149
Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
O‘ZBEK ADABIY TILI
Yendirboyeva Ozoda
Nukus DPI Boshlang‘ich ta’lim fakulteti
1-boshqich
talabasi
Kalit so‘zlar:
Milliy til, adabiy til, og‘izaki, yozma, taraqqiyot, Mo‘g‘ullar tarixi, Muhoka-
mat-ul lug‘atayin
Annotatsiya:
Bu maqolada o‘zbek adabiy tilining tarixi va kelib chiqishi haqida, o‘zbek adabiy
tilining insonlar orasidagi muloqatida yo‘l qo‘yilayotgan xatolar, ona tili fani darsliklaridagi xato
va kamchiliklar yo‘ritilgan.
Biz o‘zbek adabiy tili haqida gaplashishimizdan oldin adabiy til haqida tushunchaga ega
bo‘lishimiz kerak. Xo‘sh adabiy til nima o‘zi. Adabiy til millat uchun yagona bo‘lgan, milliy tilning
sayqal topgan, uni har tomonlama leksik,
grammatik, fonetik jihattan ma’lum qoidalarga bo‘y
sundirilgan oliy shakli hisoblanadi. Bu har bir millat vakili uchun yagona til hisoblanadi. Bu milliy
tildan farq qiladi. Bunda asosan adabiy til me’yorlari, adabiy til qoidalariga bo‘y sunishga to‘g‘ri
keladi. Adabiy til og‘zaki va yozma shaklda bo‘ladi. Davlat idoralarida, radio va televideniyada,
ta’lim muassasalarida, gazeta va jurnallarda, madaniy muassasalarida adabiy tilda ish yuritiladi.
Adabiy til me’yorlarini bilish va ulardan foydalana olish har bir madaniyatli kishi uchun zarurdir.
O‘zbek adabiy tili haqida gapiradigan bo‘lsak, adabiy til maqomi o‘zbek tiliga XX asrning
ikkinchi yarmidan boshlab berilgan. O‘zbek adabiy tili hozirgi davrga kelguncha ko‘p bosqichlarni
boshidan kechirgan. Asosan 4ta taraqqiyot bosqichi farqlanadi. Bular: 1. Qadimgi turkiy til. 2.
Eski turkiy til. 3. Eski o‘zbek tili. 4. Hozirgi o‘zbek tili.
O‘zbek tili XII-XIII asrlar oralig‘ida shakllangan o‘zbek xalqining milliy tili bo‘lib, dastlabki
davrlarda turkiy tili, chig‘atoy tili nomlari bilan yuritilgan. O‘zbek atamasi tarixda ilk bor XII
asrda Rashididdinning ,,Mo‘g‘ullar tarixi’’ asarida atoqli ot ma’nosida tilga olinadi. Jaloliddin
Manguberdining qo‘shin boshliqlaridan biri O‘zbektoy deb atalgan.
O‘zbek adabiy tili o‘zbek tilining lahja va shevalaridan oziqlanadi.
O‘zbek tili taraqqiyotida Alisher Navoiy o‘rni benihoya buyuk. Shoir yaratgan asarlarida jami
26 mingdan ortiq so‘zdan foydalangan. Navoiy butun ijodi, ayniqsa, lirikasi orqali turkiy tilning
naqadar cheksiz imkoniyatlarga ega ekanligini amaliy jihatdan namoyon qildi. ,,
Muhokamat-
ul lug‘atayin’’ asarida turkiy va forsiy tillarni o‘zaro chog‘ishtirib, ustunlik turkiy til tarafida
ekanligini ilmiy asoslab berdi, davlat arbobi sifatida esa ona tilini huquqiy muhofazaga olib, turkiy
tilda ijod qiluvchilarga homiylik qildi, davlat ishlarida turkiy til mavqeyini ko‘tardi
va bu ishlarni
rag‘bantlantirib bordi.
1989-yil 21- oktyabrda ,, Davlat tili haqidagi’’ Qonun qabul qilinib o‘zbek tiliga Davlat
tili maqomi berildi. Har yili shu kunni katta bayram sifatida nishonlab kelamiz. O‘zbek
tiliga
davlat tili maqomi berilishi natijasida o‘zbek tili respublikamizda o‘tkaziladigan oliy darajadagi
anjumanlarda, konferensiyalarda qo‘llanadigan, davlatning rasmiy hujjatlari yuritiladigan tilga
aylandi. 1995-yil 21-dekabrda esa O‘zbekiston Respublikasi IV sessiyasida ,, Davlat tili haqida’’gi
Qonunning 24 moddadan iborat yangi tahriri qabul qilindi. Qonunning 1-moddasida ,, O‘zbekiston
Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir’’ deb belgilab qo‘yildi.
Shu o‘rinda aytish joizki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yaqinda o‘zbek tiliga davlat tili
maqomi berilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida o‘zbek tilining
davlat va jamiyat hayotidagi ta’siri va nufuzini oshirish bo‘yicha vazifalarni sanab o‘tdi. ,, Muxtasar
aytganda, har birimiz davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat tiliga
ehtirom va sadoqatni ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz
qoidasiga aylantirishimiz lozim. Bu olijanob harakatni barchamiz o‘zimizdan, o‘z oilamiz
va
jamoamizdan boshlashimiz, ona tilimizga, urf-odat va qadriyatlarimizga hurmat,Vatanga
mehrimizni amaliy faoliyatda namoyon etishimiz kerak’’.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, yer yuzida o‘zbek degan xalq mavjudligini o‘zbek
tili borligidan
bilishadi. Aytishadi-ku, millat bo‘lmasa til, til bo‘lmasa millat bo‘lmaydi. Ular bir- biri bilan
chambarchas bog‘liq. Lekin afsuski hozirgi kunda shunday qadimiy va boy tilimizdan faxrlanib,
shunday tilda gaplashib bilishimizga shukr qilmay unda har xil varvar, vulgar, argo va jargolardan
ham foydalanayapmiz. Bu ham mayli, ba’zilar o‘z shevalarini adabiy til deb hisoblashishadi.