Biokimyo pmd



Download 4,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/439
Sana01.01.2022
Hajmi4,12 Mb.
#303414
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   439
Bog'liq
Sobirova-R.A-biokimyo

Vitamin C

Vitamin C (askorbin kislota, antiskorbut

vitamin) kuchli kislota bo‘lib, 2 va 3-uglerod

atomlarida qayta dissotsianillanuvchi yenol

gidroksil guruhlarini saqlaydi.Askorbin kislotasi

oshqozon-ichak yo‘llarida oddiy diffuziya bilan

so‘riladi. Qonda qisman erkin va oqsillar bilan

bog‘langan holda uchraydi. Askorbin kislotasi

ko‘p miqdorda buyrak usti bezi, jigar va o‘pkada

joylashadi. Erkin holatda yoki uning mahsulotlari

siydik orqali chiqariladi.Askorbin kislotasi

oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida vodorod

donatori hisoblanib, degidroaskorbin kislota bilan

redoks-juftlik hosil qiladi. Degidroaskorbin

kislotasini qaytarilishi qaytarilgan glutation va

dezoksias-korbinreduktaza ishtirokida boradi.Askorbin kislota quyidagi

jarayonlarda ishtirok etadi:

1) triptofanni gidroksillanishi (serotonin biosintezi);

2) 3.4 –digidroksifeniletilamindan noradrenalin hosil bo‘lishi;

3) p-gidroksifenilpiruvatni gomogentizin kislotasigacha

gidroksillanishi;

43-rasm. Askorbin

 kislotasi



156

4) buyrak usti bezining po‘stloq qismida gormonlar biosintezida

steroidlarni gidroksillanishi;

5) karnitin biosintezida beta-butirobetainni gidroksillanishi;

6) ichakdan temirni so‘rilishida Fe

3+

 ni Fe



2+

 aylanishi;

7) temirni transferrindan ajralishi va to‘qimalarga o‘tishi;

8) folat kislotani koferment shakliga o‘tishi;

9) kollagen sintezida prolin va lizin qoldiqlarini gidroksillanishi.

Avitaminoz C belgilari: Kollagen sintezining buzilishi natijasida

qon-tomir devorlari va tayanch to‘qimalar strukturasi o‘zgaradi.

Glikoproteinglikanlar hosil bo‘lishi buziladi, gemoragik holatlar va

suyak tog‘ay to‘qimalarida spetsifik o‘zgarishlar vujudga keladi. Tana

vaznining pasayishi, umumiy holsizlik, yurak urishi, yurakda og‘riq

kuzatiladi. Singa kasalligida asosan qon-tomirlar mo‘rt,

o‘tkazuvchanligi ortadi, natijada teri va teri ostiga mayda qon

quyilishlar (petexiya), milklarning qonashi, odontoblastlar

degeneratsiyasiga sabab bo‘ladi. Biologik vazifasi: oksidlanish-

qaytarilishi jarayonlarida qatnashadi.Prolin va lizinning gidroksillanish

reaksiyalari, buyrak usti bezi gormonlari, trintofan sintezida ishtirok

etadi.

Vitamin C asosan o‘simlik tabiatiga ega bo‘lgan mahsulotlarda



uchraydi. Garmdori, salat, karam, xren, ukrop, qora smorodina kabi

mahsulotlar askorbin kislotaning manbai hisoblanadi. Bir kunlik

iste’mol me’yori – 75 mg .


Download 4,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   439




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish