Qonning bufer sistemasi
Organizm ichki muhiti pH ko‘rsatkichining doimiyligi maxsus bufer
sistemalar va bir qancha fiziologik mexanizmlarning (o‘pka, buyrak
faoliyati va boshqalar) birgalikdagi faoliyati orqali ta’minlanadi.
Bufer sistema deb biror muhitga kislota yoki ishqor kiritilganda
muhit pH ko‘rsatkichining o‘zgarishiga qarshilik ko‘rsatuvchi sistemani
aytiladi. Qonning normal pH ko‘rsatkichi o‘rtacha 7,4 ga teng.
Qonning eng muhim bufer sistemalari: bikarbonat, fosfat, oqsil va
ayniqsa gemoglobin bufer sistemalaridir.
Bikorbanat bufer sistemasi
– qon bufer hajmining 10%-ni tashkil
etadi. Bu sistemaning kislota-asosli jufti proton donori bo‘lmish karbonat
kislota (H
2
CO
3
) va proton akseptori bo‘lmish bikarbonat ioni (HCO
3
-
)
dan iborat.
H
2
CO
3
→
H
+
+ HCO
3
-
Proton donori proton akseptori
Qonda pH ko‘rsatkichi normal (7,4) bo‘lganda bikorbanat ionlari
(HCO
3
-
) konsentratsiyasi CO
2
konsentratsiyasidan 20 marta ko‘p bo‘ladi
(HCO
3
-
/H
2
CO
3
= 20/1). Agar qonga kislota xususiyatli birikmalar ko‘p
ajralsa, H
+
ionlari bikorbanat ionlari (HCO
3
-
) bilan birikib H
2
CO
3
hosil
qiladi. Uning plazmada kamayishi CO
2
ni o‘pka orqali ajralishi natijasida
kuzatiladi. Agar qonda ishqoriy moddalar ko‘paysa, ular karbonat kislota
bilan reaksiyaga kirishib, bikarbonat ioni (HCO
3
-
) va suv hosil qiladi.
Bundan tashqari bufer sistemasi komponentlari normal muvozanatini
saqlashda fiziologik mexanizmlar ham muhim rol o‘ynaydi.
Fosfat bufer sistemasi
– H
2
PO
4
2-
ioni (proton akseptori) dan tarkib
topgan:
H
2
PO
4
-
→
H
+
+ H
2
PO
4
2-
Proton donori proton akseptori
Bu sistemada NaH
2
PO
4
kislota,
Na
2
HPO
4
esa tuz vazifasini o‘taydi.
Fosfat bufer sistemasi qon bufer hajmining faqat 1% ni tashkil etadi.
Oqsil bufer sistemasi
– plazma kislota-ishqoriy muhit muvozanatini
saqlashda boshqa sistemalarga ko‘ra kamroq ahamiyatga ega.
Molekulasi (H
2
N)
m
· R · (COOH)
n
shaklida tuzilgan. Shu jumladan,
oqsil ham amfoter elektrolitrdir. Oqsil molekulasidagi karboksil guruhi
374
dissotsiatsiyasi natijasida H
+
ioni ajralib, oqsil molekulasi kuchsiz
organik kislota xususiyatiga ega bo‘lib qoladi:
Oqsil molekulasidagi NH
2
uning ishqoriy xossasini ta’minlaydi,
chunki NH
2
o‘ziga H
+
ionini biriktirib R - NH
3
ga aylanadi.
Oqsil molekulasining bu shakli amfion deyiladi. Garchi ular
elektroneytral zarrachalar bo‘lsada muhitning pH ko‘rsatkichi
o‘zgarishiga ko‘ra yoki ishqoriy, yoki kislotalik xossaga ega bo‘ladi.
Gemoglobin bufer sistemasi –
qonning eng kuchli bufer sistemasidir.
U qonning umumiy bufer hajmining 70%ini tashkil etadi. Gemoglobin
bufer sistemasi ionlashmagan gemoglobin HHb (proton donori) va
gemoglobin kaliy tuzi – KHb (proton akseptori) dan tarkib topgan.
Kislotali xossaga ega bo‘lgan birikmalar gemoglobinning kaliy tuzi bilan
birikib kislotaning kaliy tuzini hosil qiladi va bunda erkin gemoglobin
hosil bo‘ladi. Gemoglobinning buferlik xususiyati avvalo ana shunga
asoslangan.
KHb + H
2
CO
3
→
KHCO
3
+ HHb
Do'stlaringiz bilan baham: |