Vitaminsimon moddalar
Vitaminsimon moddalar deb vitaminlarga o‘xshash biologik
xususiyatga ega bo‘lgan, ammo ko‘p miqdorda ishlatiladigan
moddalarga aytiladi. Vitaminsimon moddalarga essensial yog‘
kislotalar (vitamin F), ubixinon, holin, bioflavonoidlar, inozit lipoat
kislota, karnitin, orotat kislota, pangam kislotasi, S-metilmetionin,
paraaminobenzoy kislotalari kiradi.
Ubixinon
Ubixinon inson to‘qimalarida mevalonat kislota va fenilalanin
hamda tirozin almashinuvidan hosil bo‘lgan mahsulotlardan
sintezlanadi. Nafas olish zanjirida proton va elektronlar tashilishida
ishtirok etadi. Uning taqchilligi insonlarda kuzatilmagan, ba’zi
paytlarda unga bo‘lgan ehtiyoj ortadi.
157
Do'stlaringiz bilan baham: |