121
Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
INFORMATIKA FANINI O‘QITISH VA DARSDAN TASHQARI MASHG‘ULOTLARNI
TASHKILLASHTIRISH
Nurmetova Dilnoza Sultanmuratovna
Xorazm viloyati Yangibozor tumani 4-son umumta’lim
maktabi
informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada umumta‘lim maktablarida informatika fanini o‘qitish masalalari,
innovatsion ta‘lim texnologiyalarini qo‘llash, informatikadan darsdan tashqari mashg‘ulotlarni
tashkillashtirish masalalari bayon qilingan.
Kalit so‘zlar:
informatika, dars, axborot, innovatsiya, darsdan tashqari mashg‘ulotlar, elektron
darslik, multimedia, texnologiya.
Umumta‘lim fanlarini chuqur o‘rganishda informatika fanining,
komputer xizmatlarining
ahamiyati juda katta. Informatika va axborot texnologiyalari fanining dars samaradorligini os-
hirishda innovatsion usullardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Innovatsion ta‘lim texnologiyalarning asosiy jarayoni quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- tashkil etish;
-
hamkorlikda olib borish;
- takomillashtirish;
- tahlil qilish;
-
qiyoslash;
- umumlashtirish;
- xulosa chiqarish;
-
boshqarish;
- nazorat etish;
- baholash.
Dars jarayonining samaradorligini oshirish uchun: darslarda interfaol elektron didaktik vosi-
talar, multimedia ilovalar, audio
vizual elektron darsliklar, immitatsion o‘quv vositalar, online
muloqatlar va boshqalardan foydalanish katta samara beradi.
XXI asrga kelib insoniyat hammaga birdek axborot olish imkoniyatini beruvchi ochiq axborot
jamiyatini shakllantirish tomon jadal bormoqda. “Elektron hukumat”, “elektron uy”, “elektron
tijorat”, “elektron ta‘lim” kabi raqamli borliq elementlari hayotimizga
kirib ulgurdi va odatiy
hol bo‘lib qoldi. Endilikda insoniyat elektron resurslardan shunchaki axborot man‘basi sifatida
emas, balki interfaol muhitda ulardan aql bilan foydalanishni maqsad qilib qo‘ymoqda. Bu
jadal yangilanib borayotgan axborot kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan muloqot
darajasida foydalanish, ma‘lumotlarni qayta ishlash va takomillashtirishni talab qiladi.
Informatika bo‘yicha darslar, darsdan tashqari mashg‘ulotlar va ixtiyoriy darslarini tashkil etish
shakllari va uslublari mazmunidagi izchillik informatikani o‘qitish maqsadlari, o‘quvchilarni har
tomonlama rivojlantirish va tarbiyalash orqali belgilanishi kerak.
Yuqorida bayon etilgan informatika bo‘yicha darsdan tashqari mashg‘ulotlar maqsad va vazi-
falarini e‘tiborga olib, darsdan tashqari mashg‘ulotlarlarning mohiyatini aniqlash va tashkil etish-
ga xarakterli bo‘lgan uslubiy va maxsus prinsiplarini ko‘rib chiqamiz.
Informatikani o‘qitishda tarixiy materialdan foydalanish prinsipilari umumta‘lim maktabida
yaxshi qabul qilinadi. Tarixiy material yaxshi esda qoladi; informatika rivojlanish tarixi asosiy fikr
va uslublarining shakllanishiga xizmat qiladi. Fan tarixi uning harakatlanuvchi kuchini ko‘rishga,
insonning ilmiy ongi va amaliy faoliyatining o‘zaro bog‘liqligini kuzatishga imkon beradi. Bu
o‘quvchilarning dialektik- materialistik dunyoqarashi va ilmiy fikrlashining shakllanishiga yor-
dam beradi.
O‘quvchilarda vatanparvarlik xissini shakllantirish uchun qadimgi Sharq buyuk olimlarin-
ing ilmiy natijalari bilan tanishtirish kerak (Al Xorazmiy; Al Beruniy). O‘zbekistonda kiberne-
tikaning rivojlanishini bolalar qiziqib eshitadilar. Informatikani o‘qitish
va darsdan tash-
qari mashg‘ulotlarni tashkil etishning asosiy prinsiplaridan biri bu ijodiy vazifalarni yechish,
loyihalashtirish, konstruktrlash va modellashtirish hisoblanadi. Bu uchun EHMdan foydalanish
muhim hisoblanadi. Bunday vazifalarni yechish va dasturlash tilida dastur yozish o‘quvchilarda
mustaqil ishlash malakasini oshiradi.