Qon ivishi
Qonning ivishi molekulyar mexanizmiga bag‘ishlangan birinchi
nazariya 1872-yilda A.A. Shmidt tomonidan yaratilgan bo‘lib, unga
ko‘ra qon ivishi fermentativ jarayondir. Bu jarayonda uch omil –
fibrinogen, fibrinoplastik omil, trombin ishtirok etadi. Trombin ta’sirida
dastlabki ikkita omil birikishidan fibrin hosil bo‘ladi. Tomirdagi qon
tarkibida tromb bo‘lmagani uchun ivimaydi. Keyinchalik Shmidt
shogirdlari, jumladan, Moravits va uning o‘quvchilari, tomonidan fibrin
o‘tmishdoshi fibrinogen, trombin o‘tmishdoshi protrombin ekani va qon
ivishida trombotsit trombokinazasi, Ca ionlari ham ishtirok etishi
aniqlandi.
Shmidt va Moravits nomi bilan bog‘liq bo‘lgan qon ivish
mexanizmini tushuntiruvchi fermentativ nazariya quyidagicha
ifodalanadi.
375
Hozirgi zamon tasavvuriga ko‘ra qon ivishida plazma, trombotsit
va to‘qima komponentlari ishtirok etadi. Ularni qon ivish omillari deb
ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |