O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
FALSAFA
1/5/1 2021
- 117 -
- oldindan loyihalashtirish.
Ya’ni, ushbu ta’lim-tarbiya jarayonini bosqichma-
bosqich amaliyotga joriy etish. Bunda ta’lim-tarbiya jarayoni
quyidagi ketma-ketlikda loyihalashtiriladi:
1. Ta’lim-tarbiyani yuqori darajada samarali tashkil
etish uchun maqsad va vazifalarni aniq belgilash;
2. Ta’lim-tarbiya natijasini oldindan qayd etish;
3. O‘quv darslarini to‘liq o‘zlashtirishga erishish
uchun zarur ta’lim vositalari, shart-sharoitlarini tayyorlash;
4 Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning rivojlanish
xususiyatlarini (fiziologik, psixik, jismoniy va b.) chuqur
bilish;
5. Oldindan qayd etilgan, aniq kafolatlangan natijaga
erishish uchun zarur tadbirlar tizimini ishlab chiqish va ta’lim-
tarbiya jarayonini tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta’lim berishda
kompetensiyaviy yondashuvdan foydalaniladi va o‘sib
borayotgan o‘quvchi shaxsini hayotga tayyorlash, unda
hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan,
axloqiy me’yor va qadriyatlarni o‘zlashtirish, boshqa insonlar
bilan muloqot qilish, «Men» obrazini qurish bilan bog‘liq
bo‘lgan faoliyat usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni
ko‘zda tutadi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining intellektual,
jismoniy, ruhiy, ma’naviy rivojlanishini ta’minlash uchun
ularda zarur bo‘lgan kompetensiyalarni shakllantirish lozim.
Tadqiqot doirasida biz “o‘quvchilarda shakllantirilishi lozim
bo‘lgan kompetensiyalar”ni o‘rgandik.
Kompetensiya – o‘quvchining bilim, ko‘nikma,
malaka
va
qadriyatlari
majmuidir.
Boshlang‘ich
kompetensiyalar, rivojlanish sohasidan qat’i nazar, o‘quvchi
shaxsi shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi”.
O‘quvchi kompetensiyasi – ma’lum bir yosh davriga
xos bo‘lgan vazifalarni maqsadli bajarish uchun yetarli
bo‘lgan o‘quvchining bilimi, ko‘nikmasi va malakalari hamda
qadriyatlarida o‘z ifodasini topadigan faoliyat. Demak,
boshlang‘ich muhim kompetensiyalar o‘quvchining faoliyat va
axloq sub’ekti sifatidagi yaxlit rivojlanishini talab etadi.
O‘zbekistonda fanga oid va tayanch kompetensiyalarni
maktab o‘quvchilarida rivojlantirish 2017 yilning 6 fevralidan
amalga oshirila boshlandi.
2021 yilda tasdiqlangan Milliy dasturda boshlang‘ich
sinf o‘quvchilarining umumiy muhim kompetensiyalari
sifatida quyidagilar ko‘rsatilgan.
Shuningdek, me’yoriy hujjatlarni yuritishda tayanch
va fanga oid kompetensiyalar quyidagicha yozilishi tavsiya
qilinadi.
TK - tayanch kompetensiyalar
TK1 - kommunikativ kompetensiya
TK2 - axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
TK3 – o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
TK4 - ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
TK5 - milliy va umummadaniy kompetensiya
TK6 - matematik savodxonlik, fan va texnika
yangiliklaridan
xabardor
bo‘lish
hamda
foydalanish
kompetensiyasi
FK - fanga oid kompetensiyalar
FK1 - adabiy-nutqiy kompetensiya
FK2 - badiiy asarni ta’lil qilish kompetensiyasi
Kommunikativ kompetensiya – muloqot vositalaridan
turli vaziyatlarda foydalana bilish ko‘nikmasi.
Ijtimoiy kompetensiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar
va tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va
me’yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tutish mahorati.
Bilish kompetensiyasi – atrofdagi olamni ongli
ravishda idrok qilish va olingan bilim, ko‘nikma, malaka va
qadriyatlardan o‘quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun
foydalanish.
Tadqiqot mobaynida aniqlanishicha, o‘quv-tarbiyaviy
faoliyatni rejalashtirish ta’lim sharoitlariga bog‘liq holda
integrasiya,
xilma-xillik va moslashuvchanlik tamoyillaridan tarkib topadi.
Bugungi kunda boshlang‘ich ta’limdagi o‘quv-
tarbiyaviy faoliyatda quyidagi rejalashtirish turlari mavjudligi
aniqlandi. Rejalashtirishda faoliyatning maqsadlari, mavzusi,
mazmuni va turlari ifodalanadi. Faoliyat turini tanlashda
nafaqat o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning umumiy maqsadlari,
balki rivojlanish sohalari bo‘yicha maqsadlar, faoliyat
mazmuni va turlarini integrasiyalash ham hisobga olinadi.
Shunday qilib, bugungi kunda boshlang‘ich ta’limda
o‘quvchidan bilimlarni o‘zlashtirish bilan birga, fikrlash
ko‘nikmasi, kattalar va tengdosh o‘rtoqlarini tushunish, ular
bilan hamkorlik qilish ham talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |