,
yoshlarni
xayotga
mukammal
tayyorlash
talablari
boshlang‘ich
ta’lim
tizimiga
shaxsga
yo‘naltirilgan
texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda.
Fikrimizcha, pedagoglar o‘z ish faoliyatini quyidagi
texnologik jarayonga bo‘ysundirishlari kerak:
- tartibga solish;
- bir tizimga keltirish;
№
Pedagogik refleksiya
Pedagog faoliyati
Natija
1
Obyektni his etish
Pedagogik
jarayonlarda
o‘quvchilarning
qiziqish
va
ehtiyojlarini anglash
O‘quvchilarning qiziqish va
ehtiyojlari namoyon bo‘lishiga
xizmat qiladi
2
Obyektiv
haqiqatni
anglash
O‘quvchi shaxsida va pedagogik
faoliyatdagi o‘zgarishlarni adekvat,
to‘g‘ri baholash
O‘quvchining
individual
rivojlanishini ta’minlaydi.
3
Mushohada qilish
Qaror qabul qilishning bir nechta turli
yo‘llarini aniq ko‘ra bilish va eng
samaraligini tanlash
O‘quv jarayonini, innovasion
o‘quv rejasini, dasturni, o‘z
faoliyatini loyihalashtiradi.
4
Pedagogik sezgirlik
Sodir
bo‘layotgan
o‘zgarishlarni
oldindan bashoratlash
Muammo mavjudligini sezadi;
g‘oyaviy
hosildorlikni
ta’minlaydi.
5
Pedagogik
nazokat
(takt)
Rivojlanish xususiyatlarini inobatga
oladi; pedagogik jamoa va ota-onalar
bilan to‘g‘ri muloqotni yo‘lga quyadi.
Empatiya,
mas’uliyat,
muloqatmandlik, kirishimlilikni
namoyon etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |